Organizmlarning individual rivojlanishi, ontogenez va felogenez

Organizmlarning individual rivojlanishi, ontogenez va felogenez

O'quvchilarga / Biologiya
Organizmlarning individual rivojlanishi, ontogenez va felogenez - rasmi

Material tavsifi

Organizmlarning individual rivojlanish, ontogenez va felogenez Reja: Ontogenez tiplari. Preformizm va epigenez qarashlar. Ontogenez bosqichlari. Organizmlarning individual rivojlanishi-ontogenez Xar bir organizm ning rivojlanishi takomillashuvi, o'sishi, ulgayishi, karishi va ulimi yakunlanadigan tulik hayot sikli ontogenez hisoblanadi. Ontogenez jinsiy hujayralar paydo bo'lib, uruglanishdan boshlanadi. Zigota hosil bo'lishi bilan ontogenezning xamma bosqichlarida mavjudot yashayotgan sharoitga mos ravishda irsiy axborot ta'sirining natijasi sifatida otogenez jarayoni amalga oshadi. Ontogenezning tip va davrlari. Turli mavjudotlar individual rivojlanishi-ontogenezi o'ziga xos keladi. Ontogenezning ikki asosiy tipi farqlanadi; 1) Bevosita (to'g'ridan- to'g'ri) rivojlanishi; 2) Bilvosita rivolanish. Bevosita rivojlanishda tuxumdan chikkan yoki yangi tugil gan organizm ko'rinishi jihatidan ona organizimiga uxshaydi va fakatgina ayrim a'zolarining yetishmasligi, kichikligi, tana kisimlarining unchalik mutonosib bulmasligi bilan farqlanadi; asta-sekin usib borishi bilan ona organizimi tula qiyofasiga ega bo'ladi. Odam va sut emizuvchilarda, kushlarda, sudralib yuruvchi larda va ayrim kuyi tabaka mavjudotlarlarda lichinkasiz va bachodanda rivojlanish ruy beradi. Bilvosita rivojlanish metamorfoza, yani shaklini uzgartirish, lichinka hosil qilish bilan ruy beradi. Lichinka o'z shakliga, ichki tuzilishiga va yashash tarziga ko'ra yetuk organizimdan keskin farqlanadi. Ona organizimi qiyofasiga utish kupgina, o'zgarishlar (metamorfoza) orqali sodir bo'ladi Metamorfoza kupgina umurtkasizlar, amfibiyalar uchun xosdir Ontogenez jarayoni 2 bosqichga bulinadi; prenatal (tug'ilishidan avval) va postnatal (tug'ilgandan sung) Prenatal boskis o'z navbatida ikki davrdan iborat; 1. Proembrional (progenez) davr-jinsiy hujayralar va ularning rivojlanishini o'z ichiga oladi. 2. Embrional davr - jinsiy hujayralar uruglashib, zigota hosil bo'lishidan boshlab, to yangi avlodni bunyodga kelishidan iborat. Ontogenez haqidagi ta'limotning rivojlanish jarayonida asosan ikkita bir-biriga zid bo'lgan qarash-preformizm va epigenez uzoq muddat kurashib kelgan. Preformizmga ko'ra yangi avlodning shakllanishida xech qanday rivolanish jarayonlari ruy bermay, balki azaldan jinsiy hujayrada jo bo'lgan o'ta mayda individning tuxum hujayrasi oziqlantirishi bilan yoki aksincha tuxum hujayrasi dagi mikroindividning sperma ta'sirida o'sishi, yani mavjudot azo va belgilarning takomillashishi natijasi ekan ligi tushuntiriladi. Bunday dunyoqarash o'z zamonasi uchun muhim ahamiyatga ega buldi yani-organizmlar kupayishida jinsiy hujayralarning o'rni borligi haqida turgun fikr yuzaga keldi. Epigenezga binoan organizm xar doim yangidan gemogen, strukturasi massadan rivojlanadi. Epigenez xam metofizik dunyo qarashicha talqin etilgan yo'nalish bulsada, uzicha progressiv bo'lib, rivojlanish taraqqiyoti tan olinadi. Jinsiy hujayralar-gametalar. Kushilish bilan yangi avlod hosil qiluvchi jinsiy hujayra (spermatazoid va tuxum hujayrasi) ga gametalar deyiladi. Malumki, organizm tanasidagi gametalardan boshqa barcha hujayralar somatik hujayralarni tashkil etadi. Erkak va urgochi organizmida, reproduktiv davrida, jinsiy hujayralar hosil bo'lib turadi. Yetilgan, shakllangan jinsiy hujayralar yuqori darajada differentsirlangan hujayralardir. Tuxum hujayrasi irsiy ma'lumotni avlodga berishda ishtirok etibgina kolmay, individ rivojlanishning dastlabki bosqichida mo'rtakni ozuka bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.34 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.34 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga