hujayraning membrana tuzilmalari Mavzu rejasi: 1. hujayra membranalari, va ularni tuzilishi. 2. hujayra membranalarning vazifalari. 3. Energiya hosil qiluvchi membranalar. Tayanch iboralar: plazmalemma, passiv va faol kuchirilish, tonoplast, pompa, endomembrana, ion kanallar, lipid bikatlami, membrana. Membaranalar o'ta nozik strukturalar bo'lib, hujayraning ustki kismi va hujayraning organoidlarini urab olgan bo'ladi. Membranalar: 1. hujayralarni bir-biridan ajratib turadi. 2. hujayrani tashqi muhitdan ajratadi. 3. hujayraning ichki kismida bulinma (kompartament)lar hosil qiladi. Muammoli savol: hujayra membranalarining tuzilishini ayting. hujayra membranalarning tuzilishi va vazifalarni o'rganish biologiyaning dolzabr masalasi hisoblanadi. hujayra membranalarning tuzilishi 2 xil model yordamida tushuntiriladi. 1. oqsil-lipid bikatlami (Robertson modeli). Bu modelga ko'ra: a) membranalar uchta qatlamdan iborat; b) lipidlar ikkita oqsil qatlam orasida joylashgan bo'ladi. v) membrana qatlam 5-10 mkm dan iborat 2. Suyuk-mazaikali model (Sanger va Nikolson modeli). Bu modelga ko'ra lipid suyukligida kalkib yurgan oqsil molekulalari, mozaykani hosil qiladi. Bu modelda xam oqsil lipid bikatlami elementlar membrana sifatida karaladi. farqi biologik membrana harakatchan struktura sifatida namoyon bo'ladi. Bu gepotezaga ko'ra bikatlamlar fosfolipidlardan iborat bo'lib, kisman boshqa lipidlar (galaktolipid, sterinlar, yog kislotalar) xam aralashgan bo'ladi. Lipid bikatlamlarning orasida maxsus protein komplekslar uchraydi. Membranani hosil qilishda asosiy vazifani gidrofob boglar bajaradi (lipid-lipid, lipid-oqsil. oqsil-oqsil). Plazmatik membrana (plazmalemma) - barcha hujayralar tashqi tomonidan membrana bilan uralgan bo'lib, bu plazmalemma deb ataladi. Plazmalemma yarim o'tkazgichlik xususiyatiga ega va plazmoliz hodisasi bilan bog'liq. Bu hodisa bundan 120 yil avval kashf etilgan bo'lib, plazmalemma suv molekulalaridan katta bo'lgan boshqa molekularni o'tkazmaydi, demak u tusik yoki biror vazifasini bajaradi. Birok bunday tusik fakat membrana energiya bilan ta'minlangandagina vujudga keladi. Ulik hujayralarda plazmalemma orqali xar qanday molekulalarni utishini kuzatish mumkin. Xuddi shuning uchun plazmoliz hodisasi fakat tirik hujayralarda kuzatiladi. Bir hujayraning plazmalemmasi kushni hujayraga plazmadesmalar orqali utgan bo'ladi. Bu o'z navbatida hujayralarni bir-birlari bilan uzviy bog'lanishini ta'minlaydi. Plazmatik membrana hujayraga moddalarni kirishi va chiqishini boshqarib turadi (diffuziya, passiv va faol kuchirilish). Shu bilan birga plazmolemma hujayra bilan tashqi muhit o'rtasida energiya va axborotni almashinuvni xam ta'minlaydi. Tonoplast - o'simlik hujayralariga xos bo'lgan vakuolalar xam membrana bilan uralgan bo'lib, u tonoplast deb ataladi. Tonoplast hosil bo'lishi asosan eidoplazmatik tur bilan bog'liqdir. Vakuolalarni urab turuvchi bu membranalar ko'p jihatdan plazmalemmalarga o'xshash va ular bir xil kalinlikka ega, birok, tonoplastni plazmalemmadan farqi u fosfovolfromat kislota yordamida buyalmaydi. Tonoplast tarkibida maxsus permeaza fermentlari mavjud bo'lib, ular vakuolada faol kuchirish yo'li bilan moddalarni to'plash xususiyatga ega. Bulardan biri ATF bilan bog'liq bo'lgan N+-damlagich (pompa)dir. U tsitoplazmadan vakuolaga vodorod ionlarini kuchirilishini ta'minlaydi. Malumki vakuolada ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.59 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:26
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.59 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:26 ]
Arxiv ichida: docx