Mikroorganizmlarning parazitlik xususiyatlari

Mikroorganizmlarning parazitlik xususiyatlari

O'quvchilarga / Biologiya
Mikroorganizmlarning parazitlik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Mikroorganizmlarning parazitlik xususiyatlari Reja. Mikroorganizmlarning parazitlik tiplari. Patogenlik mexanizmining mohiyati qanday? Mikroorganizmlarning fermentlari, toksinlari, biologik aktiv moddalarni kasallikning namoyon bo'lishidagi roli. Patogenlik jarayoni qanday amalga oshadi? Adabiyotlar:2,3,4,9. O'simlik hujayrasiga har qanday mikroorganizmlar ular uchun zarur bo'lgan oziqa muhiti mavjud bo'lgan taqdirdagina kirib kelish imkoniga ega bo'ladi. Oziqa muhitidan foydalanish zamburug''larda turlichadir, yani ayrimlari tirik to'qimalar hisobiga hayot kechirsa, ayrimlari o'lik hujayralar hisobiga oziqlanadi. Shuning uchun ularni saprofitlar va patogenlar deb ikkita guruhga ajratiladi. Evolyutsion taraqqiyot davomida mikroorganizmlar rivojlanishi saprofit hayot kechirish usulidan patogen usulda hayot kechirishga qarab rivojlanib borgan. Saprofit mikroorganizmlar uchun o'simliklarni qoldiqlari asosiy oziqa bazasi bo'lib hisoblanadi. Parazit mikroorganizmlar esa tirik hujayralardagi tayyor organik moddalar hisobiga hayot kechiradi. Ular o'z navbatida fakultativ saprofitlar va fakultativ parazitlarga bo'linadi. Fakultativ saprofitlar - parazit usulda hayot kechirsada, bazan saprofit usulda yashashi mumkin. Masalan Phytophtora, Fusarium, Alternaria zamburug''lari shunday usulda yashaydi. Fakultativ parazitlar esa asosan saprofitlar tariqasida hayot kechirsada ayrim sharoitlarda o'simlikning tirik to'qimalariga kirib parazit usulda hayot kechirishi mumkin, Masalan Botrytis cinerea zamburug''i fakultativ parazit hisoblanadi. Bunday mikroorganizmlar ko'p o'simliklarni kasallantirish xususiyatiga ega bo'lib, qisqa ixtisoslashgan bo'ladi. Tarr (1975) fikiricha parazit mikroorganizmlar deb faqat o'simlik to'qimasida parazitlik bilan hayot kechiradigan va hujayra ichiga kiradigan organizmlarga aytiladi. Parazit mikroorganizmlarni xususiyatiga qarab ikkita guruhga bo'lish mumkin. 1.Biotroflar. 2.Nektroflar (Goyman, 1950 ) Biotroflar o'zi uchun zarur bo'lgan energiyani tirik hujayralardan olsalar, Nektroflar esa zarur energiyani o'lik hujayralardan oladilar. Biotrof organizmlar uchun tirik hujayralar ichiga kirib kelgandan keyin ularni halok qilmaydi. Natijada ular tayyor organik modda hisobiga uzoq muddatda hayot kechiradi. Parazitlarning o'simlik hujayrasida hayot kechirishi mavjud to'qimalarda nekroz hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Nekrozning intensivlik darajasi patogenning agressivlik darajasiga bog'liqdir. Ko'pincha patogen mikroorganizm va hujayin o'simlik simbiotrof usulda yashaganday bo'ladi, chunki parazit organizmlar malum turga yoki navga nisbatan qisqa moslashgan bo'ladi. Yarim (fakultativ) saprofitlarning o'simlik bilan bo'lgan munosabati boshqacha namoyon bo'ladi. Parazitlik xusisiyatining namoyon bo'lish xususiyatiga qarab ular fakultativ parazitlar va fakultativ saprofitlarga bo'linadi. Fakultativ parazitlar hujayrani zararli moddalari bilan halok qilib unga kirib keladi va shu hisobga oziqlanadi. Ularning asosiy xususiyati o'zida zaharli moddalarni va tsellyulozolitik fermentlarni hosil qilishidir. Zaharli modda hisobiga tirik hujayralari halok qilib, ularni fermentlar ta'sirida parchalaydi va organik modda hosil qiladi. Natijada bunday hujayralar o'sishdan orqada qoladi yoki zaif hujayralar bo'ladi. Fakultativ saprofitlar oziqlanishi uchun toksinlarni hosil qilmaydi. Fakultativ parazit va fakultativ saprofitlar orasidan keskin chegara o'tkazish juda qiyin, chunki ular ko'pincha aralash usulda oziqlanadilar. Masalan piyoz po'stini zararlaydigan Calletotriachum cirenans zamburug''i, dastlab saprofit usulda oziqlanadi, keyinchalik piyoz po'stida tezda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.13 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.13 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga