Populyatsiya genetikasi Reja. 1. Populyatsiya va sof liniya to'g'risida tushuncha. 2. Xardi-Vaynberg qonuni. 3. Populyatsiyalarda fenotiplar,genotiplar va allellar nisbatini hisoblash. 4.Populyatsiyalar strukturasiga tanlashning ta'siri. 5.Populyatsiyalarga mutatsiya va migratsiyaning ta'siri, genetiko-avtomatik jarayon. 6.Genetik gomeostaz va populyatsiyalar polimorfizmi. 1) Populyatsiya va sof liniya tushunchasi 1907 yilda Iogannsen tomonidan taklif qilingan. Populyatsiya bir turga kiruvchi, malum territoriyada tarkalgan va boshqa populyatsiyalardan ajralgan holda kupayuvchi hayvonlar va o'simliklar gruppasidir. Populyatsiyalar turning bir kismi bo'lib, yovvoyi va madaniy hayvonlar hamda o'simliklar orasida uchraydi. Ayrim zot yoki podadagi hayvonlar populyatsiya deb kabul qilinishi mumkin.o'simlik navlari Xam mustaqil populyatsiyalardir. Sof liniya o'z-uzidan changlanuvchi o'simliklarning avlodlarini o'z ichiga oladi.Chetdan changlanuvchi o'simliklarda sof liniya olish uchun bir o'simlikni kamida 8 bugin davomida sun'iy ravishda changlaydilar. Sof liniya populyatsiyadan gomozigotlik darajasi yani o'xshash genotipga ega bo'lgan o'simliklardan tashkil topganligi bilan ajralib turadi. Lekin sof liniyada gomozigotlik xech kachon tulik bulmaydi, chunki liniyaning genetik o'xshashligi tabiiy mutatsiyalar natijasida uzgarib turadi. hayvonlarda sof liniyalar bulmaydi. Kon-karindosh juftlash natijasida gomozigotlik oshgani bilan,bolalarda maXsuldorlik va hayotchanlikning keskin pasayishi kurinadi.Shuning uchun chorvachilikda bunday liniyalar yaratilmasdan kupincha zot va podalarni urchitishda populyatsiyalar bilan ish olib boradilar. Populyatsiyada genotiplarning har xil bo'lishi va sof liniyada organizmlarning bir xil tanlanishini har xil natijaga olib kelishini birinchi marta Iogannsen anikladi. Iogannsen 6 yil davomida har xil liniyalarda loviya donning yirikligi bo'yicha tanlash olib borganda Xech qanday olga siljish bulmadi. Olingan avlodlar doimo liniyaning o'rtacha kursatgichiga kaytganligi, yani regressiya hodisasi kuzatildi. Shunday qilib genotitik uzgaruvchanlik bo'lmaganda, tanlash natija bermasligi aniklandi. Populyatsiya va sof liniyalarda tanlash natijasi keskin farq qilishining sababi ularning irsiy jihatdan har xil tuzilishidir. Populyatsiyada uzgaruvchanlik juda katta bo'lib u ikki kismdan, yani irsiy va noirsiy uzgaruvchanlikdan iboratdir. Sof liniyadagi uzgaruvchanlik asosan tashqi muhit faktorlari ta'sirida ruy beradigan fenotipik uzgaruvchanlikdir. Bu uzgaruvchanlik naslga berilmasligi aniklandi.Tanlash asosan genotipik uzgaruvchanlik bilan ish kuradi. Populyatsiya genetikasi muammolarini rivojlantirishda S.Rayt, S.S.Chetverikov, N.P.Dubinin, D.D.Romashev va boshqa-larning xizmati katta. Populyatsiya genetikasi erishgan yutuklar evolyutsiya qonuniyatlarini bilishga yordam beradi va shu bilan birga qishloq xo'jalik hayvonlari va o'simliklari genetikasini o'rganishda Xam katta rol uynaydi. Erkin kupayuvchi barcha hayvonlar va kupchilik o'simliklar populyatsiyalarida evolyutsion jarayon o'ziga xos qonuniyatlar asosida kechadi. 2) Angliya olimi Xardi va nemis vrachi Vaynberg (1908) erkin kupayuvchi populyatsiyada tanlash olib borilmasa, tenglikning saqlanishini yani bugindan buginga genotiplar nisbati uzgarmasdan qolishini anikladilar.Bu nisbat quyidagi formula bilan aniklanadi: p2AAK2pqAaKq2aak1, bu yerda pA - populyatsiyada A - genli gametalarning uchrashish ehtimoli yoki kontsentratsiyasi: qa - agenli gametalar uchrashi ehtimoli. Xar bir urgochi va erkak hayvon ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.44 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.44 KB
Ko'rishlar soni
173 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx