Nav va zot. Organizmlarning uzgaruvchanligi Reja: 1.Nav va zot. 2.Organizmlarning uzgaruvchanligi tanlash uchun manbadir. 3.Poliploidiya. qishloq xo'jalik ekinining navi uzidan o'zi hosil bulmaydi, uni odamlar yaratadi, yaratish uchun aniq seleksiya usullaridan foydalaniladi. Navlarni tashkil kilgan o'simliklarning tashqi (morfologik) ko'rinishi, belgilari, xususiyatlari bir xil bo'lishi kerak va bu belgilar vaqtincha emas balki barqaror bo'lib nasldan naslga o'tkazilishi, yani irsiy bo'lib, yangi yaratilgan nav yuqori va yaxshi sifatli bo'lishi kerak. Navlarni har xil ta'riflab kelganlar. Biz navlarni oxirgi yillarda kuyidagicha ta'riflagan edik. Nav deb seleksiya usullari bilan yaratilgan, bir xil, barqaror irsiy morfologik, biologik va xo'jalik belgi va xususiyatlarga ega bo'lgan madaniy o'simliklar guruhiga aytiladi. 1996 yil 30 avgustida Seleksiya yutuklari to'g'risidagi qonunda nav to'g'risida kuyidagicha aytilgan: Nav - o'simlik guruhi bo'lib, u nasldan naslga barqaror utuvchi, muayyan genotipi yoki genotiplar kombinatsiyasini boshєalardan ajratib turuvchi belgilarga karab aniklanadi va ayni bir botanik taksondagi boshqa o'simliklar guruhidan bir yoki bir necha belgilari bilan farqlanadi. Klon, liniya, birinchi avlod duragayi, populyatsiya navning muhofaza kilinadigan obyektlaridir. Navlar oldida qo'yiladigan asosiy talablarga muvofik ularning belgi hamda xususiyatlari bir necha gruppalarga bulinadi: 1. hosildorlikni ifodalaydigan: boshokdagi (sutadagi, ruvakdagi) donning ogirligi, bitta o'simlikdagi hosil miqdori, hosil shoxlari yoki maxsuldor poyalarning soni va boshєalar. 2. o'sish va rivojlanish sharoitining nokulayliklariga chidamliligini ifodalaydigan: ildiz sistemasining kuchayishi, namlikdan unumli foydalanishi, kishga, sovukka chidamliligi, poyaning etib kolmasligi kabi xususiyatlar. 3. Kasallik va zararkunandalarga chidamlilikni kursatadigan belgi va xususiyatlar. Ular o'simlikning anatomik-morfologik, bioximik va fiziologik tuzilishiga, immunitetga bog'liq. Masalan, bugdoy gulining barg nayi ichidayok changlanishi, kungabokar pistasining puchogida qattiq (pantserli) hujayralar kavatining bo'lishi, go'za bargining kalin tukli yoki poyasining kalin pustli bo'lishi. 4. Ekinni mexanizmlar vositasida etishtirish va hosilni yigib-terib olishni mexanizatsiyalashga imkon beruvchi belgilar: o'simlik poyasini etib kolmasligi (pakana yoki baquvvat bo'lishi); boshokcha va gul kobiklarining qattiq bo'lishi galla (don) ekinlarida don tuqilishi va yanchilish darajasini belgilaydi; kartoshka tuganaklarining uyada tup bo'lib va tuproqning yuza kismida joylanishi kabi belgi va xususiyatlari. 5. hosil-mahsulot sifatini ifodalaydigan: don magzining shishasimonligi, oqsilning miqdori, donning un chiqish va non yopishni ta'minlaydigan xususiyatlar, go'za (paxta) tolasining uzunligi, pishikligi va chigitdan ajraluvchanligi, em-xashak utlarda ozika moddalar, vita'minlar, mineral tuzlarning miqdori, kartoshka tuganagida kraxmal, oqsil, vita'minlar va mikroelementlarning miqdori va xokazo. 6. Navlarning plastikligi (moslashuvchanligi) va intensiv tipdaligini ifodalaydigan: rivojlanish darajasi, barg yuzasining satxi (fotosintetik imkoniyati), hosil to'plash qobiliyati va boshєalar. Navlarning plastikligi ularning Xam kulay Xam nokulay sharoitlariga biologik moslashib, tegishli, to'g'ri agrotexnika kullanilganda mul hosil berish qobiliyati bilan ulchanadi. Ekinlarning navlari malum bir tuproq-iqlim sharoitida yaratiladi va ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.08 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.08 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx