Muskul to'qimasi haqida umumiy tushuncha

Muskul to'qimasi haqida umumiy tushuncha

O'quvchilarga / Biologiya
Muskul to'qimasi haqida umumiy tushuncha - rasmi

Material tavsifi

REFERAT Mavzu: Muskul to'qimasi haqida umumiy tushuncha. Silliq va ko'ndalang targ'il muskullarning tuzilishi, odam va hayvonlar organizmidagi ahamiyati va funksiyasi Topshirdi: Qabul qildi: Muskul to'qimasi haqida umumiy tushuncha. Silliq va ko'ndalang targ'il muskullarning tuzilishi, odam va hayvonlar organizmidagi ahamiyati va funksiyasi REJA: Muskul to'qimasining tuzilishi va organizmdagi ahamiyati Skeletning ko'ndalang yo'lli muskul to'qimasi Qizil muskullar va muskullar haqida tushuncha Ko'ndalang yo'lli muskul to'qimasining regeneratsiyasi Muskul bu-qisqarish xususiyatiga ega bo'lgan, tirik organizmning u yoki bu bo'lagini harakatga keltiradigan organ: u aksariyat, ko'ndalang yo'lli va silliq muskul to'qimalaridan tuzilgan. Xo'sh, muskul hayvonlarda va odamda qanday paydo bo'lgan? Ularning tuzilishi, ishlash prinsipi qanday? U nimalar ta'sirida va qanday harakatga keladi? Qisqarish va cho'zilish mexanizmi nimalarga yoki qanday jarayonlarga asoslangan? Ko'p hujayrali organizmlarning paydo bo'lish tarixi shundan guvohlik beradiki, muskullar, ya'ni muskul to'qimalari organizm rivojlanishining ancha kech davrida, epiteliy va biriktiruvchi to'qima paydo bo'lganidan keyingi davrda vujudga kelgan. Har qaysi organning kelibchiqishi tashqi muhit taqozosi bilan, ya'ni tashqaridan ta'sir etib turgan muhit omillariga moslashish ehtimoli bilan paydo bo'lar ekan, muskullar ham organizmning tashqi muhit qo'ynida uning ta'sirlariga javob qaytarish yoki tirik mavjudot sifatida oziq izlash, unga intilish zaruriyati tufayli paydo bo'lgan. Binobarin, muskul to'qimasi evolyusiya jarayonida sitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bo'lgan oqsil tuzilmalari bor hujayralardan kelib chiqqan. Hozirgi zamon fan tili bilan aytadigan bo'lsak, endilikda muskul to'qimasi embrion rivojlanishi davrida boshqa to'qimalarga o'xshab mezenximaning turli qismlaridan hosil bo'ladi. Muskulatura-butun gavdaning yoki uning biror qismining, organning muskullar majmuasi. Ko'zning silliq muguzli pardasi va ter bezlarining atrofidagi silliq muskullar ektodermadan rivojlanadi. Ko'ndalang yo'lli muskullar mezenximaning segmentlangan miotomlaridan tarqalsa, bosh miya muskullari mezenximaning o'zgarishidan kelib chiqadi. Yurak muskullari ham asosan mezodermadan tarqaladi. Bundan tashqari, ektodermadan vujudga keladigan muskullarga so'lak va sut bezi muskullari ham kiradi. Umuman olganda, barcha muskul turlarini ularning funksiyalari va tuzilishidagi o'ziga xos birlik, ya'ni sitoplazmasidagi oqsil iplari-miofilamentlar (muskul protofibrillalari) yiilib miofibrillalar deb ataladigan tutamlar hosil qiladigan birlik birlashtirib turadi. ammo umumrtqali hayvonlar bilan umurtqasiz hayvonlarning muskullari garchi vazifalari bir xil bo'lsa ham, tuzilishi bir-biridan bir oz farq qiladi. Shunga ko'ra muskullarni belgilariga qarab quyidagicha klassisfikasiyalash mumkin: 1) tuzilishi bo'yicha: a) ko'ndalang yo'lli muskullar, b) silliq muskullar; v)ikkioyoqlama qiya muskullar; 2) organizmda joylashish holati bo'yicha: a)ichki a'zolar muskullari; b)yurak muskullari; v)somatik muskullar; 3)funksiyalari bo'yicha: a)tonik muskullar; b)tetanik muskullar; v)qulfdosh (bekitish) funksiyasiga ega bo'lgan muskul to'qimalari; 4) kelib chiqishi bo'yicha: a)ektodermal muskullar; b)entodermal muskullar; v)mezodermal muskullar. Organizm embrional rivojlanishining boshlanich davrida mezodermaning segmentlashgan qismidagi miotomlardan rivojlana boshlaydi. Kallaning ayrim muskullari, silliq muskullarga o'xshab, bevosita mezodermadan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.4 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.4 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga