Irsiyatning xromosoma nazariyasi

Irsiyatning xromosoma nazariyasi

O'quvchilarga / Biologiya
Irsiyatning xromosoma nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

IRSIYaTNING XROMOSOMA NAZARIYaSI Genlarning mustaqil, o'zaro bog'liq bo'lmagan holda taqsimlanib, irsiylanishi haqidagi Mendelning uchinchi qonuni, allel bo'lmagan genlar, yani har biri ayrim-ayrim xromosomalarda joylashgan genlar faoliyatidagi qonuniyatni o'zida aks ettirgan. Lekin, organizmlardagi genlar soni ko'p bo'lib, xromosomalar soni cheklangan, solishtirib bo'lmaydigan darajada kam. Organizmlarning har qaysi turi o'ziga xos bo'lgan turg'un sondagi xromosomalar (kariotip) ga ega. Ushbu dalillarga asoslangan holda, har qaysi xromosomada ko'plab genlar joylashgan degan xulosaga kelina boshlandi. Bir xromosomada joylashgan genlar qanday qonuniyatlar asosida irsiylanadi, degan savol kun tartibida ko'ndalang turar edi. Unga javob topish kerak edi. O'ta muhim bu muammoni amerikalik olim Tomas Morgan va uning shogirdlari A. Stertevant, G. Meller, K. Bridjeslar echa oldi. Ular o'z tajribalarini genetik tadqiqotlar uchun juda qulay mavjudot-Drosophila melanogaster deb atalgan meva pashshasi-drozofila ustida olib bordi. Bu pashshada juda ko'p va xilma-xil o'zaro keskin farq qiluvchi belgilar mavjud. Uning xromosomalari oz bo'lib, diploid holatdagi soni 2n8. Bu xromosomalar o'zlarining ko'rinishi, katta-kichikligi bilan ham kuchli farqlanadi. Yana shuni ham takidlash kerakki, drozofila laboratoriya sharoitida osongina ko'payadi. Ular juda serpusht bo'lib, 260-270S da har 10-15 kunda yangi avlod berib ko'payadi. Ko'p yillik tadqiqotlarda genetikaning gibridologik tahlil metodini tsitogenetik metod bilan bog'lab olib borildi. Bu sohadagi amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosan quyidagi ikki yo'nalishda bo'ldi: jinsning genetik belgilanishi va belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishi; organizm belgilarining birikkan holda irsiylanishi va krossingover. T. Morgan va shogirdlarining tadqiqotlari natijasida, genetikaning to'rtinchi fundamental qonuni, yani belgilarning birikkan holdagi irsiylanishi qonuni kashf etildi. Ushbu qonunga asoslangan holda, hamda keng ko'lamda olib borilgan genetik va tsitogenetik tadqiqotlar natijasini umumlashtirgan T. Morgan, irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratdi. Endi, yuqorida qayd etilgan ikki yo'nalishda qilingan tadqiqotlar ustida to'xtalamiz. Jins genetikasi, belgilarning jins bilan bog'liq holda irsiylanishi. Jins genetikasi. Jins, yani organizmlarning erkak va urg'ochilik xususiyati, ularning boshqa belgilari kabi, moddiy irsiy asosga ega bo'lib, nasldan-naslga beriladi va rivojlanadi. Jinsning namoyon bo'lishi va irsiylanishida xromosomalarning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi isbotlandi. Hayvon turlari hamda ayrim jinsli o'simlik turlarida, erkak va urg'ochi jinsga mansub organizmlarning miqdoriy nisbati o'zaro teng, yani 50%:50% ga yaqin ekanligi aniqlangan. +uyida har xil tur organizmlaridagi erkak jinsga mansub avlodlar miqdori, foiz hisobida keltirilgan. Bunday natija tahliliy chatishtirishda kuzatiladigan 1Aa:1aa ajralishga o'xshaydi. Shunga asoslanib, dastlabki davrda, ota-ona organizmlardan bittasi, masalan, urg'ochi jins gomozigotali, erkak jins geterozigotali bo'lsa kerak, deb faraz qilindi. Tsitogenetik tadqiqotlar, xromosoma darajasida bu fikrning to'g'ri ekanligini tasdiqladi. Aksariyat hayvon turlari va ayrim jinsli o'simliklarda, jinsni belgilovchi bir juft maxsus jinsiy xromosomalar borligi aniqlandi. Bu juft ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 245.81 KB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 245.81 KB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga