To'la qiymatli oqsillar

To'la qiymatli oqsillar

O'quvchilarga / Biologiya
To'la qiymatli oqsillar - rasmi

Material tavsifi

Tula qiymatli oqsillar oqsillar oldingi bo'limda aytib utilganidek, polimer moddalar bo'lib, ular aminokislotalardan tashkil topgan. Agar aminokislotalarni A, B, V, S xarflari bilan belgilasak, unda oqsillar ana shu xarflarning turli tuman variantdagi birikmalaridan iborat bo'ladi. Masalan, A - V - S - V - A, V - S - S - A - A yoki A - S - A - S - V va xokazo. Ana shunday aminokislotalardan 20 tasi tirik organizmlarda uchraydi. Bu 20 aminokislota bir-biri bilan turli tuman variantlarda birikishi mumkin. agar 3 ta A, V va S xarflaridan 9 xil birikma chiqishini inobatga oladigan bulsak, 20 ta aminokislotadan nechta variant tuzish mumkinligini tasavvur qilish mumkin. Shunday qilib, oqsilning aminokislota tarkibi uning muhim tavsifidir. oqsillarning tarkibi aminokislotalardan iborat ekan, demak, ularning xossalari, tuzilishi va boshqa biokimyoviy va kimyoviy xususiyatlari aminokislotalarga bog'liq bo'lishi tabiiy. oqsillarning organizm uchun ahamiyati urganilganda xam oqsillar ana shu aminokislota tarkibiga karab o'ziga xos klassifikatsiyaga solinadi. Malumki, bir kator aminokislotalar odam organizmida xam, yuksak hayvonlar organizmida xam sintezlanmaydi. Shu bilan birga bu organizmlar o'z oqsilini sintezlashi uchun zarur. Bunday zarur aminokislotalar 8 ta: lizin, leytsin, izoleytsin, fenilalanin, metionin, valin, treonin va triptofandir. Keyinchalik bu aminokislotalarga gistidin va arginin xam kiritilgan. Bular almashtirib bulmaydigan aminokislotalar deyiladi. Bu aminokislotalar organizm uchun o'ta muhim sanaladi. Bunday tipdagi aminokislotalarni biz doimiy ravishda eydigan ovqat mahsulotlari yordamida olib turishiimiz lozim. ovqat tarkibida almashtirib bulmaydigan va shu bilan bir katorda almashtirib buladigan aminokislotalarning ko'p miqdorda sarflanib ketishini oldini oladi. quyidagi jadvalda ana shu aminokislotalar haqida ma'lumot berib utamiz. 1 - jadval. Odamning almashinmaydigan aminokislotalarga bo'lgan talabi (grammlarda) Sut va sut mahsulotlari, tuxum, gusht, balik, jigar, 1-navli kalla-poycha mahsulotlari tula qiymatli oqsil manbai bo'lib hisoblanadi. oqsillarning oziklik qiymati aminokislotalarning miqdori va xarakteriga bog'liq bo'ladi. Chunki xar bir aminokislota odam organizmi uchun muhim ahamiyatga ega. Demak, biz aminokislotalarni xarakteriga karab almashtirib bulmaydigan va almashtirib buladigan aminokislotalarga buldik. yuqorida aytib utilgan almashtirib bulmaydigan aminokislotalarning fiziologik ahamiyati juda katta va xilma xildir. Masalan, triptofan pellagraga qarshi vitamin hosil bo'lishida, fenilalanin esa kalkonsimon bez gormoni bo'lgan tirozin hosil bo'lishida ishtirok etadi. Agar biz tanovvul kiladigan ovqatlar tarkibida ana shu almashtirib bulmaydigan aminokislotalar ishtirok etadigan oqsillar takchil bulsa, organizmda azotning muvozanati buzilishi kuzatiladi. Bu kishi organizmi uchun salbiy oqibatlarni yuzaga chikaradi: odam ozadi va o'sishdan tuxtaydi. Bundan tashqari, organizmda spetsifik o'zgarishlar xam ruy beradi. oqsillar xam uni tashkil kilgan aminokislotalarning xususiyatlariga karab klassifikatsiya kilinadi, yani tula qiymatli va tula qiymatga ega bo'lmagan oqsillar. Organizmning hujayralariga almashtirib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.08 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.08 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga