Prokariotlar va eukariotlar Reja: 1. Tsitologiya. hayotning hujayraviy va hujayrasiz shakllari. 2. Prokariot va eukariotlar, tuzilishi, funksiyasi. 3. hujayra organoidlari. 4. o'simlik va hayvon hujayrasidagi o'xshashlik va farqlar. 5. hujayra evolyutsiyasi. hujayralarni o'rganuvchi fan tsitologiya deb atalib, yunoncha «tsitos» - hujayra, «logos» - fan degan so'zlardan olingan. Tsitologiya predmeti bir hujayralilar va ko'p hujayrali organizmlarning tarkibiy kismi hisoblanuvchi ayrim hujayralarni tadqiq qiladi. Tsitologiya hujayraning va uning tarkibiy qismlari tuzilishining kimyoviy tarkibini, ularning bajaradigan vazifalarini kupayishi va rivojlanishini, atrof muhit omillari bilan munosabatlarini o'rganadi. hozirgi davrda boshqa fanlar metodlarining tsitologiyada foydalanishni o'rganuvchi yangi fan - hujayra biologiyasi shakllandi. Bu fan tsitologiya, biokimyo, molekulyar biologiya va molekulyar genetika kabi fanlar kompleksidan iborat. hujayrani xar tomonlama o'rganish mikroskopning kashf etilishiga bog'liq. «hujayra» so'zini birinchi marta ingiliz olimi Robert Guk 1665 yilda fanga kiritdi. hozirgi zamonda fanning xar tomonlama rivojlanishi natijasida hujayra nazariyasining asosiy qoidalari kuyidagilardan iborat: hujayra tiriklikning tuzilishi, funksiyasi va rivojlanishining eng kichik birligidir. hujayralar fakat bo'linish yo'li bilan kupayadi. Xar bir yangi hujayra dastlabki hujayraning bo'linish i natijasida hosil bo'ladi. hujayra ko'p hujayrali organizmning funksional birligi hisoblanadi. Butun organizmning ko'p sonli hujayralardan tashkil topishi uning umumiy moddalar almashinishi satxini orttiradi. ko'p hujayralilarda har xil ixtisoslashgan hujayralar birlashib to'qimalarni hosil qiladi. Ular ko'p hujayrali hayvonlarda nerv va gumoral sistemalar orqali idora etiladi. hujayraviy tuzilishi irsiy axborotning saqlanishi, kupayishi, uzatilishi va amalga oshirilishini taxminlaydi. hayotning hujayrasiz shakllariga viruslar kiradi. Ular juda mayda, xatto bakteriyalar xam o'ta olmaydigan filgtrlardan o'ta olganligi uchun filgtrlanuvchi viruslar deyiladi. Viruslarni 1892 yilda rus botanigi D.I. Ivanovskiy kashf kilgan. o'simliklar, hayvonlar va bakteriyalarda parazitlik qiluvchi viruslar aniqlangan. Viruslarni o'rganuvchi fan virusologiya deb ataladi. Viruslar eng mayda organizmlar bo'lib, ularning o'lchami 20-300 nm (nanometr) ga teng bo'ladi. 1 nanometr mikrometrning 1100 kismiga teng. Viruslar tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyatlarni fakat hujayra ichiga kirgandagina namoyon kila oladi. Ular hujayra ichi parazitlari bo'lib hujayradan tashqarida kupaya olmaydi. Chunki hujayraviy tuzilishga ega organizmlardan farq qilib, viruslarda uzining metabolizm sistemasi, shu jumladan oqsil sintez sistemasiga ega emas. Viruslar hujayradan tashqarida rivojlana olmaydigan avtonom genetik tuzilmalardir. hujayradan tashqarida ular kristallar shaklida bo'ladi. Virularning keilib chiqishi to'g'risida asosan uch xil faraz mavjud; 1) viruslar parazitizmga utu moslashish natijasida uzgargan mikroorganizmlardan kelib chikkan: 2) hujayra organoidlari - mitoxondriyalar, plastidalardan kelib chikkan: 3) viruslar normal hujayralar genomining bir kismidir. Bu farazlarning kaysi biri xakikatga yaqinligi xali aniklanmagan. hayotning xujaraviy shakllari. Tirik mavjudotlarning asosiy massasini hujayralar tashkil etadi. hujayra hayotning xamma asosiy xususiyatlarini uzida namoyon qiluvchi eng kichik elementar tuzilmadir. ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
46.19 KB
Ko'rishlar soni
216 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
46.19 KB
Ko'rishlar soni
216 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: ppt