Poliploidiya. Uzoq duragaylash

Poliploidiya. Uzoq duragaylash

O'quvchilarga / Biologiya
Poliploidiya. Uzoq duragaylash - rasmi

Material tavsifi

Poliploidiya. uzoq duragaylash. Reja. 1.Poliploidiya tiplari va ularni klassifikatsiyasi. 2.sun'iy poliploidiya olish usullari. 3.Turlararo chatishmaslik sabablari va uni engish usullari. 4.uzoq duragaylashdan olingan naslda belgilarning shakllanishi. 5.uzoq duragaylashning seleksiyada ishlatilishi. 1) Xromosomalarning soni va shakli organizmlarning sistematik belgisi hisoblanadi. Mitoz va meyoz bo'linish lar hujayrada xromosomalar sonining doimiy bir xilda bo'lishini ta'minlaydi. Organizmdagi barcha somatik hujayralar xromosomalarning juft yoki diploid (2n) to'plamiga va jinsiy hujayralar xromosomalarning yakka yoki gaploid (n) to'plamiga ega. Xromosomalarning gaploid yig'indisi-bu Xar juft gomologik xromosomalarning yarimisidir.Gaploid xromosomalarda bo'lgan genlar yig'indisi G.Vinkler genom deb atashni taklif etdi. Birok bazi vaqtlarda hujayradagi xromosomalar soni uzgaradi. Bu o'zgarish: 1)mitoz bo'linish ining anafazasida xromosomalarning kutblarga teng miqdorda tarkalmasligi; 2)hujayra bulinmay yadroning bo'linish i; 3)ikki Xissa ortgan xromosomalarning bir-biridan ajraolmasligi (endomitoz) sababli yuz beradi. Yadroning bo'linish ida uchraydigan bu gayriqonuniy sabablarning Xar birida Xam xromosomalar soni uzgargan hujayralar paydo bo'ladi. Xromosomalar soni gaploid sondagi xromosomalarning ortishi yoki kamayishi hisobiga uzgaradi. Gaploid sondagi xromosomalar sonining bir necha marta ortishi poliploidiya deyiladi. Gaploid xromosomalar soni ortgan organizmlar esa poliploid organizmlar deb ataladi. Somatik hujayralardagi diploid xromosomalar (2n) yig'indisining ikki Xissa ortigi natijasida tetroploid (4n) xromosomali hujayra vujudga keladi. Somatik hujayralarda poliploid to'qima va organizmlarning vujudga kelishi mitotik poliploidiya deyiladi. Xromosomalar yig'indisi kamaymagan gametalarning kushilishidan tetroploid zigota (2nK2nk4n) hosil bo'ladi. Xromosomalar yig'indisi kamaymagan gametalarning kushilishidan poliploid zigotalar hosil bo'lishi meyotik poliploidiya deyiladi. Diploid xromasoma yig'indisi bo'lgan tuxum hujayra normal sperma bilan kushilsa (2nK1nk3n) triploid organizm hosil bo'ladi. Poliploidiya yovvoiy va xonaki o'simliklar dunyosida keng tarkalgan. Kupgina tatkikotchilarning malumolariga ko'ra yuqori tabaka yovvoiy o'simliklar orasida poliploidiyalar 31,3% dan (Sitsiliya orollarida) 85% gacha (Pomir toglarida) uchraydi. Umuman olganda, hozir yopiq uro'g'lik o'simliklarning 13 kismi poliploiddir. Bir turga kiruvchi organizmlarda xromosomalar sonning kupayishiga avtopoliploidiya va har xil turga kiruvchi organizmlar xromosomalarining kushilishi natijasida olinadigan organizmlarga alloploidiya yoki amfidiploidiya deyiladi. Poliploidiya hodisasining yana bir turi geteroploidiya (aneuploidiya yoki polisomiya) bo'lib, bunday organizmlarda xromosomalar gaploid sondagiga nisbatan ortishi yoki kamayishi (2nK1, 2n-1, 2n-2 va Xokazo) mumkin. Geteroploidiya hujayraning bo'linish ida xromosomalarning yuqolishi,noto'g'ri taksimlanishi yoki kutblarga tarkalmasligi natijasida vujudga keladi.Bu hodisa somatik va jinsiy hujayralarda ruy berishi mumkin.2nK1 xromosoma yig'indisi bo'lgan organizm trisomik, 2n-1 monosomik, 2nK2 tetrosomik, 2n-2 nullisomik deyiladi. Geteroploidiya tufayli galla o'simliklarida bir o'simlikning xromosomasini ikkinchi o'simlik xromosomasi bilan almashtirish mumkin bo'ladi.Bu hodisa,ayniqsa odamda ancha yaxshi urganilgan. Monosomik va trisomik organizm kupincha fizik va aqliy yetishmovchilikga ega bo'ladi.Masalan,trisomiya un uchinchi xromosomada yuz berganda kuzning rivojlanmasligi, un ettinchi xromosomada bulsa ogiz kiyshik bo'lib,bo'yin bulmasligi, un sakkizinchi xromosomada bulsa muskulatura,jag,kulok va tovon yaxshi rivojlanmasligi aniqlangan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.63 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.63 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga