Sotsial mobillik

Sotsial mobillik

O'quvchilarga / Biologiya
Sotsial mobillik - rasmi

Material tavsifi

SOTSIAL MOBILLIK Reja: Sotsial mobillik tushunchasi P.Sorokinning sotsial harakatchanlik nazariyasi Sotsial harakatchanlik tasniflari. Sotsial harakatchanlik kanallari. Sotsial harakatchanlik deganda individ yoki guruhning o'z sotsial mavqeini vertikal jihatdan yuqoriga yoki pastga o'zgartirishi, gorizontal jihatdan boshqa joy, soha, tarmoqqa, o'tishi tushuniladi. Sotsial harakatchanlik jamiyatdagi kishilarning (individual va guruhiy) sotsial ko'chishlarining yo'nalishi, ko'rinishlari, turlari va distansiyalari bilan xarakterlanadi. Talantli va qobiliyatli kishilar shubhasiz barcha sotsial qatlam va sotsial sinflarda dunyoga kelishadi. Agar sotsial yetuklikka erishish uchun to'siqlar bo'lmaganida edi, jamiyatda katta sotsial harakatchanlikni kutish mumkin bo'ladi. Bunda bazi shaxslar tez ko'tariladilar va yuqori maqomga ega bo'ladilar, boshqalar esa pastroq mavqega tushadilar. Biroq qatlamlar va sinflar o'rtasida shunday to'siqlar mavjudki, ular individlarni bir sotsial guruhdan ikkinchisiga erkin o'tishiga xalaqit berishadi. Sotsial sinflar o'zlariga xos bo'lgan submadaniyatga ega bo'lishadi, bu esa har bir sinf vakillarining farzandlarini sinfiy submadaniyatda ishtirokini ta'minlash va ijtimoiylashuv uchun xizmat qiladi. Mana shu tarzda asosiy to'siqlardan biri kelib chiqadi. Ijodiy intelligensiya vakillari oilasidan chiqqan oddiy bolaning dehqon va ishchi bo'lib ishlashga imkon beradigan xatti-harakat va me'yorlarni o'zlashtirishi ehtimoli juda kam bo'ladi. Unga katta rahbar sifatida faoliyat ko'rsatishga yordam beradigan me'yorlar haqida ham shunday fikrni bildirish mumkin. Shunga qaramay, u oxir-oqibatda nafaqat o'z ota-onalari singari yozuvchi (aktyor, rassom), balki ishchi yoki katta rahbar bo'lishi mumkin. Bir qatlamdan ikkinchi qatlamga yoki bir sinfdan ikkinchi sinfga o'tish uchun start (boshlang'ich) imkoniyatlaridagi farqlar muhim ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, vazir va dehqonning farzandlari yuqori lavozimli maqomga erishishi uchun turli xil imkoniyatlarga ega bo'ladi. Shuning uchun ham jamiyatda har qanday yuqori nuqtaga erishish uchun faqat mehnat qilish va qobiliyatlarga ega bo'lish kerak, degan umumqabul qilingan rasmiy nuqtai-nazar unchalik haqiqatga to'g'ri kelmasligi malum bo'lmoqda. Sanab o'tilgan misollar har qanday sotsial o'tishlar qiyinchiliksiz amalga oshmasligidan, balki ko'p yoki oz miqdordagi mavjud to'siqlarni engib o'tishni taqozo etishidan dalolat berib turibdi. Hatto kishini bir turar joyidan ikkinchisiga ko'chib o'tishi yangi sharoitlarga moslashishini nazarda tutadi. Insoniyat tarixi nafaqat individual (yakka) tarzdagi o'tishlar bilan, balki katta sotsial guruhlarning harakatidan ham iborat. Yerga egaliq qilgan aristokratiya o'rnini moliyaviy burjuaziya egalladi. Kam malakali kasblar esa zamonaviy ishlab chiqarishdan oq yoqali deb nomlanadigan - muhandislar, dasturchilar, robotlashgan kompleks operatorlari tomonidan siqib chiqarilmoqda. Urush va inqiloblar jamiyat sotsial piramidasining yuqorisiga bazi stratalarni (qatlamlarni) ko'tarish, bazilarini pastga tushirish bilan sotsial strukturani qayta tuzilishiga sabab bo'ldi. Kishilarning jamiyatdagi sotsial ko'chishlarining majmui, yani o'z sotsial statuslarini (mavqelarini) o'zgartirishlari sotsial harakatchanlik deb ataladi. Rus-amerika sotsiologi P.Sorokin sotsial harakatchanlikning ikki turini: gorizontal va vertikal turini farqlaydi. Gorizontal harakatchanlik deb shunday harakatchanlikka ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.93 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.93 KB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga