Oziqlanish fiziologiyasini o'rganish bo'yicha adabiyotlar tahlili Hozirgi kunda olimlar bir kecha-kunduzda to'rt mahal ovqatlanishni tavsiya qiladilar.Kuniga bir, ikki mahal ovqatlanish ham hazm organlariga katta ziyon etkazadi.Dasturhonni chiroyli qilib bezatmaslik, taomning ko'rinishi arzimas narsa emas.Did bilan bezatilgan dasturhon, chiroyli qilib so'zilgan ovqatni ko'rganda faqat ko'z quvnab ketmaydi,balki barcha hazm tizimi ovqatlanishga tayyor turadi.Ovqatlanishda izchillik zarur bo'ladi.Ovqatlanganda har qanday ishni yig'ishtirib qo'ying ayniqsa, ko'ngilsiz voqealarni eslamang.Taomni shoshilmasdan yaxshilab chaynab yeyish kerak. Ibn Sino ovqatlanishda ovqatlarni oziqligi, o'zlashtirilishi, qulayligiga e'tibor qaratishni bayon etadi. U ochlikda turli jismoniy mashqlarni bajarishda qanday ovqatlanish haqida tavsiyalar beradi.Pifagor, Epikur, Platon, Volter, Bayron, Bernar, Lev Tolstoy kabi buyuk kishilar kundalik oziqalari tarkibida go'shtni iste'mol qilmaganlar. A.Plutarx: Go'sht fikrlash qobilyatini yo'qotadi, odamni go'sht o'tmas qiladi-deydi. G.Shelton go'shtli ovqatlarni alohida, uglevodli ovatlarni alohida yeishni tavsiya qiladi. U oqsil va go'shtli ovqatlarni va uglevodlarni turli vaqtda iste'mol qiling deydi. Chunki go'shtli ovqatlar kislotali muhitda, uglevodli ovqatlar ishqoriy muhitda hazm bo'ladi. U ovqat tarkibidan qand, shakardan tayyorlangan mahsulotlarni, achchiq narsalarni, uksus, garchitsa, pishiriqlar, alkogol', kola, kofe, kakao, raffinirlangan yog', margarin, oq non, so'ligan sabzavotlar, pirogni chiqarib tashlashni tavsiya etadi.I.Pavlov: Agar odam ovqatni vaqtida ishtaha bilan yemasa, yo'l-yo'lakay, quruq narsa yeb yuradigan bo'lsa, u foyda qilmaydi - deydi. Inson evolyutsiyasi shuni ko'rsatadiki, bizning buyuk bobolarimiz vegeterianlar bo'lishgan ekan.Inson jismi go'sht qabul qilishga moslashmagan. Doktor Millerning fikricha go'shtsiz sifatli ovqatlar (ko'katlar, donlar, dukkakli mahsulotlar)bilan sog'lom yashasa bo'ladi.Ovqatning hazm yo'lida hazm bo'lishida og'iz bo'shlig'i, oshqozon va ichak shiralarining xususiyatlari bo'yicha olimlar bir qancha ishlar olib borishgan.1842 yilda Moskvalik jarroh V.A.Basov birinchi bo'lib oshqozonning shira ajratishini o'rganish uchun itlarda operatsiya yo'li bilan fistula o'rnatdi.Lekin, uning ishlari yaxshi natija bermadi. I.P.Pavlov Basovning ishlarini davom ettirib, og'iz bo'shlig'idan, oshqozondan sof shirani ajratib olishga va uni tekshirishga muvaffaq bo'ldi.1880 yilda rus olimi N.I.Lunin organizm uchun oziq tarkibidagi muhim moddalardan biri vitamin ekanligini isbotlagan.1912 yilda bu noma'lum muhim moddalarni K.Funk tomonidan vita'minlar deb nomlandi.A.M.Nogaller yo'g'on ichakda bo'ladigan o'zgarishlarning sabablari va surunkali kolitning noinfeksion turini ajratdi. 1.1. Ovqat hazm qilish mexanizmlarini Pavlovcha o'rganish usullari I.P.Pavlov tadqiqotlarigacha ovqat hazmi organlarini o'rganish uchun odatda narkoz ostida yoki katta yarim sharlarni ishdan chiqarish kabi o'tkir tajriba usullaridan foydalanilardi. Bu tajribalarda nervlarni ta'sirlash paytida yoki qonga ximiyaviy moddalar kiritilganda shiralar oqib chiqadigan kanyo'lilar qo'yilgan. Bunday tajribalarda albatta organizmning mo'tadil hayot faoliyati va bezlarning funksiyasi buzilgan. O'rganiladigan organning funksiyasini nerv yo'llarini alohida-alohida tahlil qilish uchun o'tkir tajriba usullarining ahamiyatini inkor etmasdan va undan foydalangan I.P.Pavlov reflektorli jarayonlarni o'rganishda ularning chegaralanganligini ko'rsatib berdi. U hayvonlarning hazmlash kanalida ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
98.53 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
98.53 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: doc