Tiriklikning paydo bo'lishi. Tiriklik evolyutsiyasining asosiy belgilari va bosqichlari

Tiriklikning paydo bo'lishi. Tiriklik evolyutsiyasining asosiy belgilari va bosqichlari

O'quvchilarga / Biologiya
Tiriklikning paydo bo'lishi. Tiriklik evolyutsiyasining asosiy belgilari va bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Tiriklikning paydo bo'lishi. Tiriklik evolyutsiyasining asosiy belgilari va bosqichlari Reja: «Evolyutsiya nazariyasi» kursida tiriklik evolyutsiyasini o'rganish zarurligi va ahamiyati. Tiriklikning asosiy xususiyatlari. Kimyoviy evolyutsiyani biologik evolyutsiyaga utishi. Tiriklik evolyutsiyasini asosiy bosqichlari va belgilari. Evolyutsiya nazariyasi kursida kuriladigan bosh masala - tiriklik mohiyatini va mazmunini tushunish, uning kelib chiqish sabablarini va shart-sharoitlarini anglashdan iborat. Tiriklik - materiyaning alohida holati va ko'rinishi bo'lganligidan, anikrogi, materiya harakatining maxsus shakli ekanligidan, uning mazmuni va evolyutsiyasini bilish mazkur xususiyatlarni o'rganish bilan bog'liq. Tabiatdagi mavjud borliq, atrof-muhit tirik (jonli) mavjudotlarni hamda tirik bo'lmagan (jonsiz) jinslarni o'z ichiga kamrab olgan. Bu 2 xil materiya sifat jihatidan hamda xususiyatlariga ko'ra bir-biridan keskin farq qiladi. Tirik materiya jonsiz jinslardan birinchi galda uzining tuxtovsiz ravishda yangila olishi bilan ajrab turadi. Bu jarayon asosan uning tarkibidagi kismlarni ko'rinishi bilan bog'liq bo'lib, bunda organizm ichidagi «eskirgan» joylarini yangi kismlar bilan tuldiradi. Jonsiz tabiatda bu xildagi jarayonlar bajarilmaydi. Tiriklikning mazmuni va sifatini tushunishda xhamda uning kelib chiqishini anglashda dast-avval quyidagi savollarga javob topish darkor. Birinchidan, kaysi kuchlar va jarayonlar, qanday tuzilishlar hamda nima tirik moddaning tirikligini belgilaydi va taxminlaydi? Shu bilan birgalikda, tirik tabiat jonsiz jismlardan evolyutsiyalanganda kaysi shart-sharoitlar va qanday ta'sirlar jonli moddani paydo bo'lishiga sababchi bo'lgan? Faylasuf olimlarning tushuntirishlaridan malumki, materiya abadiy harakatda bo'lib, uning «material»ligi aynan shu xususiyati hisobiga saqlanadi, yani harakatsiz materiya bulmaydi, vaqt (zamon) utgan sari materiya harakati murakkablashib boradi, oqibatda harakatning oliy shakllari kelib chikadi. Biz tiriklik deb ifodalayotgan holat materiya harakatining oliy ko'rinishi va sifatidir. Mazkur qarash-tiriklikning falsafiy tushuntirishdan boshqa fikr emas. Shunga qaramasdan, bu xildagi yondashish mazkur masalaning yechimini topishda tabiiy fanlar nuqtai nazaridan yondashishga yul ochadi. Umuman olganda, tiriklik - Yerdagi abadiy davom etuvchi evolyutsion jarayonning maxsuli deb karalishi kerak. Yer yuzida tiriklik paydo bo'lgangacha bo'lgan evolyutsion jarayon (Yerning ichki katlamlaridagi radiatsiya, turli parchalanish va sintezlanishga olib keluvchi reaksiyalar va xokazo), jonsiz jinmlarning evolyutsiyasini ta'minlagan; buni umumiylashtirgan holda kimyoviy evolyutsiya deb atash mumkin. (Kimyoviy evolyutsiya Yerda tiriklik paydo bo'lgandan keyin xam davom ettirilmokda; ehtimol uning suratlari ilgarigi davrlarda bo'lganidek tiriklik hosil bulmay turgan paytlardagidek yuksak faolligini yukotgandir). Nixoyat, uzoq davom etgan kimyoviy evolyutsiya asta sekinlik bilan biologik evolyutsiyani keltirib chikaradi. Tiriklikning paydo bo'lishi kimyoviy evolyutsiyani biologik evolyutsiya bilan almashish bosqichiga to'g'ri keladi. Biologik evolyutsiya boshlanishi bilanok, kimyoviy evolyutsiya o'z chukkiga etganda rivojlangan tirik modda «maromi»ga etaboshlaydi, takomillashadi va oqibatda birlamchi tirik mavjudotlarni keltirib chikaradi. U-o'zini hamisha yangilab turuvchi tirik modda xakikatdan xam «oqsil tanachalarining yashash usuli»ning bir ko'rinishimi, yoki undan tashqari uning tarkibida hayotni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.49 KB
Ko'rishlar soni 169 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.49 KB
Ko'rishlar soni 169 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga