Sudralib yuruvchilar sinfi. Sudralib yuruvchilarning anatoma-morfologik tasnifi

Sudralib yuruvchilar sinfi. Sudralib yuruvchilarning anatoma-morfologik tasnifi

O'quvchilarga / Biologiya
Sudralib yuruvchilar sinfi. Sudralib yuruvchilarning anatoma-morfologik tasnifi - rasmi

Material tavsifi

Sudralib yuruvchilar sinfi. Sudralib yuruvchilarning anatoma-morfologik tasnifi. Tayanch iboralar: sudralib yuruvchilar sinfining xarakterli belgilari- terisidagi shox tangacha qalqonlar, ensa bo'rtmasi, birinchi 2 ta bo'yin umurtqasi, nafas yo'llari, ko'krak qafasi, skeleti, yuragi, arteriyalar, kovak venalar, buyragi metanefros, jinsiy bezlari, urug'lanish va ko'payishi, nerv sistemasi va sezuvchi organlari. 1.Sudralib yuruvchilar sinfining umumiy tavsifi. Sudralib yuruvchilar- yuqori tabaqali umurtqalilarning yoki amniotalarning birinchi tuban sinfidir. Gavdasida yaxshi ajralib turgan bo'yin bo'limi bor. Aksariyat ko'pchiligida yaxshi rivojlangan besh barmoqli oyoqlari bo'ladi. Terisi shox tangachalar, qalqonchalar yoki panser bilan qoplangan. Skeleti to'liq suyakdan tashkil topgan. Bosh skeletining ensa qismida bitta ensa bo'rtmasi bor. Tana umurtqalaridan qovirg'alar chiqib, ular oldingi uchlari bilan qorin tomonda qo'shiladi va ko'krak qafasini hosil qiladi. Oldingi miya yarim sharlari yaxshi rivojlangan va ularning qopqog'ida kulrang modda bo'ladi. Nafas olish organi bo'lib umrbod o'pka xizmat qiladi va nafas olish akti ko'krak qafasining kengayishi hamda torayishi natijasida yuzaga keladi. Yuraklari uch kamerali, lekin ko'pchiligining yurak qorinchasi to'liq bo'lmagan parda bilan bo'lingan bo'ladi. Vena sinus va arterial konuslar yo'q. Ajratish organi bo'lib chanoq buyragi metanefros xizmat qiladi. Urug'lanishi ichki, taraqqiyoti metamorfozsiz o'tadi. Yurak qorinchasida aralash qon bo'lganligi sababli sudralib yuruvchilarning gavda temperaturasi o'zgaruvchan bo'lib, tashqi muhit haroratiga bog'liq bo'ladi. Sudralib yuruvchilar sinfi hozirgi vaqtda yashayotgan reptiliyalarnung 6300 turini o'z ichiga oladi (1-rasm). 2.Teri qoplagichlari. Sudralib yuruvchilarning tuzilishini tez kaltakesak misolida ko'rib o'tamiz. Teri qoplagichlari amfibiyalarning teri qoplag'ichlaridan keskin farq qiladi va havo muhitida yashashga moslashgan belgilariga ega. Epidermisning tashqi qavati shox tuzilmalar-tangacha va qalqonchalar bilan qoplangan. Bularning chakli, soni va joylashishi sudralib yuruvchilarni aniqlashda katta rol' o'ynaydi. Kaltakesaklarning terisi tanaga butunlay yopishib turadi. Terisidan suv bug'latish reptiliyalar turiga qarab turlicha bo'ladi. Quruq, cho'l zonalarida yashovchi reptiliyalar terisi orqali suvni kam yo'qotadi. Timsohlarda esa nam yo'qotishning 75% teri orqali bo'ladi. Terida bezlar kam rivojlangan. Kam sonli teri bezlari timsohlarda va toshbaqalarda birmuncha yaxshi rivojlangan. Kaltakesaklarning sonlarini ichki tomonida qator joylashgan son teshikchalari bo'ladi. Bu teshikchalardan urchish vaqtida ipsimon moddalar ajraladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.62 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.62 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga