Reja: Kirish: Asosiy qism: Qonning asosiy funksiyalari. Plazma oqsillari va ularning bajaradigan vazifasi. Qonning shaklli elementlari. Xulosa Foydalanilgan adabietlar Qonning asosiy funksiyalari, qon miqdori va tarkibi, qonning fizikaviy-kimyoviy xossalari, qonning osmotik bosimi, qonning onkotik bosimi, qonning faol reaksiyasi va bufer tizimlari, qon plazmasi, plazma elektrolitlari, plazma oqsillari va ularning bajaradigan vazifalari, oqsil fraksiyalarining xususiyati va funksiyasi, plazma albuminlari, plazma globulinlari, qon plazmasi tashiydigan moddalar, qonning shaklli elementlari, eritrotsitlar, qon pigmentlari, gemoglobin, oksigemoglobinning dissotsiatsiya egri chizig'i, mioglobin, eritrotsitlarning cho'qish tezligi, eritrotsitlarning morfofiziologiyasi, eritrotsitlarning rezistentligi, eritropoez, leykotsitlar, leykopoez, trombotsitlar, trombotsitopoez. Qon - to'g'risidagi fan gematologiya deb aytiladi. Bu fan uzoq va mashaqqatli taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi, ammo gematologiya sohasidagi asosiy yutuqlar so'nggi yillarda qo'lga kiritildi. Bu yutuqlar asosan aniq fanlar, birinchi novbatda kimyo va fizikaning taraqqiyot qilishi, yangi preparatlarni sintez qilinishi, o'ziga xos sezgir apparatlar yasalib, ishga tushirilishi tufayli qo'lga kiritildi. Qon plazma va undan qalqib, so'zib yuradigan uch hil hujayralardan iborat. qonga qizil rangni eritrotsitlar beradi, bu hujayralar mikroskop ostida deyarli dumaloq shaklda ko'rinadi. Ular orasida ancha kattoroq bo'lgan bazi bir hujayralar - leykotsitlarni payqash oson. Bular rangsiz va mustaqil harakatlanish qobiliyatiga ega. qon surtmasi maxsus usul bilan bo'yab ko'riladigan bo'lsa, trombotsitlar yoki qon plastinkalari oson ko'zga tashlanadi. Demak, qonning o'zi, qon yaratilishi taminlovchi ko'mik, limfa tugunlari, taloq va timus: qon hujayralari emirilishini yuzaga chiqaradigan taloq, ko'mik; bu tizim faoliyatini boshqaruvchi nerv va gumoral omillar qon tizimini tashkil qiladi. Qonning asosiy funksiyalari. Qon - suyuq tuqima bo'lib, plazma va shakli elimentlardan tashkil topgan. U tomirlar doirasida uzluksiz harakat qilganidan organizmda asosan tashuvchi vazifasini bajaradi. Tashiladigan moddalarning tabiati va ahamiyatiga qarab qonning quyidagi: nafas olish, ovqatlantirish, ekskretor, boshqaruv, kreator boshqarishlarni ta'minlash, gomeostatik, hharoratni boshqarish va himoya faoliyatlari farqlanadi.Nafas oldirish faoliyati o'pkadan to'qimiga kislorod yetkazib berish va ularda hosil bo'lgan karbonat angidridni o'pkaga olib borishdan iborat. Kislorod tashilishini eritrotsitlardagi gemoglobin bajaradi. Karbonat angidridni tashilishida ham eritrotsitlar katta ahamiyatga ega. Ovqatlantirish faoliyati oziq moddalarini hazm tizimi a'zolaridan to'qimalarga yetkazib berishdan iborat. Istemol qilingan ovqat tarkibidagi murakkab polimer moddalar me'da va ingichka ichakda enzimlar ta'sirida parchalanib so'rilishi mumkin bo'lgan sodda monomer moddalarga aylanadi. Glyukoza, fruktoza, galaktoza, aminokislotalar, tuzlar va suvdv eruvchi boshqa moddalar qonga so'riladi. Yog'lar esa asosan limfaga so'rilib uning tarkibida qonga quyiladi. Uglevodlar asosan energiya manbai bo'lib xizmat qiladi. Ularning oz qismi jigar va muskullarda glikogenga aylanib, uncha katta bo'lmagan zaxira hosil qiladi. Hujayralar aminokislotalarning ko'p qismini oqsil sinteziga sarflaydi. Yog' kislotalaridan glitserin ishtirokida neytral yog'lar sintezlanib, yog' to'qimisida zahira holida to'planadi. Zarur ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
117.56 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
117.56 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: doc