O'zbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya fani yutuqlari

O'zbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya fani yutuqlari

O'quvchilarga / Biologiya
O'zbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya fani yutuqlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya fani yutuqlari. Biotexnologiyaning kelajagi haqida Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan Fanlar akademiyasi tarkibida Genetika institutining tashkil to- pishi, hukumat qarori bilan gen injeneriyasining taraqqiyotini bel- gilovchi «Geninmar» ilmiy dasturining tasdiqlanishi, Fan va texnika Davlat qo'mitasi va O'zR FA birgalikda Gen injenerligi markazi - «Geninmar» markazining tashkil etilishi mamlakatimizda genetik injeneriyaga asoslangan biotexnologiyalar yaratish imkonini berdi. Ushbu ilmiy markaz xodimi I. Abdurahmonov paxta tolasi- ning uzunligini belgilaydigan va g'o'zaning gullashini boshqaradi- gan genlar oilasini AQSH Texas qishloq xo'jaligi va mexanika (Texas A-M) universiteti biotexnologiya markazi olimlari bilan hamkorlikda ilk bor ajratib oldi. Shuning bilan paxta tolasi sifati- ni yaxshilashga yo'naltirilgan biotexnologiyaga asos solindi. Professor Sh. S. Azimova rahbarlik qilayotgan laboratoriya olim- lari gen va hujayra injenerlik usullarini qo'llab xalqimizda «sariq kasallik» deb ataluvchi jigar uchun havfli bo'lgan gepatit B xas- taligini tashxis qilish uchun diagnostikum va bu hastalikning oldi- ni olish uchun zarur vaksina yaratish bo'yicha ilmiy loyihalarni muvaffaqiyatli yakunladilar. Biologiya fanlari doktori R. S. Muhamedov, yetakchi ilmiy xodim B. Irisboyevlar rahbarlik qilayotgan ilmiy guruh PCR tex- nologiyasini qo'llab o'nlab xavfli yuqumli va irsiy kasalliklarning gen injenerligi tashxisi biotexnologiyasini keng tatbiq qilishdi. Respublika kardiomarkazi bilan hamkorlikda kardiomiopatiya kasalligining irsiylanish qonuniyatlari o'rganilmoqda (B. Iris- bayev, G. Hamidullayeva). Adliya vazirligining Sud tibbiyoti ekspertizasi instituti «Geninmar» markazi bilan hamkorlikda gen daktiloskopiya (gen daktiloskopiya - genning DNK izchilligi va genlar spektriga binoan noma'lum shaxsni aniqlash) usulini tatbiq etdilar va yanada takomillashtirdilar (R. S. Muhamedov va A. Ikromov). Professor O. T. Odilova tuproq va yerosti suvlarida to'planib qolgan pestitsid qoldiqlarini parchalab zararsizlantiruvchi pseudomonas bakteriyasi shtammidan shu funksiyalarini bajaruv- chi genlar guruhini g'o'za tomiri tolachalari sathida yashovchi rizosfera bakteriyasiga ko'chirib o'tkazdi. Bu tajribalardan kutil- gan maqsad pirovardida g'o'za ekiladigan maydonlarda g'o'zaga o'nlab yillar davomida sepilgan gerbitsid va pestitsidlarning qoldig'ini zararsizlantirishdir. Ushbu satrlardan ko'rinib turibdiki, mamlakatimizning ekologiya, qishloq xo'jaligi, adliya va sog'liqni saqlash sohalari uchun «Geninmar» markazi bir qator gen injenerligi bio- texnologiyalarini yaratib, ularni hayotga tatbiq eta boshladi. Fanlar Akademiyasining Genetika institutida zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan Genetika texnologiyalar markazi tuzil- di va bu ilmiy markazda g'o'zaning transgen formalari yaratilib, urug'i ko'paytiriladi (Abdukarimov, Abdurahmanov, Bo'riyev). Biotexnologiya haqida tushuncha. Biotexnologiyaning yutuqlari va kelajagi Tirik mavjudotlarning hayot jarayonlarini chuqur o'rganish natijasida kashf etilgan bilimlardan hamda qoida-qonuniyatlardan foydalanib, biologik makromolekulalar va organizmlar ishtirokida yaratilgan har qanday texnologiya biotexnologiya deb ataladi. Biotexnologiyaning paydo bo'lishi qadim zamonlarga borib taqalgan desa bo'ladi. Insonlar qadim zamonlardan beri biologik jarayonlardan foydalanib ongsiz ravishda sutdan qatiq, bug'doy- dan bo'za va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.98 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.98 KB
Ko'rishlar soni 144 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga