Tur ichida duragaylashda irsiyat qonunlari Reja. 1. G.Mendelning irsiyat qonunlari yaratilishidagi davr. 2. G.Mendelning ish uslubi. 3. G.Mendelning monogibrid chatishtirishga oid tajribalari. 4. Irsiyat qonunlarining seleksiya ishidagi ahamiyati. 1) XVII asr oxirlaridan boshlab zootexniklar va o'simlikshunoslar yangi zotlar va navlar yaratish maqsadida har xil o'simliklar va hayvonlarni duragaylab ota-ona belgi va xususiyatlarini nasldan-naslga utish qonuniyatlarini urganaboshladilar. Bu ishlar o'z davrida genetika fanining rivojlanishi uchun asos buldi, lekin ular irsiyat qonunlarini tulik ochib beraolmadilar. Irsiyatni o'rganishning asosiy usulini 1865 yilda chex olimi G.Mendel ishlab chikdi. U uzining nuxot usimligi ustida olib borgan tajribalarining natijasini 1866 yilda o'simlik duragaylari ustida tajribalar nomli asarida elon kildi. Bir biologik turga kiruvchi, bir-biridan ayrim belgilari bilan farq qiluvchi formalarni chatishtirish tur ichida duragaylash deyiladi. G.Mendel Xam nuxot usimligini (Pisum Sativum) sarik va yashil donli navlarni chatishtirdi va olingan duragay avlodida shu belgilarni birinchi, ikkinchi va keyingi avlodlarda naslga utishini kuzatib bordi. G.Mendel aniklagan qonuniyatlar 1900 yilgacha olimlarga malum bulmadi. Keyinchalik 1900 yilda De-Friz (Gollandiyada), K.Korrens (Germaniyada) va Chermak (Avstriyada) bir-biridan xabarsiz boshqa ekinlarda tajribalar o'tkazib, Mendel aniklagan xulosalarga keldilar. Shundan sung Mendelning ishlariga kizikish ortib bordi va uning ochgan qonunlari fanda tan olindi. Mendel ishining muvoffakiyatli chiqishga sabab shunda ediki, uning ish uslubi boshqa olimlarning ishlaridan farq qiladi. 2) Nuxot usimligida olib borilgan tajribalarda Mendel kullangan ish uslubi kuyidagilardan iborat edi: 1. Chatishtirish uchun olingan nuxot navlari bir-biridan keskin farq qiluvchi belgilarga ega edi. 2. Xar bir o'simlikdan olingan avlodning yakka-yakka alohida ekib tahlil qilib o'rganadi. 3. Duragay o'simliklar avlodining belgilarini naslga utishini miqdor jihatdan, bir-biridan farq qilishini hisoblab, yani sanash yo'li bilan kuzatib bordi. Tajriba olib borishning bu usuli irsiyatning o'rganishining yangi usuli edi. G.Mendel irsiyat qonunlarini o'rganish uchun tajriba olib borgan nuxot usimligi uzidan changlanuvchi bo'lib, irsiy toza hisoblanadi va uning har xil navlari, sun'iy yul bilan oson chatishadi. Genetik tahlil o'tkazishda, irsiy belgilarni nasldan-naslga utishini o'rganishda har xil jinsdagi ikki organizmni chatishtirish kerak. Chatishtirishni yozish tartibi. Genetikada chatishtirishni x ko'paytirish belgisi bilan ifodalanadi. Chatishtirishni sxemasini yozishda doim birinchi urinda ona, ikkinchi uringa ota belgisi yoziladi. Urgochi jins - (venera ko'zgusi), erkak jins - (marsning nayzasi va kalkon) belgisi bilan ifodalanadi. Chatishtirishga olingan ota-ona formalarni - P (lotincha - parentis - ota-ona so'zining) Xarfi bilan ifodalanadi. Irsiyati har xil bo'lgan organizmlar chatishtirib olingan avlod - duragay deyilib - F (lotincha filalis-bolalar so'zining) bosh Xarfi, uning tagiga yoziladigan son duragay yoshini nechanchi bugin ekanligini kursatadi. Chatishtirishga olingan organizmlar bir-biridan bir, ikki va uch juft ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.74 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.74 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx