Irsiyatning tsitologik asoslari. Reja. Kupayish asoslari, jinsiy va jinssiz kupayish. Bu masalani genetika fanining yuzaga kelishi va amaliyotidagi ahamiyati. hujayra tuzilishi. Yadro va tsitoplazma tarkibi, qismlari va ularning asosiy biologik vazifasi. Xromosomalar morfologiyasi. Kariotip. hujayraning bo'linish xillari: mitoz, meyoz, amitoz va endomitoz, ularning mohiyati va biologik ahamiyati. 1) Tirik organizm jonsiz narsalar - anorganik dunyoga nisba-tan 2 xususiyati - modda almashinish va kupayish bilan farq kila-di. Bu ikki xususiyatsiz hayot bo'lishi mumkin emas. Xar bir orga-nizm kupayadi, nasl koldirish xususiyatiga ega. Avlodda nasl kol-dirishni asosi kupayish ekan, shuning uchun kupayishni urganamiz. Kupayish asosi - hujayra bo'linish i bo'lib, kupayish 2 xil jinssiz va jinsiy bo'ladi. 1. Jinssiz kupayishda 1 hujayra 2 ga bulinadi. Masalan: 1 hujayrali organizmlar. 2. Jinsiy kupayishda 2 hujayra (erkak va urgochi) - jinsiy hujayralar birikib 1 hujayra hosil bo'ladi va yangi organizmlarga asos soladi, irsiy modda shu hujayralar orqali naslga utadi. Vegetativ kupayishda yangi avlod bir hujayradan emas bir guruh somatik yoki embrional hujayralar hisobiga rivojlanadi. Masalan: novdadan, ildizdan kupayish. hayvon va o'simliklarning kupchiligi jinsiy yul bilan kupayadilar. Evolyutsiya protsessida jinsiy kupayish turi eng yuqori pogona nasl koldirish sifatida yuzaga keldi. ko'p hujayrali organizm jinsiy hujayralari uzining tarixiy funksiyasi 1 hujayradan yangi organizm hosil kilaolish Xususiyatini saklab koldi. Jinsiy kupayishda avlod soni tez kupayadi va uning irsiy uzgaruvchanligi ortadi, bu esa kuprok moslashgan formalarni tanlashga imkon berdi. Jinssiz va vegetativ kupayishda avlodni xilma-xilligi ka-mayadi, aynan o'xshash avlod beradi va bir avlodni irsiyati bir xil bo'lgan sonini ko'paytirish imkoniyati tugiladi. Kupayish asosi-hujayrani ochilishi, irsiyat mexanizmini ochilishiga olib keldi. hujayra tuzilishi. Xar bir tirik organizm hujayralardan tuzilgan. Bir hujayrali organizmlar sodda tuzilgan bo'lib, ularni tanasi bitta hujayradan iborat (amyoba, infuzoriya). ko'p hujayrali organizmlar esa million yoki milliard hujayra-lardan iborat. hujayrani o'rganadigan fan «Tsitologiya» deb ataladi. Angliya olimi Guk R. 1665 yilda uzining «Mikrofotfiya» deb atalgan kitobida birinchi bo'lib hujayra haqida yozgan. 1838-39 yillarda nemis olimlari - botanik A.Shleyden va zoolog T.Shvan bir xulosaga kelishdilar - tirik organizmlar hujayralardan iborat. 1855 R.Virxov - hujayra bo'linish yo'li bilan kupayishini yozdi. Jinsiy hujayralar - uruglanish, kupayish asoslari ochildi. hujayra to'g'risida ta'limotlar chuqurlashib bordi. Tirik organizmlar Xammasi kelib chiqishi bir hujayradan tuzilganligi haqida tushuncha - tsitologiya fanida yuzaga keldi. hujayrani shakli va o'lchami. har xil bo'ladi. ko'p hujayralar shar shaklida yoki chuzik shaklda bo'ladi. Bazi hujayralarni shakli doimiy bulmaydi, uzgarib turadi. Masalan: amyoba, kon hujayralari-leykotsitlar. hujayrani o'lchami har xil bo'ladi. hujayralar bir necha mik-rondan bir necha santimetrgacha bo'lishi mumkin (mikron-0,001 mm) Masalan: tovuk ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.84 KB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.84 KB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx