Immunologiya asoslari Reja: Organizmning himoya mexanizmlari. Immunitet turlari. Fagotsitlarning funksiyalari. Immunitet (lat-immunitas- biror narsadan xalos bo'lish, kutilish) -organizmning uzidan irsiy jihatdan et xususiyatlari bilan farq kiladigan tirik tanachalar va moddalardan himoyalanish uchun kursatadigan kompleks reaksiyasi. Ana shunday irsiy jihatdan farq qiluvchi substansiyalarga antigenlar-kimyoviy yot agentlari bo'lgan bakteriyalar va toksinlari, viruslar, eng sodda hayvonlar, parazit chuvalchanglar, kuchirib o'tkazilgan to'qima va organlar, organizmlarning o'z-uzgargan hujayralari (masalan, rak hujayralari) va xoka'zolar kiradi. Parazitning organizmga kirishi javob reaksiyasini keltirib chikaradi, bu reaksiya oliy darajadagi hayvonlarga murakkab shakllarga kiradi. Organizmlar nixoyat darajada mukammal tuzilgan himoya mexanizmlariga egadir. Shu mexanizmlar tufayli ular parazitlarning kirishiga va kupayishiga tuskinlik qiladi. Muayyan sharoitda bu mexanizmlar biron mikrob turi keltirib chikaradigan kasallikka organizmni berilmaydigan qilib kuyadi. Organizmning infeksion sababga ko'ra berilmasligi immunitet deb ataladi. Tugma va turmushda orttirilgan immunitet tafovut kilinadi. Tugma immunitet, yani kasallikka berilmaslik holati turga xos bo'lgan, irsiy xossadir. hayvonlarda uchraydigan kupgina yuqumli kasalliklarga, masalan, itlar tog uniga odamning be-rilmasligi bunga misol bula oladi. Orttirilgan immunitet hayot davomida paydo bo'ladi. Masalan, tepkili terlama bilan ogrib utgan odam uzoq vaqt davomida shu kasallikka berilmaydigan bo'ladi. Organizm himoya reaksiyalarining mexanizmlari juda xilma-xildir. Teri va shillik pardalarning baravar xossalari shu mexanizmlar jumlasiga kiradi, kupgina kasalliklarning sababchilarini -teri va shillik pardalar o'tkazmaydi. Nafas organlarining shillik pardalarida kiprikchalar bor, shularning harakat qilib turishi tufayli mikroblar nafas yo'llaridan shilimshik bilan mexanik ravishda chikarib tashlanadi. Badan terisi sterillovchi ta'sirga ega, ichak tayokchalari va ich terlama tayokchalari teriga kuyib kuyilsa, 10 minut ichida xalok bo'ladi. Kuz yoshi, balgam, sulak va boshqalarda mikroblarni eritib (lizis) qilib yubaradigan alohida modda - lizosin bor. Bordiyu, mikroblar teri barerini engib, organizmga tushguday bulsa, ularni kirgan joyida yalliglanish protsessi yuzaga keladi, bunda mikroblarni yutib, hazm qilib yubora oladigan ok kon tanachalari -leykotsitlar kon to'qimalarga utadi. Bu hodisani dastlab I. I. Mechnikov umurtkasiz hayvonlarda tekshirib kurgan edi. U dengiz yulduzining tinik lichinkalari tanasiga kirmizi kizil buyok (karmin) yubordi va yot zarrachalarni yutib yuboradigan amebasimon alohida hujayralarning shikastlangan joyga epirilib kelishini kuzatdi. Bu protsessni I. I. Mechnikov fagotsitoz deb atadi. Organizmga mikroblarni yuborib qilingan tajribalar I. I. Mechnikovga fagotsitozning immunitet mexanizmida muhim rol uynashini isbot qilib berishga imkon berdi. Fagotsitozlar mikroblarning hayot faoliyati natijasida hosil bo'lgan mahsulotlar tomonidan jalb etiladi va mikroblar tuplangan joyga karab harakat qiladi. Bular mikroblarni yutib hazm qilib yuboradi. Yalliglanish reaksiyasi himoya mexanizmining murakkabrok ekanligi hozir aniqlangan. Yalliglanish protsessi mikroblarning organizmga tarqalishini sekinlashtiradi. Yalliglanish uchogida kon tomirchalar devorning o'tkazuvchanligini oshiradigan va fagotsitlar aktivligini kuchaytiradigan ximiyaviy moddalar (gistamin va ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.63 KB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.63 KB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx