Tur - evolyutsiyaning asosiy bosqichi. Tur hosil bo'lish jarayoni Reja: 1.Tiriklik va evolyutsiya. 2.Tur evolyutsiyasining asosiy va yagona bosqichi. 3.Tur mezonlari 4.Tur hosil bo'lish jarayoni. 5.Allopatrik va simpatrik tur hosil bo'lishi Yer yuzidagi tirik tabiatning barcha vakillari turlardan iborat. Turlar biologik evolyutsiyaning o'ziga xos maxsuli va natijasidir. Yer yuzida tiriklik davom etar ekan, u hamisha turlar hosil qilish orqali uzining davomiyligini ta'minlaydi. Turlar, shunday qilib, tiriklikning cheksiz davrlarida namoyon bo'luvchi tizimlaridir. har xil muhit sharoitlarida davom etuvchi tiriklik turli biologik turlarni evolyutsiyalanishini takozo etadi. tashqi tabiat hamisha uzgara ekan, uning ta'sirida turlar xam uzgarib boradi. Shuning uchun xam xar bir tur - konkret muhit sharoitining maxsuli, boshqacha qilib aytganda, o'z davrining farzandidir. Utgan geologik davrlarga xayoliy nazar tashlasak, usha davrlarga xos turlarni bo'lganligini kayd etamiz. Masalan, sudralib yuruvchilarning fantastik olami - baxaybat brontozavrlar, uchuvchi pterodaktil va ramnorinxlar, gigant ixtiozavr va dinozavrlar o'tmishning sadosi bo'lib koldilar. Bundan 150-75 million yil ilgari sayyoramizda shu xildagi jonivorlarni yashashiga mos sharoitlar bo'lgan. Usha sharoitlar yukolgach, bu hayvonlar xam Yer yuzidan kirilib ketdi. hozirda Yer yuzidagi flora va faunalar ayni shu davrdagi muhit sharoitlariga mos bo'lganligidan yashab kelmokda. Tabiatdagi jamiki 3 millionga yaqin turlar aynan shu davrning sharoitlariga nisbatan evolyutsiyalanib kelgan. vaqt utgach, boshqa zamonlarni kelishi, bu tirik olam vakillarini uzgarib, boshqa turlarga aylanishiga sababchi bo'lgan. Demak, Yer yuzida uzgarmaydigan abadiy tur yuk. Aksincha, xar qanday tur hamisha rivojlanuvchi, dinamik sistema. U o'z tuzilishi va xususiyatlari bilan muhit o'zgarishlarini doimo sezib turib, ularga yarasha moslanib borishi va vaqt utgan sari asta-sekinlik bilan boshqa, yangi turga aylanishi darkor. Shu yul bilan abadiy yangilanish orqali Yerda tiriklik saqlanib kolmokda. Turning nisbiyligi haqida ilgari xam ilmiy fikrlar ilgari surilgan (K.Timiryazev). Fan taraqqiyoti, ayniqsa biologiyaning yangi yo'nalishlaridagi tadqiqotlar bu xildagi g'oyalarni to'g'ri ekanligini tasdikladi. Biologik evolyutsiya - asta-sekinlik bilan bir-birini almashtirib turuvchi turlarning yig'indisi deb hisoblanadigan bulsa, unda tur evolyutsiyaning asosiy bosqichi sifatida kabul qilinishi kerak. Chunki, turdan boshqa xildagi tiriklikni namoyon etishi mumkin bo'lgan biologik tizim tabiatda yuk. Bu tizim xar taraflama tavsiflanadigan bulsa, birinchi galda tur - o'xshash va kelib chiqishi umumiy (bir xil) bo'lgan, o'zaro kupayaoladigan, malum maydonni egallagan individlarning yig'indisi deb hisoblanishi darkor. U boshqa xildagi individlarning yig'indilari (turlar) bilan chatishaolmaydi va duragaylarni hosil kilaolmaydi, chunki xar qanday tur yopiq genetik sistemadir. Turlarni bir-biridan ajratish uchun kator mezonlar kullaniladi. Ular katoriga morfologik, yoki morfo-anatomik, ekologik-geografik, biokimyoviy-fiziologik va genetik mezonlar kiradi. Ularning xar birini o'ziga xos uslub va parametrlari mavjud; boshqalarga nisbatan eng ishonchlisi va turlarni ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.95 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.95 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx