Makroevolyutsiya muammolari. Ontogenez evolyutsyaisi. Filembriogenez haqida ta'limot Reja: 1.Makroevolyutsiya va mikroevolyutsiya 2.Ontogenez va filogenezlarning bog'liqligi. 3.Filambriogenezlar nazariyasi 4.Anaboliya,deviatsiya,arxallaksis-evolyutsiyaning yo'nalishlarini belgilovchi embriogenetik o'zgarishlar. Agarda mikroevolyutsiya jarayoni tur hosil bo'lishi bilan bog'liq muammolarning yiginini o'z ichiga olsa, makroevolyutsiya turga nisbatan yirik guruhlarning kelib chiqish sabablarini tushuntirishga qaratilgan evolyutsiyaning o'ziga xos shaklidir. hozirgi paytda evolyutsion o'zgarishlarni belgilab beruvchi mexanizmlar evolyutsiyalanayotgan turlar ichida sodir bo'lishi aniqlangan. U yoki bu guruhlarni evolyutsiyalanishi davomida hosil bo'luvchi aynan shu xildagi o'zgarishlar evolyutsiyaning strategik yo'nalishlarini bosh «karvonbosh» chisi hisoblanishi darkor. Ontogenez evolyutsiyasiga oid masalalar, ontogenezni (individning shaxsiy taraqqiyoti) filogenez (turning tarixiy taraqqiyoti) bilan bog'liqligi muammosi ilgaridan olimlarni kiziktirib kelgan. Karl Ber o'z vaqtida ontogenezda filogenezni paykadi va uni «kura» bildi («ontogenez filogenezning qisqa va tez takrorlanishidir»). Keyinchalik filogenez ontogenezlarning yig'indisi ekanligi malum buldi. Filogenezni ontogenez bilan bog'liqligi haqida fikr yurgizilar ekan, kursatib utish joizki, bu 2 xil tushunchalar bir-biridan kelib chikadi: filogenez davomida ontogenezlardagi o'ziga xosliklar tuplanaboradi, ontogenezda hosil bo'luvchi o'zgarishlar esa filogenezning umumiy yo'nalishlarini belgilaydi. Ontogenezlarning va filogenezlarning birligi aynan shu tushunchalarni o'z ichiga oladi. Nemis olimlari Myuller va Gekkel hayvonot olami vakillarining taraqqiy etishi va evolyutsion rivojlanishi natijasida ularning muhitga nisbatan moslanishini taminlovchi (ajdodlarida bo'lmagan) o'zgarishlarni paydo bo'lishini paykashdi. Jumladan, sudralib yuruvchi va kushlar tuxumini qattiq pust bilan koplanishi (baliklar va amfibiyalarga nisbatan farqli ularok), kushlarda patni, sutemizuvchilarda junni paydo bo'lishi (sudralib yuruvchilarning tangachasiga nisbatan) va xokazo. Keyinchalik, bu borada olib borilgan tadqiqotlar zikr etilganlarga nisbatan yanada yangirok fikr-mulohazalarni paydo bo'lishiga sababchi buldi. Rus olimi Severtsovning ko'rsatishicha filembriogenezlar (evolyutsiyaning keyingi yo'nalishlarini belgilovchi ontogenezlar uchun xos embrional taraqqiyotdagi o'zgarishlar) evolyutsion jarayonning strategik va kardinal yo'nalishi sifatida kabul qilinishi kerak. Ontogenezlardagi embrional taraqqiyotga xos o'zgarishlar Severtsov tomonidan filembriogenezlar deb nomlanib, mazkur masalaga oid maxsus ta'limot yaratildi. Uning asosini filembriogenezlar to'g'risidagi nazariya tashkil etadi. Akademik Severtsovning filembriogenezlar nazariyasiga muvofik, ontogenezlardagi embrional o'zgarishlar 3 ko'rinishda bo'lib, ular anaboliya, deviatsiya va arxallaksislardan iborat. Bu iboralarning mazmunini tushunish hamda kayd etilgan embrional o'zgarishlarni kaysi yo'nalishdagi evolyutsion jarayonlarni keltirib chiqarishlarini tasavvur etish uchun, birinchi navbatda, ayrim umurtkali hayvonlarning koplovchi to'qimalarini nimalarni hosil qilishini tasavvur etish, ularning tuzilishini bir-biriga taqqoslash va kelib chiqish tarixi bilan tanishish darkor. Baliklar, sudralib yuruvchilar, kushlar va sutemizuvchilar evolyutsion jihatdan umumiy kelib chiqishi bilan tavsiflanadi - baliklar suvda-kurukda yashovchi amfibiyalar orqali sudralib yuruvchilarni evolyutsiyalanishiga sababchi bo'lgan; reptiliyalar o'z navbatida kushlar va sutemizuvchilarning ajdodlari hisoblanadi. Keyingi 2 guruhning evolyutsion taraqqiyoti boshlanishida baliklar turgan. Shunday ekan, kayd etilgan guruh vakillarining u yoki bu organi va tizimi evolyutsion jihatdan ajdodlardagi taallukli organ ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.69 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.69 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx