oqsillarni ehtiyojdan kam istemol qilish Tanada har bir azo tarkibidagi hujayra va to'qimalar to'xtovsiz ravishda yangilanib boradi, yosh organizmlarda esa buning ustiga bevosita o'sish kuzatilib, bu jarayonlar asosan oqsillar hisobidan bo'ladi. Shuning uchun ham yosh, o'suvchi organizmlarda oqsilga bo'lgan ehtiyoj katta odamlarnikiga qaraganda bir necha bor ziyod, agar o'rtacha odam bir sutka davomida har bir kg tana vazniga nisbatan 1,0- oqsil talab qilsa, bu ko'rsatgich yosh bolalarda 1,5-3,0 g-gacha, bazan bundan ham yuqori bo'ladi. Bola organizmining o'sishi, undagi a'zolarning shakllanishi qancha jadal bo'lsa uning oqsillarga bo'lgan talabi ham shuncha yuqori bo'ladi. Istemol taomlarida organizm uchun asosiy «qurilish» materiali bo'lmish oqsillarning va energiya beruvchi uglevodlarning belgilangan miqdoridan kamligi oqsil energetik taqchillik deyiladi. Bunday holatda asli funksiyasi to'qima va hujayralarning yangilanishi va tananing o'sishi hamda rivojlanishi uchun mo'ljallangan oqsil parchalanib tegishli energiya hosil qilishi uchun sarflanadi. Natijada qayd qilingan fiziologik jarayonlar maqsadga muvofiq ravishda bormaydi. Oqsil energetik taqchillikdan farqli oqsil taqchilligi ham mavjud bo'lib, bunday holatlarda tanaga qabul qilingan istemol taomlarining umumiy energetik miqdori (oqsil me'yor darajasidan kam bo'lsada) organizmning kunlik energiya sarflashini qoplaydi. Bunda energetik nuqtai nazardan etishmagan oqsil o'rnini aksariyat hollarda ko'p miqdorda qabul qilingan uglevodlar, bazan esa yoђlar bosadi. Bunday taqchillik oqsil energetik etishmaslikka nisbatan aholi orasida ko'p uchraydi. Uning asoratlari darhol sezilmasdan surunkali bo'ladi. Bazan esa qabul qilingan ko'p miqdordagi uglevodlar hisobidan (ularning yoqqa aylanishi bois) semirish alomatlari kuzatiladi. BMT qoshidagi oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi masalalari bilan shuђullanadigan tashkilotning bergan axborotiga ko'ra hozirgi paytda yer yuzidagi aholining qariyib yarmisi istemol qiladigan ovqatda yoki oqsil yoki umumiy energiya tavsiya qilinadigan miqdordan kam. Tegishli oqsillarning etarli miqdorda qabul qilinmasligi natijasida yuqorida qayd qilingani singari hujayra va to'qimalarning yangilanishi buziladi, o'sish va rivojlanish susayadi, bazan esa to'xtab qoladi. Oqsil energetik taqchillik odamni kam darmonlilik, jismoniy ish qilganda tez charchaydigan qiladi, kamqonlilik kabi holatlarga olib keladi. Malumki, kamqonlilik bizning Respublikamizda ayniqsa qishloq sharoitida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar va bolalar orasida keng tarqalgan. Aholining amaldagi ovqatlanishini o'rganish bo'yicha olib borilgan kuzatuvlar shu narsani ko'rsatadiki, aynan bizning viloyatimizda bunday ayollar va bolalar ovqatida oqsil miqdori me'yor darajasidan sezilarli darajada kam bo'lib ayniqsa ularning hayvon oqsiliga bo'lgan ehtiyoji ko'p hollarda 50 % ga ham qoniqtirilmaydi. Oqsil energetik taqchilligidan bolalar, homilador va sut emizuvchi onalar ko'proq zarar ko'radi, chunki ular uchun bu oziq modda qabul qilinishi, qayd qilinganidek, katta odamlarnikiga qaraganda kamida ikki baravar (tana massasiga ko'ra) ziyod bo'ladi. Oqsil energetik taqchillikni surunkali holda boshidan o'tkazgan onalardan tuђilgan bolalar vazni me'yoridan ancha kam bo'ladi, ular kun o'tishi ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.9 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.9 KB
Ko'rishlar soni
107 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx