Yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish

Yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish

O'quvchilarga / Biologiya
Yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish - rasmi

Material tavsifi

Yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish Darvin sun'iy tanlash yo'li bilan yovvoyi hayvonlarni xonaki- lashtirish, yovvoyi o'simliklarni madaniylashtirish, zot va navlar- ning belgi-xossalarini o'zgartirish mumkinligini aniqlagach, tabiiy XRIZANTEMA GULLARI BUG'U SHOXLARI DROZOFILA PASHSHASINING KO'ZLARI 6 27-rasm. O'simliklar, hayvon va bakteriyalardagi o'zgaruvchanlik. 3-Biologiya 65 sharoitda yashaydigan organizmlarda ham shunga o'xshash jarayon ro'y berishi mumkin, degan taxminga keldi. Lekin uning qanchalik asosli ekanligini isbotlash uchun, birinchidan, tabiiy sharoitda yashaydigan o'simlik va hayvonlarda shaxsiy o'zgaruv- chanlik, ikkinchidan, odam xohishiga o'xshash tabiatda ham qan- daydir yo'naltiruvchi omil mavjudligini bilish zarur edi. Tabiiy sharoitda o'simlik va hayvonlardagi shaxsiy o'zgaruvchanlik Darvin har qanday o'simlik, hayvon nasl qoldirganda yangi avlod ota-onadan, shuningdek, o'zaro ayrim belgi-xossalari bilan farq qilishini kuzatdi va uni shaxsiy o 'zgaruvchanlik deb nomladi (27-rasm). Olim qayd q'ilishicha, o'zgaruvchanlikning asl sababi organizm atrofidagi abiotik va biotik muhitning o'zgarishi bilan chambarchas bog'liq. Odatda harorat, namlik, havo, oziqa va boshqa omillarning o'zgarishi organizmlarning o'zgarishiga olib keladi. Organizmlarga tashqi muhitning ta'siri muayyan va nomuayyan ko'rinishda bo'lishi mumkin. Birinchi holatda tashqi muhit ta'siri barcha organizmlarda ikkinchi holatda esa ayrim organizmlarda namoyon bo'ladi. Boshqacha aytganda birinchi holatda guruhli o'zgaruvchanlik, keyingisida shaxsiy o'zgaruvchanlik ro'y beradi. Tashqi muhit omil lari organizmlarga bevosita yoki bilvosita ta'sir etishi ham mumkin. Tashqi muhitning bevosita ta'siri natijasida organizm, bilvosita ta'sirida esa uning keyingi avlodlar o'zgaradi. Darvin organizmlarda shaxsiy o'zgaruvchanlik borli- gini yana tur bilan tur xilini taqqoslash yo'li bilan ham isbotladi. «Tur xili» deganda Darvin turga xos belgi-xossalar yaxshi ifo- dalanmagan organizmlar guruhini tushungan. Bir tur bilan ikkinchi tur orasida oraliq formalar uchramaydi. Lekin tur bilan tur xili orasida bunday oraliq formalarning uchrashi tabiiy bir hol. Shu bois tur xillarini Darvin yashagan davrda «shubhali turlar» deb ham ataganlar Tur xillarining tabiatda mavjudligi tufayli olimlar turlar sonini aniqlashda qiyinchilikka duch keladilar. Bunga asosiy sabab ba'zi olimlar belgi-xossalarning ifodalanish darajasiga yetmagan organizmlar guruhini tur, boshqa olimlar esa tur xili deb hisoblaydilar. Darvin yashagan davrda Angliya flo- rasida 182 ta «shubhali turlar» mavjud bo'lgan. Organizmlarning ko'payishi tezligi Sizlar kundalik hayotda qoqio't, ituzum, uy pashshasi, baqalar va boshqa hayvon, o'simliklar o'zidan ko'p nasl qoldirishini kuzatgansizlar. 12-jadvalda ba'zi hayvon, o'simlik- larning qoldiradigan nasl miqdoriga oid ma'lumotlar keltirilgan. Ko'p hollarda qoldirgan naslning barchasi voyaga yetmay nasl berishga ulgurmaydi. Ularning ko'pchiligi shaxsiy taraqqiyotning turli bosgichlarida nobud bo'ladi. 12-jadval O'simlik va hayvonlarning nasl berish darajasi Nobud bo'lish sabablari har xil: oziqaning yetishmasligi, dushmanlarning hujumi, ob-havoning noqulay kelishi va bosh- qalar. Binobarin, har bir tirik mavjudot yashash uchun va nasl qoldirish uchun doimo kurashadi. Darvin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 170.43 KB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 170.43 KB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga