O't hosil bo'lishi va chiqarilishi. O'n ikki barmoqli ichak bo'shlig'iga me'da osti bezining shirasidan tashqari jigar hujayralaridan ishlanib chiqadigan o't suyuqligi ham tushadi. Jigar hujayralarida doimo ishlanib turadigan bu suyuqliq mayda-mayda kapilliarlarga o'tib, ulardan jigarning bolmalari orasidagi o't yo'llariga so'ngra umumiy o't yo'liga tushadi va oxiri o'n ikki barmoqli ichakka quyiladi. O't tarkibida organizmning boshqa suyuqlik va shiralari tarkibida ham uchraydigan bir qancha maxsus bo'lmagan moddalardan tashqari o't suyuqligining o'zi uchungina xos bo'lgan, maxsus bo'lmagan organik moddalar, ya'ni o't pigmentlari va o't kislotalari ham bor. O't kislotasi holat kislota deb ataladi, glikoxol bilan birikib glikoholat kislotani va taurin bilan birikib, tauraholat kislotalarini hosil qiladi. Hazm jarayonlarining ko'pgina tomonlari ana shu kislotalarga bog'liq. Jumladan, o't kislotalarining natriyli tuzlari suv va yog'larning yuza tarangligini pasaytirib, yog'larni emulsiyalanishiga yordam beradi, bundan tashqari, yog' donachalari bir-biriga yopishib olib, yiriklashishiga qarshilik qiladi. Bu kislotalar lipaza va kamroq darajada bo'lsa ham amolitik va proteolitik fermentlarni faollashtiradi, ichak motorikasini tezlashtiradi. O't kislotalari, yog' va yog' kislotalarining ichaklar devori orqali limfa va qonga so'rilishida katta ahamiyatga egadir. Chunki yog' kislotalari faqat o't kislotalari bilan birikib, suvda eriydigan kompleks birikmalar hosil qilganidan keyingina so'riladigan holga keladi. O't pigmentlari ikki xil bo'ladi: bilirubin va uning oksidlanishidan hosil bo'ladigan biliverdin. Bu pigmentlar gemoglobinning parchalanishidan hosil bo'ladigan mahsulotdir. Bu pigmentlar o't suyuqligiga oziga xos rangni beradi. Jumladan, bilirubin o'tga sariq tus bersa, biliverdin yashil tus beradi. O't suyuqligida pigmentlarning ko'proq bo'lishiga qarab turli hayvonlar o'tining rangi o'zaro tafovut qilinadi. O'txur hayvonlar otining rangi qoramtir yashil bo'lsa, etxur hayvonlar otining rangi qizg'ish sariqdir. Chunki utxo'r hayvonlarning o'tida biliverdin doimo bir muncha ko'p bo'ladi. O'tning nospetsifik moddalariga uning tarkibida uchraydigan xolesterin, fosfatidlar, erkin va sovinlashgan yog'lar, oqsillarning parchalanishi tufayli hosil bo'lgan mochevina, siydik kislota, purin asoslari kabi moddalar, shuningdek, natriy, kaliy va kalsiyning karbonatli hamda fosfatli tuzlari kiradi. O'tning chiqarilishi. Hayvon ovqat emay turgan paytda o't yolining o'n ikki barmoq ichakka ochiladigan joyidagi sfinkter yopiq bo'lganligi sababli o't suyuqligi ichakka chiqmay turadi. Bu vaqtda o't, o't pufagida va keng diametrli o't yo'llarida to'planib qoladi. Qishloq xo'jalik hayvonlarining ko'pchiligida o't-safro pufagi bo'lmaganligi sababli (ot, tuya, bug'i) odatda jigar va pufak o't-safrolari farqlanadi. Jigar o'ti-safro o'txur hayvonlarda qoramtir-yashil rangda bo'lsa, go'shtxo'rlarda qizg'ich-sariq rangda bo'ladi va uning zichligi 1,009-1,013 ni tashkil etib uning tarkibida qattiq moddalar 1-5% miqdorda bo'lib pH-7,5 ga tengdir. Pufakda o't tarkibidagi suvning so'rilishi tufayli u quyuqlashadi va uning rangi qorayadi. Pufak o'tining tarkibida 9-20% qattiq modda bo'lib, zichligi 1,026-1,048 teng va pH-6,6 ni ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.44 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.44 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx