Ko'chib yuruvchi genetik elementlar

Ko'chib yuruvchi genetik elementlar

O'quvchilarga / Biologiya
Ko'chib yuruvchi genetik elementlar - rasmi

Material tavsifi

Ko'chib yuruvchi genetik elementlar Uzoq yillar mobaynida organizm genlar to'plamining genomdagi o'rni doimiy deb fikr qilinardi. Biroq 1950-yillarda AQSH olimasi Barbara Mak-Klintok makkajo'xorida irsiy belgi- larni o'rganish jarayonida bir joyda muntazam ravishda joylash- may, balki o'z joyini o'zgartirib turadigan bir guruh genlar maj- muasini kashf etdi va genomdagi genlar ko'chib yuradi degan fikrni ilgari surdi. Genlarning genom bo'yicha ko'chib yurishi uzoq vaqtgacha tan olinmagan bo'lsada, bu hodisa keyinroq AQSH olimlari J. Bishop va A. Buxoriy tomonidan mikroorga- nizmlarda, Rossiya olimi G. Georgiyev tomonidan hayvonlarda kashf etildi. Bunday ko'chib yuruvchi genlar toifasi regulyator genlar yoki transpozonlar deb ataladi. Har gal genlar o'z joyini o'zgartirganda qo'shni genlar faoliyatini u yoki bu tomonga o'zgartiradi. Transpozonlar juda oddiy IS (ingl. insertion sequences) ele- mentlaridan tuzilgan bo'ladi. Transpozonlar xilma-xil strukturaga 7-rasm. Transpozonning xromosoma DNKsiga birikishida transpozaza fermenti molekulari «yopishqoq» uchlar hosil qilib kesadi. ega bo'lsalarda, barcha transpozon molekulalarining ikki chetida maxsus nukleotidlar izchilligi, markaziy qismida esa DNK mole- kulasini belgilangan joyda «yopishqoq» uchlar hosil qilib kesuvchi transpozaza fermentini sintez qiluvchi gen mavjuddir (7-rasm). Plazmidlar, restriksion endonukleazalar, genetik injeneriya usullari Bakteriya va tuban eukariotlar hujayralarida asosiy xromosomadan tashqari, qo'shimcha xromosomachalar mavjuddir. Bu qo'shimcha mayda xromosomalar plazmidlar deb ataladi (8-9 rasmlar). Plazmidlar. Plazmidlar hujayraning asosiy xromosomasidan bir necha yuz barobar kichik DNK qo'sh zanjirli halqasidan ibo- rat. Plazmidlar o'rtacha 3-10 dona genlardan iborat bo'lib, ikki toifaga bo'linadi. Bularning birinchisi transpozon yoki bakteriofag irsiy molekulasi kabi hujayra asosiy xromosomasining maxsus 9-rasm. Bakteriya hujayrasida yoki avto- nom ravishda replikatsiya bo'la- digan, yoki xromosomaga birikib naslga beriladigan (transmissibl) plazmidlar mavjud. Transmissibl plazmid ham xromosoma tar- kibidan ajralib chiqqan holda molekula tarzida faoliyat ko'rsata oladi, lekin mustaqil ravishda replikatsiyalanmaydi. 1 - bakteriya, 2 - plazmidlar, 3 - asosiy xromosoma. 4 - xro- mosomaga birikish uchun mos- langan nukleotidlar izchilligi. 5 - antibiotikka chidamlilik geni. DNK izchilligini kesib, rekombinatsiya bo'la oladigan plazmidlar. Bunday rekombinatsiyalanuvchi plazmidlar transmissibl, ya'ni nasldan naslga o'tuvchi plazmidlar deb ataladi. Transmissibl plazmid asosiy xromosomaga birikkandan keyin o'z mustaqilligi- ni yo'qotadi. Asosiy xromosomadan mustaqil ravishda o'z-o'zini replikatsiya qila olmaydi. Ayni paytda bunday plazmidlarda joy- lashgan genlar asosiy xromosomada o'z faoliyatini bajaradi. Hujayra bo'linganda rekombinatsiyalanuvchi plazmidning genlari asosiy xromosoma genlari bilan birikkan holda nasldan naslga beriladi. Ikkinchi toifa plazmidlar avtonom holda replika- tsiyalanuvchi plazmidlar deb ataladi. Bunday plazmidlar asosiy xromosomaga birika olmaydi, asosiy xromosomalardan mustaqil ravishda o'z-o'zini replikatsiya yo'li bilan o'nlab va hatto yuzlab marta ko'paytira oladi. Avtonom plazmidlar bakteriya yoki zam- burug' bo'linganda qiz hujayralar orasida tasodifiy ravishda taqsimlanadi. Shu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 56.97 KB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 56.97 KB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga