Qushlar sinfi Qushlar - tanasi pat bilan qoplangan issiqqonli parrandalar. Ular tanasining harorati tashqi muhit haroratiga bog'liq bo'lmaydi. Qushlar gavdasining tuzilishi va shakli havoda uchishga moslashgan. Ularning gavdasi suyri shaklda, oldingi oyoqlari qanotlarga aylangan. Jag'lari o'rniga muguz tumshuqlarning rivojlanganligi, suyaklarining yengil va pishiq bo'lishi ularni havoda uchishga moslashganligidan darak beradi. Qushlarning yuragi to'rt kamerali, arteriya va vena qoni ajralgan, tuxum qo'yib ko'payadi. Qushlarning 900 ga yaqin turlari mavjud bo'lib, 28 turkumga ajratiladi. O'zbekiston hududida qushlarning 400 dan ortiq turi uchraydi. Qushlarning tuzilishini ko'k kaptar misolida o'rganiladi. Qushlarning Tashqi tuzilishi Yashash muhiti. Ko'k kaptar shahar va qishloqlarda gala-gala bo'lib hayot kechiradi. Ularni tomlarda, shaharlardagi maydonlarda, don saqlanadigan omborxonalarda ko'plab uchratish mumkin. Kaptarlar yashil o'simlik, don, non uvoqlari va boshqa ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Gavda boiimlari. Kaptarning gavdasi ham sudralib yuruvchilarniki singari bosh, bo'yin, tana va oyoqdan iborat (91-rasm). Uncha katta bo'lmagan boshi yumaloq bo'lib, uzun va juda harakatchan bo'yin orqali tanaga tutashgan. Kaptar bo'ynini burib oziqni cho'qishi; tumshug'i bilan qorni, qanoti, orqasi va dumidagi patlarini tozalashi mumkin. Qanotlari yoyilganida uni havoda muallaq ushlab turuvchi yuzani hosil qiladi (92-rasm). Oyoqlarining pastki qismi va tirnoqli barmoqlari muguz tangachali dag'al teri bilan qoplangan. Kaptar yerda faqat ikki oyog'iga tayanib yuradi. Harakatlanganida oyoqlari tanasini yerdan ko'tarib turadi. Tana qoplagichi. Qushlarning terisi yupqa va quruq bo'lib, pat bilan qoplangan. Har bir qoplovchi pat ingichka va qattiq o'zakdan hamda uning ikki tomonida joylashgan keng yumshoq yelpig'ichdan iborat. Pat yelpig'ichi o'zakdan chiqib, ketma-ket ikki marta shoxlanadigan muguz o'siqchalaming qalin to'ridan hosil 91-rasm. Kaptarning tashqi tuzilishi: 1 - bosh, 2 - bo'yin, 3 - qanot, 4 - dum, 5 - ustki tumshuq, 6 - ostki tumshuq, 7 - til, 8 - burun teshigi, 9 - quloq teshigi, 10 - barmoqlar, 11 - ilik. 92-rasm. Kaptar qanotining tuzilishi: 1 -~ yelka suyagi, 2 - bilak suyagi, 3 - panja suyaklari, 4 - muskullar, 5 - birinchi tartib qoqisb patlari, 6 - ikkinchi tartib qoqish patlari. bo'ladi. Pat o'zagidan chiqadigan 1-tartib o'siqchalar o'zaro parallel joylashgan. Har bir o'siqchaning ikki yonida yanada ingichkaroq 2-tartib o'siqchalar joylashgan. Bir-birining ustiga tushib turadigan yondosh o'siqchalar juda mayda ilgakchalar yordamida qo'shilib ketgan (93-rasm). Ana shunday tuzilgan pat yengil, egiluvchan va deyarli havo o'tkazmaydigan bo'ladi. Qushlar uchganida qanot va dumidagi yirik qoplovchi patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushadi va qushning havoda uchishini yengillashtiradigan suyri shaklidagi ko'tarish yuzasini hosil qiladi. A. B. C. 93-rasm. Qush patining tuziishi: A - kontur pat, B - kontur qopiag'ich pat, D - ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
258.79 KB
Ko'rishlar soni
316 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
258.79 KB
Ko'rishlar soni
316 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx