Irsiyatning molekulyar asoslari

Irsiyatning molekulyar asoslari

O'quvchilarga / Biologiya
Irsiyatning molekulyar asoslari - rasmi

Material tavsifi

Irsiyatning molekulyar asoslari. Reja. Irsiyat va xromosomalarning ximiyaviy tarkibi. Irsiyatning moddiy negizi DNK ekanligini isbotlanishi. F.Griffits va O.Everi tajribasi. 3 Nuklein kislotalar DNK va RNK molekulasini tuzilishi va biologik funksiyasi. 4. DNK-replikatsiya hodisasi va uning mohiyati. 1) Genetika fanining dastlabki rivojlanish davrida olib borilgan ilmiy izlanishlar irsiyatning tsitologik asoslarini o'rganish ilmini - tsitologiya fanini rivojlanishiga olib keldi. Genetik va tsitologlarining birgalikdagi kuzatish, tekshirish ishlari irsiyatning xromosom nazariyasining ochilishiga, genetikani keyingi rivojlanishiga yul ochib berdi. 1883 yil E.Van Beneden gametogenez davrida reduksion bo'linish , ota va ona xromosomalarining taksimlanishi bilan bog'liq degan fikrni aytdi. Keyinchalik Xar bir turga kiruvchi, o'simlik, hayvon hujayralaridagi xromosomalar soni doimiy ekanligi aniklandi. V.Veysman irsiyatning asosi xromatin moddasi bilan bog'liq degan fikrni aytdi. Xromosom nazariyasining dastlabki rivojlanish davrida xromosomalar doimiyligi, ular juft ekanligi (gomologik), meyoz bo'linish ida yangi hujayralarga teng taksimlanishi, jinsiy hujayralar etilish davrida 2 marta kamayishi, uruglanishda yana qayta tulik (diploid) holatiga kaytishi aniklandi. T.Morganning (1911 y) laboratoriya sharoitida olib borgan kuzatishlari irsiyat asoslarini o'rganishni yanada yuqori pogonaga kutardi. U o'z tajribalarida genlar xromosoma ichida joylashganligini drozifila pashshasida urgandi. 2) 1940 yillarga kelib xromosomalar tarkibini o'rganish yanada chuqurlashdi. Xromosoma tarkibi DNK va oqsildan iboratligi aniklandi. Bu davrda kupchilik olimlar irsiyatning asosi oqsil deb tushunar edilar. Keyinchalik irsiyatning asosi oqsil emas, nuklein kislotalar bilan bog'liqligi isbotlandi. Organizm belgi va Xususiyatlarining nasldan-naslga utishida nuklein kislotalar muhim ahamiyatga ega ekanligi 1928 y. Angliya bakteriologi F. Griffits, keyinchalik 1944 yilda Amerikalik mikrobiolog-genetik O.Everi bakteriyalar ustida olib borgan tajribalarda aniklandi. Griffits tajribasi: o'pka shamollashi yuqumli pnevmoniya kasalligiga sabab buladigan pnevmakok Diplococcus pneutoniae bak-teriyalarining ikki xili: maxsus kobikka uralgan (kapsulali - S shtamm) kasal kuzgatuvchi va kobiksiz (R-shtamm- kapsulasiz) kasal kuzgatmaydigan shtammlar ustida tajriba olib bordi. U sog'lom sichkonlarga shu 2 xil bakteriyalarni ukol orqali kiritadi: I. Kapsulali bakteriyalarni sichkon tanasiga ukol orqali kiritilganda, ular nobud bo'ladi. sichkon kasallanadi va nobud bo'ladi Kapsulali (kasal kuzgatuvchi) II. Kapsulasiz bakteriyalarni sichkon tanasiga kiritilganda sichkon tirik koladi. sichkon sog'lom Kapsulasiz (kasal kuzgatmaydigan) II. Kaynatilgan kapsulali bakteriyalar sichkonga kiritilganda sichkon tirik koladi. sichkon sog'lom Kaynatilgan kapsulali IY. Kaynatilgan kapsulali va kapsulasiz bakteriyalar sichkonga birga ukol kilinganda sichkon Xalok bo'ladi. K sichkon kasallanadi va nobud bo'ladi kapsulali kapsulasiz kaynatilgan Kaynatilgan kapsulali va kapsulasiz bakteriyalar sichkonga birga ukol orqali kiritilganda kasallanish sababi, ular o'zaro ta'sir etib kapsulali bakteriyalar o'z Xususiyatini tiklab olgan. Bunda irsiy moddani bir hujayradan ikkinchisiga utishi - transformatsiya sodir bo'ladi. Kaynatilgan bakteriya ichidagi qandaydir modda kasallik kuzgatganini 1944 yil amerika genetigi O.Everi tajribada tushuntirib berdi. O.Everi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.72 KB
Ko'rishlar soni 283 marta
Ko'chirishlar soni 63 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.72 KB
Ko'rishlar soni 283 marta
Ko'chirishlar soni 63 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga