TAYANCH-HARAKAT TIZIMI Harakat a'zolari tizimining asosini suyaklar, bo'g'imlar va paylar tashkil qiladi. Odam organizmida 200 dan ortiq suyak bo'lib, ularning jami odam vaznining 8,5 % ini tashkil qiladi. Suyaklar egiluvchan organik modda osseindan hamda qattiq va mo'rt anorganik modda ohakdan tashkil topgan. Suyaklarning tashqi qavati zich qattiq moddadan, ichki qavati esa bir-biri bilan to'r shaklida kesishgan g'ovak plastinkalardan iborat. Suyaklar ichida suyak ko'migi deb ataladigan to'qima joylashgan bo'lib, unda qizil qon (eritrotsitlar) va oq qon tanachalari (leykotsitlar) ishlab chiqariladi. Suyakning sirtqi yuzasi suyak ustki pardasi bilan qoplangan. Suyak ustki pardasidan suyaklarga nerv va qon tomirlari o'tadi, ya'ni bu suyak ustki pardasining ichki qavatini tashkil qiladi, tashqi qavatini esa fibroz tolali to'qima hosil qiladi. Suyak ustki pardasining ichki qavati suyak hosil bo'lishida, o'sishi va rivojlanishida, singan suyaklar bitishida ishtirok etadi. Suyaklarning bo'g'im yuzalari tog'ay bilan qoplangan bo'lib, bo'g'im hosil qiluvchi uchlari va ular o'rtasidagi bo'shliqning atrofi bo'g'im xaltasi bilan o'ralgan. Har qaysi bo'g'im sirtidan (ba'zilari ichidan) zich biriktiruvchi to'qima tolalaridan tuzilgan boylamlar bilan mustahkamlangan. Bo'g'im xaltasining ichki qavati yog'lovchi suyuqlik ishlab chiqaradigan maxsus qobiqdan tashkil topgan va bu suyuqlik bo'g'imlardagi harakatni yengillashtirib beradi. Suyaklar o'zaro uzluksiz (harakatsiz) va bo'g'imlar (harakatchan) ko'rinishida birikishi mumkin. Uzluksiz birlashgan suyaklarga misol qilib bosh suyagini biriktiruvchi to'qimalar va umurtqalarning tog'aylar orqali birikishini olish mumkin. Uzluksiz ravishda qo'shilgan suyaklar qimirlamaydi yoki harakati juda chegaralangan bo'ladi. Binobarin, bu birikmalarni bo'g'im deb atab bo'lmaydi. Harakatchan birikmalar (bo'g'imlar) esa butunlay boshqacha tuzilgan va o'zgacha xususiyatga ega. Ularga tos va dumg'aza bo'g'imi kabi kam harakatlanadigan hamda yelka, tirsak, tizza singari harakatchan bo'g'imlar kiradi. Bosh suyagi miya va yuz suyaklariga bo'linadi. Boshning miya suyaklariga: pesxona, 2 ta chakka, 2 ta tepa, ensa, ponasimon yoki asos, g'alvir suyaklari kiradi. Ensa suyagida katta teshik bo'lib, bu teshik orqali bosh miya umurtqa pog'onasi kanali bilan bog'lanib turadi. Chakka suyagi tashqi yonboshida joylashgan chakka chuquri orqali pastki jag' bilan birlashib turadi, ya'ni bu birlashma boshning birdan-bir harakatdagi bo'g'imi hisoblanadi. Boshning yuz suyaklariga: 2 ta yuqori jag', 2 ta tanglay, 2 ta yonoq, 2 ta burun, 2 ta yosh, 2 ta burun chig'anog'i, dimoq, pastki jag' va tilosti suyaklari kiradi. Pastki jag'dan tashqari, barcha bosh suyaklari choklar orqali birikkan. Chakka suyaklarida eshitish va muvozanatni boshqaruvchi a'zolar joy-lashgan. Bosh suyagining yuz qismidan boshlanadigan mimika muskul-larining bir uchi suyakka, ikkinchi uchi esa teriga yopishgan bo'lib, shu muskullar yordamida inson yuzida quvonch, g'am, jahl, qo'rquv ifodalari aks etadi. G'alvirsimon, pesxona, asos va chakka suyaklaridagi kovaklar (bo'shliqlar) ichida havo bo'ladi. Pesxona, ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.41 MB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.41 MB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx