Maxsus organellalar va kiritmalar Reja: 1. Mikrovorsinkalar. 2. Kipriklar. 3. Xivchinlar. 4. Fibrillalar. 5. Tsitoplazma kiritmalari. 6. Gialoplazma. Bazi bir hujayralar tsitoplazmasida maxsus organellalar bo'lib, ularni metaplazmatik tuzilmalar deb ataladi. Maxsus organellalarga mikrovorsinkalar, xivchinlar, kipriklar, tonofibrillalar, miofibrillalar va neyrofibrillalar kiradi. Mikrovorsinkalar. Mayda tsitoplazmatik usimta bo'lib, hujayraning apikal kismi yuzasida joylashgan, shakli tsilindirsimon, uchi yumalok, yani gumbazsimon bo'ladi. Xar bir hujayrada bunday mikrovorsinkalarning soni 100 taga yaqin bo'ladi. Ularning uzunligi taxminan 1,1 mk, diametri 0,1 mkg na teng. har xil hujaralarda turlicha uzunlikda va turlicha sonda bo'ladi. Ularni fakat elektron mikroskopda kuzatish mumkin. Ichak epiteliysi mikrovorsinkalari yig'indisi suruvchi jiyak yoki kutikulani hosil qiladi. Mikrovorsikalar asosan jadal ravishda surishi kerak bo'lgan organlarning epiteliy yuzalarini (ichak, buyrak kanallari yuzalarini) koplab turadi. me'dada parchalangan ovqat moddalari ichaklarga tushganida mikrovorsinkalar tekislanib yoziladi, natijada ularning surish yuzasi 30 baravargacha kattalashadi. ovqat moddalari kon tomirlarga surilgandan keyin vorsinkalar yana o'z holatiga qaytadi va avvalgi hajmini egallaydi. Ichak epiteliysining 1mm2 yuzasida 2*108 ta mikrovorsinka bo'ladi. Xar kaysi mikrovorsinka ichida submikroskopik kanalchalar bor. Bu kanalchalar fakat mikrovorsinkalarning ozik moddalarni surish yuzasining kengayishini ta'minlamay balki ularning o'ziga xos govakligini ham ta'minlaydi. Bundan tashqari, mikrovorsinkalar bagrida ovqatning etarli darajada parchalanib surilishini ta'minlaydigan ayrim fermentlar bo'lib, ular murakkab birikmalarni oddiy birikmalarga aylantiradi. Natijada etarli darajada parchalangan ovqat hujayra membranalaridan bemalol utib, kon tomirlarga tushadi. Mikrovorsinkalarning yana bir xususiyati parchalanmaydigan va organizm uchun kerak bo'lmagan ayrim mikroorganizmlarni konga o'tkazmaydi, yani u tusik (barer) vazifasini ham utaydi. Kiprikchalar. tashqi ko'rinishdan mayda tukchalarga uxshagan bo'lib tebranuvchi epiteliy hujayralarning apikal kismi yuzasini koplab turadi. Ularning soni 250-300 taga etadi. Kiprikchalar xuddi protoplazmatik usimtalarga uxshab, tashqi tomondan hujayra apikal kismida membrana bilan koplangan bo'ladi. Kiprichalar o'ziga xos morfologik tuzilishga ega. Ularning kundalang kesimi mikroskopda kurilganda markazda bir juft, periferik kismida esa 9 juft mikronaychalar borligi aniqlangan. Elektron mikroskop yordamida urganilganda ular hujayra tsitoplazmasining apikal kismida joylashgan bazal tanachalar bilan bevosita tutashganligi malum buldi. Kiprikchalarning uzunligi buylab mikronaychalar utgan bo'lib, ular kundalang kesimining o'lchami 200-250 A0 ni tashkil qiladi. Mikronaychalarning ikkitasi,odatda, kiprikchaning o'rtasida, kolgan tukkiz jufti chekka kismida joylashgan bo'ladi (24-rasm). Ayrim umurtkasiz va tuban hayvonlarda bazal tanachalar tolachalar hosil qilib, ular yig'indisi epiteliy hujayra tsitoplazmasining ichki kismida hilpillovchi kiprikchalar ildizini hosil qiladi. Odatda, kiprikchalar uzluksiz tez harakatlanib turadi. Kiprikchalarning asosiy vazifasi: nafas yo'llaridagi havonii tozalab, ilitib berishdan, havo bilan kirgan yot zarrachalarni tutib qolishdan iborat. Ular uzluksiz harakatlanib turishi tufayli epiteliy yuzasiga chikib turgan suyuk moddalar bilan bir tomonga okadi. Jinsiy yullarda esa jinsiy hujayralarning harakatini ta'minlaydi. ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.25 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.25 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: doc