Jins genetikasi. Belgilarning jins bilan birikkan holda naslga utishi. Reja. Jinsni aniqlash va ular nisbati. Jinslar hosil bo'lishini boshqarish. Jinsga boglangan belgilarning nasldan-naslga utishi. Jinsiy xromosomalar sonning o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan kasalliklar. Jins organizmdagi belgi-xususiyatlar yig'indisi bo'lib, yangi avlodning vujudga kelishini va irsiy belgilarning nasldan-naslga utishini ta'minlaydi.Barcha hayvonot olami vakillari va odam somatik hujayralarining xromosomalari to'plamida autosomalar va jinsiy xromosomalar X (iks) va U (igrik) mavjud. X.Genkin 1891 yili ayrim Xashoratlarning mitoz usulida bo'linish jarayonini o'rganish paytida hujayraning bitta kutbida yaxshi buyalgan tanacha borligini,ikkinchi kutbida esa bu tanacha yukligini yozadi.Ana shu buyalgan tanachaning nimaligini X.Genkin bilmaydi,shuning uchun uni X Xarfi bilan ifodalaydi. Keyichalik (1905) E.Vilson bu tanachani X-xromosoma deb nomlaydi. Jufti bo'lmagan va erkak jinsini aniklovchi ikkinchi xromosomani esa U-xromosoma deb ataldi. Shunday qilib jinsiy xromosomalar X va U deb nomlanadigan buldi. Irsiyatning xromosoma nazariyasiga ko'ra, jinsni xromosomalar orqali aniklashning 4 turi mavjud. Barcha hayvonlar jinsini shu turt xil usul bilan aniqlash mumkin. Jinsni aniklay olish mumkin bo'lgan muddatiga ko'ra organizmlarni uchta guruhga bo'lish mumkin.Birinchi guruhga ularning tuxum hujayralari uruglangan paytida aniqlash mumkin bo'lgan organizmlar kirib (sut emizuvchilar,drozofila va boshqalar), bunga jinsni aniklashning singam usuli deyiladi. Ikkinchi guruhga jinsini ularning tuxum hujayralari uruglanganidan keyin, yani rivojlanish davridagina aniklasa bo'ladi,bunga jinsni aniklashning epigam usuli deyiladi. Masalan, dengiz chuvalchangida, lichinkalarning jinslarini belgilovchi genlarning ta'siri muvozanatda bo'lib ular muhit ta'siridagina erkak yoki urgochi jins belgisini yuzaga chikaradi. Uchinchi guruhga tuxum hujayrasi otalanmasdan oldin jinsini aniklasa buladigan organizmlar kiradi. Jinsni bunday aniqlash usuliga progam usuli deyiladi. Bu guruhga kiruvchi organizmlarda (kushlar,kapalaklar va boshqalar) urgochi organizm geterogametali bo'lib, ikki xil tuxum hujayrani hosil qiladi. Jinsni aniklashning asosiy turlari. Jinslar nisbati odatda uch davrda:1) zigota, 2) tug'ilish, 3) o'sish va rivojlanish davrlarida urganiladi. Zigota davrida erkak va urgochi zigotalar sonning bir-biriga bo'lgan nisbati aniklandi va bunga jinslarning birlamchi nisbati deyiladi. Lekin odamlarda jinslarning birlamchi nisbatini urganib bulmaydi. Odamlarda jinslarning ikkilamchi (tug'ilganda) 1:1 ga yaqin, anikrogi 100 ta kizga 102-106 ta ugil bola tugiladi.o'sish va rivoj-lanish davrida jinslarning uchlamchi nisbati urganiladi. Jinslar-ning uchlamchi nisbatida yosh ulgaygan sari erkak soni kamaya boradi. 2) Jinsiy dimorfizm organizmdagi bioximik, morfologik va fiziologik xususiyatlarning o'zgarishiga sabab bo'lganligi tufayli erkak va urgochi organizm har xil maXsuldorlikka ega bo'ladi. Sut karomolchiligida kuprok urgochi buzoq olish,gusht koramolchiligida kuprok bukacha olish maqsadga muofikdir. Tuxum etishtirish uchun makiyon parranda, gusht etishtirish uchun kuprok xurozchalar olish foydalidir. N.K.Koltsov va V.N.Shreder jinsni boshqarish uchun 1933 yili erkak kuyonlarning urugini ikki fraksiyaga ajratish fikrini ilgari surdilar. Ular spermalarni maxsus ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.23 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.23 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx