Organizmda karbonsuvlar almashinuvi

Organizmda karbonsuvlar almashinuvi

O'quvchilarga / Biologiya
Organizmda karbonsuvlar almashinuvi - rasmi

Material tavsifi

Organizmda karbonsuvlar almashinuvining o'ziga xos xususiyatlari Karbonsuvlar ovqat hazm qilish traktida qator o'zgarishlarga uchraydi. Monosaxaridlardan boshqa barcha uglevodlar oshqozon-ichak yo'lida gidrolizlanadi yoki parchalanadi. Bunday jarayondan suvda erimaydigan polisaxaridlar mustasno bo'lib, disaxaridlardan saxaroza va laktozalar esa faol gidrolizlanadi. Karbonsuvlar gidrolizlanib, mayda bo'laklargacha parchalangandan keyingina ichak devoridagi maxsus mexanizmlar orqali qonga, organizmning ichki muhitiga o'tishi ta'minlanadi. Bordi-yu, disaxaridlar oshqozon-ichak yo'lidan o'tmay, to'ђridan-to'ђri qonga yuborilsa, ular hech qanday o'zgarishga uchramasdan, deyarli o'zlashtirilmasdan tashqariga chiqarib yuboriladi. Karbonsuvlardan polisaxaridlarning gidrolizlanishi oђiz bo'shliђida so'lak bezlaridan ajralgan suyuqlik tarkibidagi -amilaza ta'sirida boshlanadi. Buning uchun oђizga olingan ovqat tishlar va til yordamida maydalanib, so'lak bilan obdon aralashishi kerak. Natijada bu polisaxarid saxarozagacha parchalanadi. Lekin bunday gidrolizlanish oђiz bo'shliђida juda kam miqdorda bo'lib, uglevodlarning umumiy hazm jarayonida amaliy ahamiyatga ega emas. Oђiz bo'shliђida oziq moddalarning, jumladan, uglevodlarning ham oshqozon-ichak yo'lida hazm bo'lishi uchun fizikaviy o'zgarishga uchrashi ularning kimyoviy o'zgarishga uchrashiga nisbatan muhim ahamiyat kasb etadi. Oshqozonda so'lak bilan aralashib tushgan karbonsuvlar qisman parchalanadi. Chunki bu yerdagi kislotali muhitda so'lakdagi karbonsuvlarga ta'sir etuvchi fermentlar o'z faolligini yo'qotadi. Yana shu narsa aniqlanganki, me'da shirasidagi amilolitik fermentlar faqat so'lak bilangina tushmasdan, balki qonning harakati orqali ham oshqozonga etib kelishi mumkin ekan. Oshqozonda ovqatning saqlanish muddati ham har xil bo'lib, karbonsuvli ovqatlar me'dadan ichaklarga tezroq o'tib ketsa, go'shtli, yoђli ovqatlar esa bir muncha vaqt (8-10 soat) saqlanadi. Uglevodlarning bir turi bo'lgan kletchatka (tsellyuloza) oshqozon-ichak yo'lida deyarli kimyoviy o'zgarishlarga uchramaydi. Lekin shunday bo'lsada, u meva va sabzavotlar orqali organizmga qabul qilinib, boshqa oziq moddalarning me'yoriy o'tishini ta'minlashda muhim hisoblanadi. Shuningdek, ingichka ichakning pastki qismlari va yo'ђon ichakda kletchatka simbiont mikroorganizmlar ta'sirida parchalanib, ferment ta'sir qiladigan holatga olib keladi. Uning parchalanishida organik kislotalar, SO2, N2O va SN4 hosil bo'ladi. Qonga so'rilgan organik kislotalar oziq modda sifatida ham ishlatilishi mumkin. Demak, karbonsuvlar oshqozon-ichak yo'lida yuqorida aytilganidek, tegishli o'zgarishlarga uchrab monosaxaridlarga aylangandan keyingina organizm tomonidan o'zlashtiriladi. Bu borada ingichka ichakdagi hazm jarayonlari alohida o'rin tutadi. Bu haqda keyingi boblarda batafsil ma'lumotlar berilgan. Oђiz bo'shliђida karbonsuvlarning gidrolizlanishi da so'lak va uning tarkibidagi fermentlar alohida o'rin egallaydi. Oђiz bo'shliђiga so'lak quloq oldi, til osti va jaђ osti hamda sochilib joylashgan mayda bezlar tomonidan ajraladi. Uning tarkibida yuqorida aytilganidek, oz bo'lsada -amilaza va maltaza fermentlari bo'ladi. Ulardan -amilaza ovqat bilan qabul qilingan karbonsuvlardan kraxmalni maltozagacha parchalaydi. Maltoza esa o'z navbatida maltaza ta'sirida glyukozagacha parchalanadi. Bundan tashqari, so'lakda proteolitik va lipolitik fermentlar ham mavjud bo'lib, oz miqdorda uchraganligi bois, ularning ahamiyati nihoyatda cheklangan. Shuningdek, so'lakdagi mutsin oђizda chaynalib, yutishga tayyorlangan ovqat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.28 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.28 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga