Reja: Darvinning evolyutsion ta'limotini rivojlanishi. Darvinning hayoti va ilmiy faoliyati. «Bigl» kemasida safar qilish va uning ahamiyati. Darvinning yirik asarlari va ularning qisqacha mazmuni. Darvinning evolyutsion ta'limoti qanday sharoitda vujudga kelganligini tushunish uchun Angliya kapitalizmining XIX asrning birinchi yarmidagi ahvoli bilan tanishish kerak. XVII asrda Angliyada burjua revolyutsiyasi g'alaba qilib, kapitalizmning rivojlanishi uchun mavjud barcha to'siqlar yo'qotildi. Angliya sekin-asta Kanada, Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Tasmaniya, Janubiy Afrikani bosib oldi. Bu mamlakatlar xalqlarini ekspluatatsiya qilish tufayli Angliya kapitalizmi juda ko'p boylik to'pladi va uni sanoat, qishloq xo'jaligini rivojlantirishga sarfladi. 1765 yili mexanik to'quv stanogi, 1769 yili bug' mashinasi kashf etilishi hamda qo'l mehnatining tobora mashinalar yordamida bajarilishi tufayli XIX asrning o'rtalariga kelib, Angliya industrlashgan yirik mamlakatga aylandi. Bu davrda u jahon bozorida birinchi o'rinni egalladi, cho'yan va po'lat eritish, og'ir va yengil sanoat sohalarida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Natijada Angliya eng qudratli kapitalistik davlatga aylandi. Bu davrga kelib, yirik shaharlar, sanoat markazlarining soni ham orta bordi. Shahar aholisining asta-sekin orta borishi tufayli oziq-ovqat, kiyim-kechakka bo'lgan talab ham oshdi. Bu esa o'z navbatida qishloq xo'jaligining jadal suratlar bilan rivojlanishini taqozo etdi. Sanoat, qishloq xo'jalik mahsulotlarining miqdoriga emas, balki sifatiga ham ahamiyat berila boshlandi. Sanoatning talabi, qishloq xo'jalik mahsulotlarini yaxshilash metodik seleksiyani rivojlantirishni taqozo etdi. Bu davrda o'simliklar seleksiyasi sohasida Lekutyor, Sheyrif va Galletlarning muvaffaqiyatlari ayniqsa diqqatga sazovor bo'ldi. Lekutyor tanlash yo'li bilan o'simliklarning yangi navlarini chiqarish mumkinligini birinchi bo'lib tajribada isbotladi. Sheyrif, Gallet ham yuqoridagi fikrning to'g'riligini o'z tajribalarida aniqladilar. Chorvachilik sohasida ham birmuncha yutuqlarga erishildi. Amaliy seleksiyaga mashhur ingliz seleksioneri R. Bekvell asos soldi. U tanlash yo'li bilan qisqa vaqt ichida leychester qo'y zotining yanada sermahsul bo'lishiga erishdi. Aka-uka Charlz va Robert Kollinzlar qoramolning shortgorn, Dj. Sebrayt tovuqning yangi sermahsul zotlarini chiqardilar. Xo'jalik talablariga mos keladigan zot va navlarni tanlash yo'li bilan chiqarish mumkinligi qishloq xo'jaligining turli sohalariga oid ko'rgazmalarda, kitob, jurnal sahifalarida va klublarda keng targ'ib qilina boshladi. Darvin yangi formalar chiqarishda seleksiyaning ahamiyatiga yuqori baho berish bilan birga, qishloq xo'jalik amaliyotini nazariy tomondan ishlab chiqdi hamda undan evolyutsion ta'limot yaratishda foydalandi. XIX asrning birinchi yarmida tabiyot fanlari sohasida erishilgan yutuqlar evolyutsion nazariya yaratishda asosiy zamin bo'ldi. Bu davrda botanika va zoologiya fanlarida tabiiy sistemalar haqidagi g'oya tobora keng tarqala boshladi. Shu bilan birga turlarning o'zgarishiga doir ko'pgina ma'lumotlar to'plana bordi. Hayvonlar bilan o'simliklarni tavsiflashda ilgari keng tarqalgan murakkabdan oddiyga tomon joylashtirishga qarama-qarshi o'laroq, oddiydan murakkabga tomon joylashtirishga asoslanildi. Qiyosiy anatomiya, paleontologiya sohasidagi tadqiqotlar ham evolyutsion nazariyaning yaratilishida muhim zamin bo'lib ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.41 KB
Ko'rishlar soni
230 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.41 KB
Ko'rishlar soni
230 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: doc