Tuproq unumdorligini oshirishda biotexnologiya

Tuproq unumdorligini oshirishda biotexnologiya

O'quvchilarga / Biologiya
Tuproq unumdorligini oshirishda biotexnologiya - rasmi

Material tavsifi

Tuproq unumdorligini oshirishda biotexnologiya Reja: 1. Almashlab ekishning biotexnologik asoslari. 2. Organik o'gitlar tayyorlashdagi biotexnologik jarayonlar 3. Rizosferadagi mikroorganizmlarning o'simliklar uchun ahamiyati Almashlab ekishning biotexnologik asoslari. Qishloq xo'jaligi ekinlarini o'stirish jarayonda tuproqdagi elementlarini o'simliklar o'zlashtiradi va tuproqda ozuqa elementlar miqdori kamayib tuproq kambagallashaveradi. Shuning uchun albatta tuproqqa o'git kiritish lozim bo'ladi. O'git ishlab chiqarish va uni tuproqqa kiritish albatta ko'p xarajat talab etadi. Agar yerga har yili bir xildagi o'simlik ekilaversa (monokultura) yerning kambagallashuvi yanada kuchayadi. Shuning uchun qishloq xo'jalik ekinlarini navbatma-navbat almashab ekib turish lozim. Ba'zi o'simliklar tuproqni bir tomonlama kambagallashtirad, shuningdek, ketma-ket kasallik qo'zgatuvchilari va ildizdan chiqazadigan moddalar bir xil bo'lgan o'simliklarni ekish ham samarasizdir. Almashlab ekishda albatta shunga rioya qilish lozim. Ammo, ba'zi o'simliklar ildizidan chiqqan modda ikkinchisiga ta'sir qiladi buni «allelotsatiya» (kimyoviy ta'sir etish) deyiladi. Masalan: suli ildizi (skopolotin, kumarin), zigir ildizi (aromatik moddalar), beda (alkoloid), kand lavlagi (siklik birikmalarni) ajratib chiqaradi va bular mikroblarga ham ta'sir etadi. Shuning uchun almashlab ekishda har xil usullar qo'llaniladi. Almashlab ekishda dukkaklilardan foydalanish, ularni keyingi, ekilgan o'simliklarga ijobiy ta'sir etishligini ko'rsatgan, chunki tuproqda qolgan mikroorganizmlar keyingi o'simlik uchun ham moddalarni o'zlashtirib berish qobiliyatini yo'qotmagan. Dukkakdoshlar tuproqni azotga boyitishini azotfiksatsiya jarayonidan bilasiz. Dukkakdoshlar boshqa yana ba'zi o't o'simliklari ildizi va barglarida ham azot o'zlashtiruvchi mikroorganizmlar mavjud bo'lib, bulardan ham dehqonchilikda foydalanish mumkin. Organik o'git tayyorlashdagi biotexnologik jarayonlar. Tuproq unumdorlishigi oshirishda atrof muhit tozaligini organik o'gitlarni tuproqqa kiritish ahamiyati kattadir. Ammo go'ng tarkibidagi foydali elementlarni ko'p yo'qotmaslik choralarini ham ko'rish lozim. Organik o'gitlarga go'ng, kompost, shahar chiqindilari kirib tarkibida 20-24% organik modda, azot, fosfor, kaliy va suv mavjud bo'ladi. Go'ngni saqlash D.P.Pryanishnikov tavsiyasi bo'yicha. 1. Hayvonlar tagida; 2.Chirtish churuqchalarida; 3. «Sovuq» go'ng tayyorlash go'ng saqlash joylarida darhol zichlash yo'li bilan; 4. «Issiq» go'ng tayyorlash uni govak holda havo chiritib, kam-kamdan zichlab berish bilan amalga oshiriladi. «Sovuq» go'ngni betonlangan maxsus chuqurlarda (suyuq massa oqib ketadigan quduqchalari mavjud bo'lgan) zichlab saqlanadi. Bunda mikrobiologik jarayonlar 30-40oS atrofida boradi. «Issiq» go'ng tayyorlash zichlanmagan 1 metr qalinlikda go'ngni saqlab 3-4 kundan keyin uni zichlab, yana ustiga zichlanmagan go'ng tashlab berish natijasida amalga oshiriladi. Zichlanmagan qavatda mikrobiologik jarayon 60-70o S da boradi. Go'ngda ammonifikatorlar, nitrifikatlar va turli xildagi mezofil mikroorganizmlar mavjud bo'ladilar. Go'ngni, somon va xozonrezgilik, paytda tushgan barglar bilan aralashtirib, azot, fosfor qo'shib tayyorlangan kompost unumdorlikni yanada oshiradi. Rizosferadagi mikroorganizmlarning o'simliklar uchun ahamiyati. O'simliklar ildizlari va yer ustki qismlari yuzasida o'simlik organizmlari tomonidan sintez qilingan organik moddalar ajarlib chiqadi. Bu hodisani ekzosmos deyiladi. O'simlik hayoti davomida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.48 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.48 KB
Ko'rishlar soni 189 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga