Tirik organizmlarda biologik maromlar (ritmlar). yorug'likni tirik organizmlarga ta'siri Reja: yorug'lik manbalari haqida. o'simliklarda fotosintez jarayonini utishida yorug'likni ahamiyati. yorug'likni hayvonlar hayotiga ta'siri. Bioritmlar haqida tushuncha. Biologik ritmlar haqida umumiy tushuncha. Biologik ritmni kelib chiqish sabablari. Ekzogen va endogen ritmlar haqida. Sutkalik mavsumiy va uzoq yillikdavriy bioritmlar. Fotoperiodizm. Mavsumni nokulay sharoitlariga organizmlarni moslashuvi. Biologik soat haqida umumiy tushuncha beriladi, odam misolida. Biz yuqorida hayvonlar va o'simliklar hayotida yorug'lik, harorat, namlik, bosim, atmosferadagi elektromagnit maydoni kabilar fikr yuritdik. Bu omillarni ta'siri yerni o'z uki va quyosh atrofida aylanishi tufayli uzgarib turadi. Biron joyni iqlimi xam geografik kenglikka, okeandan yaqin-uzoqligiga karab hosil bo'ladi. Sayyorani har xil mintaqalaridagi iqlim haqida tushuncha beriladi. o'simliklar va hayvonlarda uzoq vaqt davomida tabiiy tanlash natijasida har xil muhit sharoitida anatomo-morfologik, fiziologik va biokimyoviy moslashuvlar hosil bo'lgan. Agar shu moslashuv bulmasa ular ulib ketadi. Masalan, agar kish faslida (bizni sharoitda) o'simliklarda, bazi hayvonlarda xam fiziologik jihatdan uzgargan tinim holati bulmasa, ular sovukdan ulib ketardi (usimlar, poliz kungizi). Shunday qilib, tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiatda utadigan sikllik hodisalar orqali tirik organizmlarda davriy ravishda uzgaruvchan fiziologik holatlar sodir buldi. har xil vaqtda organizm holatini uzgarib turishi biologik ritm deyiladi. Bu ritmlar organizm sikllik ichki mexanizmi bilan boshqarilib turadi. Deyarlik xamma organizmlar kunni va yilni aniq vaqtini aniqlash xususiyatiga ega. Biologik saotlar orqali sutkalik, mavsumiy va yillik fiziologik jarayonlarni o'zgarishi sodir bo'ladi. hayvonlarda bu jarayonlar shartli refleksni hosil bo'lishi orqali boshqariladi. Biologik soat yorug'lik va korongulikni almashinuvi bilan organizm hujayralardagi jarayonlarni o'zgarishi orqali sodir bo'ladi. Bunda sezgi organlarni va markaziy nerv sistemasini roli kattadir. Ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) ritmlar tafovut kilinadi. Ichki fiziologik ritm hujayra, to'qima va organlarda (ichki sekretsiya bezlari) tuxtovsiz o'tayotgan fiziologik jarayonlar, kaysiki ular gox kuchayib, gox susayib turadi. ko'p hayvonlarda sutkalik davriylik fiziologik o'zgarishlar bilan utmay, harakat faoliyatini o'zgarishi bilan sodir bo'ladi. Bu sutkani tashqi (ekzogen) ritmdir. Bu kunduzi yoki kechasi faol hayot kechiruvchi hayvonlarga taaluklidir. Mavsumiy davriylik mutadil va shimoliy kengliklardagi (uzimizda xam) joylarga taalukli bo'lib, bunda mavsumiy metereologik sharoitlar keskin farq qiladi. Tirik organizmlarni rivojlanishi uchun kulay sharoit 6-7 oy. Bu muddatda ular kupayib, rivojlanib ulgurishi kerak. Masalan, efemer yoki boshqa o'simliklar, kushlar, hayvonlar. Yoz o'rtalarida gullovchi o'simliklar kamayadi, kushlarni kupayishi tugaydi. ko'p o'simliklar yozni oxiri va kuzda mevasi pishadi, urug beradi. o'simliklar keyin kishga tayorgarlik kuradi. o'simlik barglaridan ildiz va boshqa kishlovchi organlarda ozuka borib yigiladi, hayvonlar kishlovga tayyorlanadi, kuchuvchi kushlar tudasi yigila boshlaydi. Dalada kukarib turgan o'simlik bulmaydi, ko'p hayvonlar uchramaydi. Shunday qilib, ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.85 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.85 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx