MIKROORGANIZMLARNING O'SISHI VA KO'PAYISHI Mikroorganizmlar ham o'sadi va ko'payadi. O'sish deganda hujayradagi butun kimyoviy moddalarning (oqsil, RNK, DNK va boshqalar) bir-biriga mutanosib tarzda ko'payishga aytiladi. O'sish natijasida hujayraning kattaligi va massasi oshadi. Hujayraning kattaligi ma'lum darajaga yetgandan so'ng, u ko'p aya boshlaydi. Ko'payish deb mikroorganizmlar hujayra sonining oshishiga aytiladi. Ko'payish, o'sish vaqtida, ko'ndalangiga bo'linish yo'li bilan, ba'zan esa ko'rtaqlanib yoki spora hosil qilibamalga oshadi. Umuman, prokariotlarning ko'ayishi jinssiz binar bo'linib ko'p ayishdir. Ko'p ayish jarayonining boshlanishi hujayraning o'zayishidan, nukleoidning ikkiga bo'linishidan boshlanadi, Nuklerid - superspirallashgan, zich joylashgan DNK molekulasidir (u replikon ham deyiladi). Mikroorganizmlarda ham DNKning replikatsiyasi, DNK - polimeraza orqali amalga oshadi. DNKning replikatsiyasi, bir vaqtning o'zida, qarama - qarshi yo'nalishda ketadi va u ikkilanib qiz hujayralarga tarqaladi. Qiz hujayrada ham DNK ketma-ketligi ona hujayraniqidek bo'ladi Replikatsiya bakteriya hujayrasining ko'payishiga ketadigan vaqtning 80% ni egallaydi. DNK replikatsiyasidan so'ng, hujayralararo tusik hosil bo'ladi Bu murakkab jarayondir. Avvalo hujayraning ikki tomonidan sitoplazmatik membrananing ikki qalin:i o'sadi , so'ngra, ular orasida peptidoglikan sintezlanadi va nixoyat tusik hosil bo'ladi Tusik ikki qalin: sitoplazmatik membrana va peptidoglikandan iborat. DNK replikatsiyasi davomida va bo'luvchi tusik hosil bo'lishi. vaqtida hujayra o'zluksiz o'sadi . Bu vaqtda hujayra devorining peptidoglikani, sitoplazmatik membranasi, yangi ribosomalar va boshqa organellalar, birikmalar, xullas sitoplazmadagi birikmalar hosil bo'ladi bo'linish ning oxirgi stadiyasida Qiz hujayra bir-biridan ajraladi. Ba'zan esa bo'linish jarayoni oxirigacha bormaydi va bakteriya hujayralarining zanjiri hosil bo'ladi Tayoqchasimon bakteriyalar Bo'linganda ular buyiga o'sadi va ikkiga bo'lina boshlaydi. Tayoqcha o'rtasidan sal torayadi va ikkiga bo'linadi. Agar hujayra ikki bir xil bo'laklarga bo'linsa, bunga izomorf bo'linish deyiladi. Ko'p ncha geteromorf bo'linish ko'zatiladi. Agar xivchinli hujayra bo'linsa,qiz hujayra ko'pincha xivchin bo'lmaydi,ona hujayra qoladi. Qiz hujayradan esa keyinchalik xivchin o'sadi . Demak, ona hujayra birlamchi hujayra devori, fimbriylar, xivchinlarga ega bo'ladi Spiroxetlar, riketsiylar, ba'zi achitqilar zambruglar, sodda hayvonlar (protistlar) ko'ndalangiga bo'linib ko'payadi. Miksobakteriyalar tortilib ko'payadi. Avval hujayra bo'linadigan joyidan torayadi va so'ngra hujayra devori ikki tomonidan hujayraning ikki tomoniga qarab bo'rtadi va oxirida ikkiga bo'linadi. Qiz hujayra o'zi sitoplazmatik membranasi bo'lgani holda, hujayra devorini vaqtincha saqlab qoladi. Ba'zi bakteriyalarda jinsiy jarayon ham ko'zatilib, unga kon'yugatsiya deyiladi. Bu xil ko'payish haqida «Bakteriyalar genetikasi» mavzusida axborot beriladi. SHunday qilib, o'sish va ko'payish natijasida mikroorganizmlar koloniyasi hosil bo'ladi Ularning ko'ayishi juda katta tezlikda amalga oshadi. Generatsiya vaqti mikroorganizm turi, yoshi, tashqi muhit (oziqa muhit tarkibiga, temperaturaga, rN) ga og'liq ; Generatsiya vaqtini eng optimal muddati 20-30 minut bo'lsa, 2 soatda 6 ta generatsiya olish mumkin. Odamning shuncha avlodini olish uchun ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.33 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.33 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: doc