MIKROORGANIZMLARNING IRSIYATI VA O'ZGARUVCHANLIGI REJA: 1. Fenotipik va genotipik o'zgaruvchanlik. 2. Mutatsiyalar. 3. Bakteriyalardagi transformatsiya, transduktsiya va kon'yugatsiya. 4. Mikroorganizmlarning o'zgaruvchanligi to'g'risidagi ma'lumotlar. 5. Yangi mikrob turlarini hosil qilish usullari. 6. Dissotsiatsiya yoki parchalanish. 7. siklogeniya nazariyasi. Mikroorganizmlarda ham boshqa jonivorlardagi kabi, muayyan turga xos belgilar nasldan - naslga o'tadi. Tashqi muhit ta'siri ostida, bir turga xos morfologik, fiziologik hossalar o'zgarishi mumkin. Masalan, Lui Paster sun'iy yo'l bilan kuydirgi kasalligini qo'zg'atuvchisida qaytmas o'zgarishlar hosil qildi va shu kasalliklardan saqlaydigan vaqtsinalar ishlab chiqdi. N.F.Gamaleya oziq muhitiga, litiy xlorid, qo'shilganida vabo vibrioni morfologiyasining o'zgarishini kuzatdi. Bu misollar mikroorganizmlar yashash sharoitiga qarab o'z hossalarini o'zgartira olishini ko'rsatadi. Irsiyat bilan o'zgaruvchanlik bir - biri bilan chambarchas bog'liq ikki jarayon bo'lib, tiriklikka xos asosiy hossani tashkil etadi. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarning irsiy xususiyatlari va o'zgaruvchanligi boshqa organizmlarnikiga qaraganda yaxshi o'rganilgan. G.A.Nadson va G.S.Filippov (1925) achitqi zamburug''lariga rentgen nurlarini ta'sir ettirib, yangi mutantlar olishga muvaffaq bo'lganlar. Ulardan keyin M.N. Meysel (1928 - 32 yillarda) achitqilarga xloroform va kuchsiz tsian tuzlari ta'sir ettirib, yangi mutantlar oldi. Genetika qonuniyatlarini o'rganishda mikroorganizmlar muhim ahamiyatga zga. Chunki bakteriyalarnng tez bo'linishi va naslning nihoyatda ko'p, mayda bo'lishi va kam joy egallashi ularni nihoyatda qulay obyekt qilib kuyadi. Masalan, ichak tayoqchasi har 15 minutda bo'linib turadi, bitta hujayra naslining soni 18 - 24 soatdan keyin 1 mm3 da 24 milliardga yetadi. Mikroorganizmlarda fenotipik (nasldan-naslga ugmaydigan) va genotipik (nasldan - naslga o'tadigan) o'zgaruvchanlik farq qilinadi. Bular hujayraning ikki asosiy xususiyati: genotipi va fenotipiga bog'liqdir. Genotip hujayradagi umumiy genlar majmuasi (yig'indisi) dir. U organizmning butun bir hossalari guruhini, tashqi muhitning har - xil sharoitida turlicha namoyon bo'lishini belgilab beradi. Biroq, genotip har qanday sharoitda ham nisbiy doimiyligini saqlab qoladiki, bu hol mikroorganizmlar turlarini bir-biridan farq qilib, ajratib olishga imkon beradi. Fenotip har bir individiumga xos morfologik va fiziologik hossalarning umumiy kompleksidir. Fenotip go'yo ma'lum bir konkret yashash sharoitida genotip xarakterining tashqi ko'rinishi ifodasidir. Genotip hujayraning yuzaga chiqishi mumkin bo'lgan umumiy xususiyati bo'lsa, fenotip ushbu xususiyatlarning kuzga ko'rinadigan ifodasidir. Fenotip o'zgaruvchanlik Modifikatsiyalar tashqi muhitning turli omillari ta'sirida kelib chiqadi va odatda, mikrob turli oziq muhitida o'sib ko'payganda kuzatiladi. Oeik muhiti tarkibi va sifati, muhit rN, temperaturaning o'zgarishi, kimyoviy moddalar (kolxitsin, etilamin) va boshqalar modifikatsiyalar kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Bunday o'zgarishlar nasldan-naslga o'tmaydi (irsiylanmaydi) va ularni keltirib chiqargan omilning ta'sirining to'xtashi bilan yo'qolib ketadi. Muhitga penitsillin qo'shiladigan bo'lsa, hujayralar cho'ziladi, ba'zan juda o'zgarib ketadi. Bakteriyalarda spora hosil bo'lishi ham muhit xarakteriga (quyuq yoki suyuqligiga), uning tarkibi, ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.05 KB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.05 KB
Ko'rishlar soni
158 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: doc