Rekombinat DNK olish. Genlarni klonlash

Rekombinat DNK olish. Genlarni klonlash

O'quvchilarga / Biologiya
Rekombinat DNK olish. Genlarni klonlash - rasmi

Material tavsifi

Rekombinat dnk olish. Genlarni klonlash Ahamiyatga ega bo'lgan gen funksiyasiga binoan qidirib topiladi, ajratib olinadi (klonlanadi) va tuzilishi o'rganiladi. Ajratib olingan gen xromosoma DNKsi bilan rekombinatsiyalanuvchi biror fag genomi, transpozon yoki plazmid bilan biriktirilib vektor konstruksiya yaratiladi. Vektor konstruksiya hujayraga kiritiladi (transformatsiya) va transgen hujayra olinadi. Transgen hujayradan sun'iy sharoitda yetuk organizmlar ham olish mumkin. Sun'iy ravishda rekombinat DNK olish va genlarni klonlash ilk bor 1972-yilda AQSH olimlari Boyer va Koen tomonidan amalga oshirildi. Bu olimlar E.coli bakteriyasining xromosoma rasm. Geterologik (yot) DNK bo'lagini plazmid tarkibida klonlash. 1 - xromosomadan ajratilgan DNK bo'lagi; 2 - plazmid; 3 - antibiotikka chidamlilik geni; 4 - rekombinat DNK molekulasi; 5 - bakteriya hujayrasiga kiritilgan gen; 6 - rekombinant plazmidli hujayra antibiotikka chidamliligi bo'yicha ajratib olinadi. Boshqa hujayralar antibiotikli muhitda o'lib ketadi. DNKsini va shu bakteriya plazmidini alohida probirkalarda «yopishqoq» uch hosil qiluvchi EcoRl (iko-yer-bir) restriktaza fermenti bilan ishlov berganlar. Halqasimon plazmid tarkibida faqat bir dona EcoRl restriktaza fermenti tan- lab kesadigan maxsus nukleotidlar izchilligi bo'lganligi sababli restriktaza DNK qo'sh zan- jirini faqat bir joydan kesib halqasimon plazmidni yopishqoq uchli ochiq holatga o'tkazadi. Xromosoma DNK molekulasida EcoRl restriktaza fermenti taniy oladigan maxsus nukleotidlar izchilligi qancha bo'lsa, bu molekula shuncha bo'lakka bo'linadi. DNK bo'laklarini elektroforez moslamasida kuchli elektr maydonida katta-kichikligiga qarab ajratiladi va hosil bo'lgan bo'laklar maxsus bo'yoq bilan bo'yaladi. Natijada, bir nuqtada yig'ilgan bir xil kattalikdagi DNK bo'laklari to'plamini oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin. Elektroforez gelidan xohlagan kattalikdagi DNK bo'lagi- ni suvda eritib ajratib olish mumkin. Boyer va Koen shu usullar bilan ajratib olingan yopishqoq uchli xromosoma DNK bo'lagini ochiq holatdagi yopishqoq uchli plazmid DNKsi bilan probirkada aralashtirib ligaza (ulovchi) fermenti vositasida bu ikki xil DNK bo'laklari uchlarini bir-biriga kovalent bog'lar yordamida uladi. Natijada, plazmid tarkibiga xromosoma DNK bo'lagi kiritildi. Shu usulda rekombinant plazmid ilk bor hosil qilindi (10-rasm). Bu molekular qurilmada (konstruksiyada) plazmid DNK vektor (yo'naltiruvchi) funksiyasini bajaradi, chunki yuqorida aytib o'tga- nimizdek plazmidlar xromosoma DNKsiga rekombinatsiyalana oladi hamda mustaqil ko'paya oladi. Bu vektor konstruksiya o'z tarkibida antibiotikka chidamlilik geni bo'lganligi uchun maxsus yaratilgan plazmidsiz, ya'ni antibiotikka chidamsiz shtamm hujayralariga kiritildi. Rekombinant plazmid kiritilgan bakteriya hujayralari kloni antibiotikka chidamli genga ega bo'lib qolganligi sababli, plazmidsiz bakteriyadan farq qilib, antibiotik ta'sirida o'lmaydi. Shu sababli tajriba o'tkazayotgan probirkaga antibiotikqo'shib rekombinant bakteriya kloni ajratib olinadi va ko'paytiri- ladi. Bu klonni tashkil etuvchi har bir bakteriyada yot (geterologik) DNK bo'lagi bor bo'lib, bakteriya biomassasi qanchalik ko'payti- rilsa, yot DNK bo'lagi shunchalik ko'payishi mumkin. Undan tashqari rekombinant plazmid ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 62.16 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 62.16 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga