Qo'sh urug'lanish

Qo'sh urug'lanish

O'quvchilarga / Biologiya
Qo'sh urug'lanish - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarda urug'lanish. o'simliklarda urg'ochi va erkak gametalarning rivojlanishi va urug'lanish xuddi hayvonlardagi kabi urg'ochi va erkak jinsiy organlarida o'tadi Yopiq urug'li o'simlik (gulli o'simlik)larda urug'lanish va urug'ning rivojlanishiai ko'rib chiqamiz. Yopiq urug'li o'simliklarda erkak gametalari chang donachasida yetiladi. Chang donachasi ikkita hujayradan tuzilgan. Ana shu hujayralarning yirigi vegetativ hujayra, maydasi esa generativ hujayra deyiladi. Vegetativ hujayra o'sib uzun, ingichka naychani vujudga keltiradi. Generativ hujayra vegetativ naycha ichida ikkiga bo'linib, ikkita spermiy hosil qiladi. Chang naychalari tez o'sib, urug'chidagi tumshuqcha hamda ustuncha ichiga kiradi va tuguncha tomon yo'naladi. Chang naychalari turli tezlikda o'sadi. Lekin shulardan faqat bittasi boshqalaridan o'zib ketib, tuguncha ichidagi urug'kurtakka yetib boradi va uning ichiga kiradi. Spermiyning biri tuxum hujayra bilan qo'shilib, diploid zigota hosil qiladi, undan mo'rtak rivojlanadi. Ikkinchi spermiy markaziy diploid hujayra bilan qo'shiladi va natijada yadrosi triploid, ya'ni uchta xromasoma to'plamiga ega boigan yadroli yangi hujayra bunyodga keladi. Undan endosperm rivojlanadi. Yopiq urug'lilarda triploid cndospcrm, rivojlanib borayotgan mo'rtak uchun zaxira oziq materialidir. Binobarin, gulli o'simliklarda qo'sh urug'lanishning mohiyati shundan iboratki, bir spermiy tuxum hujayra bilan qo'shilib mo'rtakni, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo'shilib esa endospermni hosil qiladi. Gulli o'simliklardagi qo'sh urug'lanish hodisasini 1898 yilda akademik S.G. Navasbin kashf etgan, endospermning triploid tabiatini esa uning o'g'li M.S. Navashin 1915 yilda ochgan. Bu kashfiyot gulli o'simliklar juda katta guruhning butun rivojlanish jarayonlarini tushunish va o'rganish uchun katta ahamiyatga ega O'simliklarning urug'lanishiga xos xususiyatlaridan biri kseniya hodisasidar. U chang donachasi endospermining belgi-xususiyatlariga bevosita ta'sir etishi natijasidir. Masalan, makkajo'xorining so'tasida chetdan changlanishi tufayli har xil rangli donlar hosil bo'lishi mumkin. Bu jarayondan spermaning yadrosi endospermning rangini o'zgartirish xususiyatiga ega, degan xulosaga kelish mumkin. 15 - rasm. Bug'doy mo'rtak xaltachasining megagametogenezdan so'nggi holati. 1 - tuxumhujayra; 2 - sinergidlar; 3 - qutb yadrolari; 4 - anitipodlar; 5 - mikropile. Apomiksis. O'simliklar va hayvonlarda urug'lanish (kariogamiya) yo'li bilan ko'payishi amfimiksis, urug'lanmasdan jinsiy ko'payishi esa apomiksis deb ataladi. Apomiksisning uch xili mavjud: Partenogenetik. Ginogenetik. Androgenetik. Urug'lanmagan tuxum hujayradan mo'rtakning rivojlanishi partenogenez deyiladi. Partenogenezning diploid, gaploid, tabiiy va sun'iy xillari uchraydi. Diploid (somatik) partenogenezda tuxum hujayra bo'linmaydi, mitoz yo'li bilan bo'lingan taqdirda ham hosil bo'lgan ikkita gaploid xromosomali yadrolar bir-biri bilan qo'shiladi va xromosomalarning diploid soni tiklanadi. Ginogenezda mo'rtak xaltachasiga kirgan spermiya (erkak gameta) urug'lanish oldidan nobud bo'ladi, yangi organizm (zigota ) esa urug'lanmagan tuxum hujayradan rivojlanadi. Androgenezda sperma tuxum hujayraga kirib boradi, tuxum hujayraning yadrosi esa qandaydir sabab bilan nobud bo'ladi, urug'lanish amalga oshmaydi va yangi organizm tuxum hujayradagi spermaning yadrosidan rivojlanadi. 1. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 120.18 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 120.18 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga