POPULYaTSIYASINING UMUMIY TASNIFI Reja: 1.HAYVONLAR POPULYaTSIYASINING ETOLOGIK TUZILIShI 2. TUG'ILISh 1.HAYVONLAR POPULYaTSIYASINING ETOLOGIK TUZILIShI Hayvonlarning xulq-atvorini, tabiatini maxsus fan - etologiya o'rganadi. Jumladan, etologiya populyatsiya a'zolarining o'zaro munosabatlar sistemasini tekshiradi. Individlarning birga hayot kechirishi ayniqsa populyatsiyalarda nihoyatda xilma-xildir. Yakka holda hayot kechirish, bu vaqtda populyatsiyadagi organizmlar bir-biri bilan bog'langan bo'lmaydi, bunday xususiyat ko'pchilik turlarga xosdir, bu jarayon ular hayotining malum davrlariga to'g'ri keladi. Organizmlar tabiatda yakka holda yashashi mumkin emas. Agar individlar bunday holda yashaganlarida edi, ularda ko'payish bo'lmas edi. Lekin ayrim birga hayot kechiradigan turlarning o'zaro munosabatlari juda kuchsiz bo'ladi. Bunday hollar, suv sathida yashaydigan va sirtdan urug'lanadigan ayrim individlarga xosdir. Qaysikim bu vaqtda portnyor (sherik) larning uchrashi shart emas. Masalan, aktiniyada (dengiz jonivori) ana shunday bo'ladi. Ichidan urug'lanadigan turlarda ham erkak va urg'ochilarining uchrashishi juda ham qisqa vaqt ichida bo'lishi mumkin, bu holda populyatsiya (sodda organizmlarda hujayralarning juft-juft qo'shilishdan iborat jinsiy jarayoni) ni amalga oshirishdan bo'lak vaqtda individlar alohida yashaydilar. Ko'pchilik hasharotlarning hayotiy shakllari ana shundaydir, masalan, yirtqich sassiq qo'ng'izda va boshqalar, Yakka holda hayot kechiradigan turlarning individlari ko'pincha bir joyga yig'iladilar - qishlash va ko'payish uchun, masalan, .laqqa va cho'rtan baliqlarda ana shunday. Bu organizmlarning mana shunday yig'ilishi natijasida ularning jinsiy urchishi uchun imkoniyat katta bo'ladi. Lekin turlarning bunday yig'ilishi hayvonlarning xulq-atvoridan ozmi-ko'pmi munosabatlar sodir bo'ladi, degan gap emas. Populyatsiyalar ichidagi munosabatlarning yanada murakkablaishshi ikki xil yo'nalishda boradi: jinsiy portnyorlar o'rtasidagi aloqaning kuchayishi va ona organizmlar bilan qiz avlodlari o'rtasidagi bog'lanishlarning sodir bo'lishi orqali amalga oshadi. Shularga asosan populyatsiyada oilalar shakllanadi. Ota-ona juftlari qisqa vaqtga va uzoq vaqtga tashkil qilinishi mumkin, ayrim turlarda bu jarayon butun hayotlari davomida tashkil etilishi mumkin. Masalan: o'rmon katta qushi ko'pchilik urg'ochilari bilan qo'shilib mustahkam oila hosil qilmaydi. Ko'pchilik o'rdaklarda juftlar qishlagan joylarida yoki uchish vaqtlarida tanlanadi, urg'ochisi bola ochish uchun tuxumga o'tirgandan keyin erkagi uni tashlab ketadi. Oilaviy juftlar kaptarlar, turnalar va oqqushlarda uzoq yillar davomida saqlanadit. Populyatsiyadagi individlar o'rtasida jinsiy qo'shilish davrlarida xushtorlik qilish rivojlanadi, bunday jarayonlar qushlar va sutemizuvchilarda kuchli rivojlangan. Qarama-qarshi jinslarning ashaddiyligi va himoya qilish reakiiyalari yo'qolib, ularda jinslar bir vaqtda etiladi va portnyorlarni jinsiy qo'shilishga tayyorligini stimullashtiradi. Hayvonlar populyatsiyasida jinsiy partnyorlarni tanlash raqobat orqali amalga oshadi. Jinsiy qo'shilishdan oldin erkaklar o'rtasida urg'ochi organizmlar uchun keskin kurash bo'ladi, xuddi shuningdek, boshqa xulq-atvorlar ham sodir bo'ladi, bular hammasi urg'ochi individlar joylashgan hududdan erkaklardan bittasini haydash bilan yakunlanadi. Shunday qilib, urchish davrida hayvonlar populyatsiyasida faol izlashlar va individlar o'rtasidagi munosabatlarning keskinlashishi xarakterlidir. Oilaviy hayot. Bunday hayotiy jarayonlarda ota-ona bilan ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
3.39 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
3.39 MB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx