Organizmlarning xilma-xilligi. Viruslar. 1892 yilda rus olimi D.I.Tvanovskiy tamaki o'simligida uchraydigan tamaki mozaikasi deb ataluvchi kasallik qo'zg'atuvchisining o'ziga xos xususiyatlarini aniqladi. Ushbu kasallik qo'zg'atuvchi viruslar bakteriali filtrdan o'ta olish xususiyatiga ega. Natijada sogiom tamaki o'simligini filtrdan o'tgan suyuqlik bilan zararlash rnumkin. Oradan bir necha yil o'tgach F. Leffler va P.Froshlar uy hayvonlarida ucliraydigan oqsil kasalligini qo'zg'atuvchilar ham bakteriali filtrdan o'tibketarekan, degan xulosaga keldilar. Nihoyat, 1917 yil kanadalik bakteriolog F. de Erell bakteriyalarni zarariovchi bakteriofag-virusni kashf etdi. Shunday qilib, o'simlik, hayvon va mikroorganizmlarda viruslar kashf etildi. Ushbu kashfiyotlar hayotning hujayrasiz shakllari ya'ni, yangi fan sohasi - virusologiyani (viruslarni o'rganuvchi) ochib berdi. Viruslar inson liayotiga katta xavf soladi. Ular bir necha yuqumli kasalliklar (gripp, quturish, sariq kasalligi, ensefalit, qizilcha va boshqalar)ning qo'zg'atuvchilari hisoblanadi. Viruslar faqat hujayralarda yashaydi. Ular hujayra ichi parazitlaridir. Viruslar hujayradan tashqarida erkin va faol holatda uchramaydi, ko'payish xususiyatiga ham ega emas (3-rasm). Hujayraviy tuzilishdagi organizmlarda DNK va RNK kabi nuklein kislotalar bo'lib, viruslarda ularning faqat biri uchrashi mumkin. Shunga ko'ra viruslar DNK yoki RNK saqlovchi guruhlarga ajratiladi. Vinislaming hujayra bilan o'zaro ta'siri. Hujayra oralig'i muhitidagi suyuqlikdan hosil bo'lgan pinositoz vakuolalar orqali tasodifan hujayra ichiga virus kirishi mumkin. Ammo odatda hujayraga virusning kirishidan awal hujayra sirtidagi tnaxsus oqsil-reseptor bilan bog'lanish sodir bo'ladi. Ushbu bog'lanish virus yiizasida maxsus oqsillar orqali amalga oshiriladi. Ular hujayra sirtidagi sezgir ma'lum reseptorni «tanib olish» xususiyatiga ega. Virus bilan bog'langan hujayraning qismi sitoplazmaga birlashib, vakuolaga aylanadi. Sitoplazmatik membranadan tashkil topgan vakuola qobig'i boshqa vakuola yoki yadro bilan qo'shitadi. Ana shunday yo'1 bilan virus hujayraning barcha qismiga tarqalishi mumkin. Virusning hujayraga kirib borishi yuqumlilik xususiyatini keltirib chiqaradi. Sariq kasalligini qo'zg'atuvchi A va B viruslar faqat jigar hujayralariga kirishi mumkin va ularda ko'paya oladi. Virus zarrachalarining to'planishi ularning hujayradan chiqib ketishiga olib keladi. Ushbu jarayon ba'zi bir viruslarda «portlash» tarzida ro'y beradi. Natijada hujayra nobud bo'ladi. Boshqa turdagi viruslar ko'rtaqlanishga o'xshash yo'1 bilan ajraladi. Bunda organizmning hujayralari hayotchanligini uzoq vaqtgacha saqlab qoladi. Bakteriya virusi - bakteriofaglarning hujayraga kirishi biroz boshqacharoq. Bakteriyalarning qalin hujayra qobig'i hayvon hujayralaridek oqsil-retseptorli va unga birikkan virus bilan birgalikda sitoplazmaga kirib borishiga imkon bermaydi. Shuning uchun bakteriofag hujayrasiga ichi kovak tayoqcha yordamida uning boshchasida joylashgan DNK yoki RNK) itarib kiritiladi (4-rasm). Bakteriofagning genomi sitoplazmaga tushadi, kapsid esa tashqarida qoladi. Bakteriya hujayrasi sitoplazmasida bakteriofagning genomi reduplikatsiyasi boshlanadi hamda oqsil sintezlanib uning kapsidi shakllanadi. Oradan ma'lum vaqt o'tgandan so'ng bakteriya hujayrasi nobud bo'ladi. Yetilgan fag zarrachalari esa tashqariga chiqadi. Viruslarning kelib chiqishi.Viruslar avtonom genetik tuzilmalar bo'lib, ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.85 MB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.85 MB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx