Uzgaruvchanlik qonuniyatlari. Modifikatsion va mutatsion uzgaruvchanlik. Reja. 1. Uzgaruvchanlik xillari va o'rganish usullari. 2. Mutatsion uzgaruvchanlik. 3. Irsiy uzgaruvchanlikda gomologik katorlar qonuni. 4. Modifikatsion (fenotipik) uzgaruvchanlik. Uzgaruvchanlik deyilganda barcha tirik mavjudodlarning o'zgarishi tushuniladi. Uzgaruvchanlik tufayli organizmda yangi belgi va xususiyatlar paydo bo'ladi,yoki qandaydir bor bo'lgan belgi yukoladi. Xar bir populyatsiyada ayrim organizmlar har xil belgilari bilan va xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilib turadi. Bitta turga kiruvchi organizmlar o'rtasidagi farq uning genotipining o'zgarishi bilan yoki tashqi muhit ta'sirida yuzaga chiqishi mumkin.Shunga ko'ra, uzgaruvchanlik ikkiga yani irsiy va irsiy bo'lmaganga ajratiladi.Irsiy uzgaruvchanlik genotipining o'zgarishi natijasida sodir bo'lganligi uchun bu uzgaruvchanlikni genotipik uzgaruvchanlik Xam deyiladi. Genotipik uzgaruvchanlik ikki xil bo'ladi; kombinativ, mutatsion. Kombinativ uzgaruvchanlik uch xil yulda hosil bo'lishi mumkin.Shundan ikki yo'li meyoz jarayoniga bog'liq bo'lib,gomologik xromosomalarning o'zaro chalkashuvi va anafazada ota-ona xromosomalarining kutblarga tasodifiy ravishda ajralishi natijasida sodir bo'ladi. Uchinchi yo'li esa uruglanish jarayonida tuxum hujayrani kaysi urug hujayra uruglantirishga bog'liq. Mutatsion uzgaruvchanlik organizm genlari va xromosomalarining sifat va son jihatidan o'zgarishi natijasida yuzaga keladi. Irsiy bo'lmagan uzgaruvchanlikda esa genotipda o'zgarish sodir bulmasdan fakat fenotip uzgaradi.Shuning uchun bu uzgaruvchanlikni fenotipik uzgaruvchanlik Xam deyiladi. Uzgaruvchanlikni o'rganishda oliy matematikaning bir bo'limi bo'lgan variatsion statistika kullaniladi.Variatsion statistikaning nazariy asosi katta rakamlar va ehtimollar nazariyasidir. Uzgaruvchanlik xillari. Uzgaruvchanlik Fenotip Genotip modifikatsion tasoddifiy Generativ Somatik kombinativ kombinativ mutatsion mutatsion Genom mutatsiyalari xromosoma gen mutatsiyalari mutatsiyalari tushib ortib poli- aneup- xromoso- bitta qolish ketish ploidiya loidiya malararo xromo- lik lik somada gaploidiya almashib qolishlik simmetrik assimmetrik inversiya etishmov- ortib ke- translokatsiya translokatsiya chilik tishlik (deletsiya) (duplikatsiya) Bu usul yordamida har xil populyatsiyalarda (zot, poda, liniya va oila) belgilarning uzgaruvchanlik darajasi,belgilarning o'rtacha qiymatlari, belgilarning o'zaro bog'liqligi va naslga berilish darajalari aniklanishi mumkin. Bundan tashqari bu usul yordamida belgilarga allel bo'lmagan dominant genlar ta'siri, allel genlarning o'zaro ta'siri,o'rtacha naslga berilishi, o'ta dominantlik va boshqa ta'sirlar urganiladi. Biometrik usul uzgaruvchan belgilar bilan ish kuradi. Belgilar, o'z navbatida,miqdor va sifat belgilariga bulinadi. miqdor belgilar o'lchash va hisoblash yordamida urganilib, rakam-lar bilan kursatiladi. Sifat belgilarga hayvonlar rangi, shox va kuloklar shakli va boshqalar kiradi. Sifat belgilari so'z bilan ifodalanadi. Mutatsiya degan tushunchani fanga birinchi bo'lib Gollandiyalik genetik G.De-Friz kiritdi. U ko'p yillar davomida o'simliklarda uchraydigan mutatsiyalarni urgandi. Kuzatishlarni xulosalab, 1901- 1903 yillari uzining mutatsion ta'limotini yaratdi.Uning ta'rifiga ko'ra mutatsiya - bu irsiy belgilarning keskin o'zgarish hodisasidir. Ushbu mutatsion ta'limotda ilgari surilgan g'oyalar kuyidagilardir: 1) mutatsiyalar tusatdan paydo bo'ladi: 2) mutatsiya natijasida hosil bo'lgan yangi belgilar turgundir: 3) mutatsiyalar irsiy bo'lmagan uzgaruvchanlikdan farqi ularok, ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.11 KB
Ko'rishlar soni
253 marta
Ko'chirishlar soni
43 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.11 KB
Ko'rishlar soni
253 marta
Ko'chirishlar soni
43 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx