Me'da osti bezi shirasining tarkibi va hazmlovchi xususiyatlari. Odamlarning me'daosti bezi shirasi - rangsiz, tiniq suyuqlik bo'lib, 98,7 % suv saqlab muhiti ishqoriydir (ph 7,5 dan 8,5 gacha) va bu ko'rsatkich natriy gidrooksidining miqdoriga qarab o'zgarib turadi. Shu sababli ham katta miqdordagi shiraning yo'qolishi organizmning kislota - ishqor muvozanatining buzilishiga ham olib keladi. Shira tarkibida 10 % miqdorgacha yetadigan qattiq moddalarning asosiy qismini oqsillar tashkil qiladi. Shiradagi fermentlarning miqdoriga qarab oqsillarning miqdori 0,1 dan 10 % gacha o'zgarib turadi. Me'daosti bezining shirasida proteazalar, amilazalar va lipaza fermentlari saqlanadi. Bular orasida bosh yoki asosiy bo'lib proteolitik ferment tripsinogen hisoblanadi va bu ferment ichaklar shirasi - entrokinaza fermenti ta'sirida faol - tripsinga aylanadi. Tripsin bir necha proteazalar; tripsinni o'zi, ximotripsin va karboksipeptidazalardan iboratdir. Ximotripsin ham faol bo'lmagan holatdagi ximotripsinogendan entrokinaza fermenti ta'sirida faol holatga o'tadi. Tripsin pepsindan farqli o'laroq kuchsiz ishqoriy, neytral yoki kuchsiz kislotali muhitda butun oqsillarni va albumoz hamda peptonar kabi oqsillar parchalanishining mahsulotlarini so'rilishi uchun yaroqli bo'lgan oxirgi mahsulotlargacha - aminokislotalargacha parchalaydi. Ikkinchi proteolitik ferment - eripsin va u faol holda ajraladi. U butun oqsillarga ta'sir ko'rsatmasdan balki peptonlar va albumozlarni aminokislotalargacha parchalaydi. Me'daosti bezining amilolitik fermentlari: amilaza kraxmalni disaxaridlargacha parchalasa, mal'taza - disaxaridlarni monosaxaridlargacha va laktaza sut qandini monosaxaridlargacha parchalaydi. Bu fermentlar neytral muhitda ancha faol bo'ladilar. Me'daosti bezi shirasining lipazasi yog'larni gliserin va yog' kislotalarigacha parchalaydi, yog' kislotalari ishqorlar bilan birikib sovun hosil qiladi. Deyarlik barcha lipaza faol bo'lmagan holatda ajraladi va o't kislotalari yordamida faollashadi. Me'daosti bezi shirasi va o't suyuqligi ishqorlari yordamida yog'lar emulsiyalanadi va natijada uning hazmlanishi ortadi. Fosfolipazalar fosfolipidlarni parchalaydi. Me'daosti bezida proteolitik fermentlar faoliyatini tormozlovchi oqsilli modda hosil bo'ladi. Taxmin qilinishicha bu modda bezning o'zini o'z-o'zidan hazmlanishidan himoya qiladi. Me'daosti bezi shirasining ajralishi. Odamlar va itlarda me'daosti bezining shirasi oziqlar bo'lmaganida yoki ozuqaviy qo'zg'atuvchilar ta'sir ko'rsatmaganda juda kam ajraladi yoki umuman ajralmaydi. Me'daosti bezining shirasi ovqatlanish boshlanganidan 1-3 minut o'tganidan keyin boshlanadi. Har bir turdagi ozuqaga turli miqdordagi, tarkibdagi turli fermentlar ajralishi bilan farqlanadi. Shira ajralishining borishi ham, uning davomiyligi ham ozuqalar turiga bog'liq holda kechadi. Odamlarda me'daosti bezi shirasining ajralishi qanchalik ko'p yog'li ovqat iste'mol qilsa, u shuncha kamaya boradi va yog'siz go'sht iste'mol qilganiga nisbatan 2,5 marta kamayib ketadi. Yog'li ovqatlarni ko'plab iste'mol qilish esa lipazalar ajralishini, ugevodlarni iste'mol qilinishi - amilazalarni va oqsilli oziqlar esa tripsin ajralishini tezlashtiradi. Kavshovchi hayvonlarga xashakni silos bilan almashtirilishi esa tripsin va amilazalar faolligini oshiradi. Sut iste'mol qilinishi esa barcha fermentlar ajralishini chaqiradi. Odamlarda ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.92 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.92 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx