Qizil kitobdagi Parilar

Qizil kitobdagi Parilar

O'quvchilarga / Biologiya
Qizil kitobdagi Parilar - rasmi

Material tavsifi

«Qizil kitob»dagi parilar Hammamiz yaxshi bilamiz, ya'ni yoshligimizdayoq bu jonzotlar haqida ertaklar eshitganmiz va o'qiganmiz, qisqasi, quloqlarimizga singib ketgan. Gap nimadaligini anglamadingiz chog'i. Gap suv parilari haqida. Bugungi fan taraqqiyoti va ilmiy kuzatuvlar suv parilari haqidagi ertaklar bekorga to'qilmaganligini isbotladi. Ertakning tagida jon bor ekan. Gap shundaki, Gana institutining dengiz biologiyasi bo'yicha shug'ullanuvchi mutaxassislari o'tkazgan tekshiruvlar ertaklardagi go'zal suv parilari aslida suvda yashovchi ulkan sut emizuvchi lamantinalar ekanligini isbotladi. Ular Atlantika okeaninig G'arbiy Afrikadagi sohillarida hamda ko'l va daryolarda yashaydi. Institut ilmiy xodimasi Mamaa Ensua- Mensaning ta'kidlashicha, lamantinalarni oy nurida kuzatilsa, yarmi baliq, yarmi ayol ko'rinishidagi jonzotga o'xshar ekan. Ayniqsa, ularning urg'ochilari xuddi ayollarnikidek ko'krak qafasga ega bo'ladi. Bo'yi esa 2 - 4 metr, vazni 450 kilogrammgacha tosh bosadi. Barcha sut emizuvchilardagi singari ularda ham o'pka bo'lib, nafas olish uchun tez-tez suv yuzasiga chiqib turadi. Shu paytda ularni ko'rgan odam suv parisiga duch kelganligiga chippa - chin isxonadi. Kuzatuvlardan ma'lum bo'lishicha, lamantinalar kunduzi uxlab, kechasi ozuqa qidiradi. Ularning ko'zi kichik, quloqlari deyarli ko'rinmaydi, bo'yini qisqa, qo'l o'rnida kurakoyoqlar bor. Ular odamlarga zarar yetkazmaydi. shu narsa ma'lumki, lamantinalar suv o'tlari bilan oziqlanadi. Kuniga o'z vazning 20 foiziga teng og'irlikda o't yeydi. Gana olimlari suv havzalarini parazit o'simliklardan tozalashda lamantinalardan foydalanish borasida tadqiqotlar o'tkazmoqda. Ammo afsuslanarli jihati ham bor ekan. Ya'ni dunyoda lamantinlarning atigi uch turi mavjud bo'lib, ularning barchasi xalqaro qizil kitobga kiritilgandir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 70.71 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 70.71 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga