Urug'lanish, maydalanish va gastrulyatsiya Reja: 1. Urug'lanish davri 2. Maydalanish davri 3. Gastrulyatsiya davri Urug'lanish. Hayvonlarda va odamlarda embrional taraqqiyotni 4 davrga bo'lib o'rganiladi: 1. Urug'lanish davri- zigotaning hosil bo'lishi bilan tugaydi. 2. Maydalanish davri - blastula yoki homila pufagining hosil bo'lishi bilan tugaydi. 3. Gastrulyatsiya davri. 4. Organogenez va gistogenez. To'qima va organlarni, shuningdek, homila qobiqlari yoki muvaqqat organlarning hosil bo'lishi. Ko'pgina biologik omillarning birgalikdagi ta'siri erkak va urg'ochi jinsiy hujayralarning qo'shilishini ta'minlaydi. Har ikkala organizmda jinsiy hujayralarning hosil bo'lishi bir vaqtda ro'y berishi lozim. Ayrim organizmlarda kopulyatsiyaning o'zi tuxum hujayrasining tuxumdondan chiqishi (ovulyatsiya) ni ta'minlab beradi. Tashqi urug'lanish jarayonida ko'pgina suv jonzotlarining urg'ochilari tuxumlarini suvga qo'ysa, erkagi millionlab spermatozoidlarni shu suvga sochadi. Salamandralarning erkaklari esa spermatozoidlarning to'pini suv havzasi tubiga qo'yadi, urg'ochisi esa ana shu to'plamni kloakasi bilan qabul qilib oladi. Ichki urug'lanuvchilar (sutemizuvchilar) da o'ta ko'p spermatozoidlar urg'ochi organizm jinsiy yo'liga to'qiladi. Spermatozoidlar sonining bunday ko'p bo'lishi, ularning saqlanishi uchun muhit yaratishga, ya'ni tushgan joyidagi kislotali sharoitni ishqoriy darajaga keltirishga, hamda o'zga organizmdagi immun ta'sirning bo'lmasligini ta'minlaydi. Bundan tashqari shu spermatozoidlardan har jihatdan mukammal bo'lganlari tuxum hujayrasiga yetib boradi. Spermatozoidlar urg'ochi jinsiy yo'lining ma'lum darajadagi suyuqligiga qarshi (reotaksis) va tuxum hujayra joylashgan tuxum yo'li tomon, tuxum hujayrasining taxassus moddasini sezgan holda (ximotaksis) 2-4 mmmin. tezlikda harakat qiladi. Spermatozoidning siljishi faqat o'zining harakati tufayligina bo'lmasdan, bachadon va tuxum yo'llari mushaklarining qisqarishi hisobiga ham ro'y beradi. Spermatozoid ayol jinsiy yo'lida 1-2 kunga qadar urug'lantirish xususiyatini saqlab qoladi. Spermatozoidlarning hayotiyligi ular joylashgan muhitga bog'liq. Muzlatilgan sharoitda spermatozoidning barcha xususiyatini saqlab qolish mumkin. Shu usulda, naslchilikda, sun'iy urug'lantirish maqsadida, spermatozoidlar tashiladi. Muzlatish yo'li bilan spermatozoidlarning tiriklikdagi xossalarini saqlab qolish, kriobiologiya usulini qo'llash odam spermatozoidlarini uzoq muddatga asrash va kelajakda undan amaliy tibbiyot sohasida foydalanish imkonini yaratadi. Sutemizuvchilarda urug'lanish bachadon nayining yuqori (13) qismida ro'y beradi. Tuxum hujayraning bitta spermatozoid bilan urug'lanishiga monospermiya, ko'p spermatozoidlar bilan urug'lanishiga polispermiya deyiladi. Polispermiya telolesital tuxum hujayrali hayvonlarda uchraydi. Lekin polispermiya ro'y bergan taqdirda ham tuxum hujayra bilan faqat bitta spermatozoid qo'shiladi, qolganlari esa telolesital tuxumning vegatativ qutbiga o'tib, sariqliqning qayta so'rilishida (rezorbsiyada) va sariqlik endotermasining hosil bo'lishida ishtirok etadigan merotsit hujayralarga aylanadi. Urug'lanish jarayonida 2 ta faza farq qilinadi: 1) urug'lanishning tashqi fazasi; 2) urug'lanishning ichki fazasi. Urug'lanishning tashqi fazasi spermatozoidlarning tuxum hujayraga intilishi va tuxum hujayrada qabul qiluvchi do'mboqchalarning hosil bo'lishi bilan ifodalanadi. Effektiv (chaqqon) spermatozoidlarning bittasi bu do'mboqchaga yetib borib, unga yopishib oladi. Spermatozoid tuxum hujayraga tekkan zahoti spermatozoid boshchasining akrosomasidagi gialuronidaza fermenti ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
777.6 KB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
777.6 KB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: docx