Yerda hayotning paydo bo'lishi

Yerda hayotning paydo bo'lishi

O'quvchilarga / Biologiya
Yerda hayotning paydo bo'lishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Yerda hayotning paydo bo'lishi. Yerda hayotning paydo bo'lishi to'g'risidagi qarashlar. Yerda hayotning paydo bo'lishi to'g'risida Oparin nazariyasi. Eralar, davrlar va ulardagi hayot. Yerda hayotning paydo bo'lishi masalasi tabiiy fanlar konsepsiyasining hozirgi kunga qadar mavjud eng qiyin va shu vaqtning o'zida eng qiziqarli muammolaridan hisoblanadi. U shuning uchun ham qiyinki, fan sifat jihatidan yangi hisoblanmish hayotni yaratish va uning taraqqiyotini pog'onama-pog'ona aniqlash uchun eksperimental tajriba asosida to'lig'incha yechish imkoniga hozircha ega emas. Olimlar hayotni vujudga kelish jarayonini bundan bir necha milliard yil ilgari mavjud bo'lgan muhitni aynan o'sha davrga mos keladigan qilib yaratish imkoniga ega emaslar. Hatto aynan o'sha tirik mavjudotlarning paydo bo'lish davriga monand qilib yaratilgan muhit ham model eksperimentgina bo'lib qolardi xolom. Metodologik jihatdan qiyin hayotni paydo bo'lishini aniq ravishda tushuntirish, o'sha o'tgan geologik davrni aniq yaratish bilan bog'liq. Hayotning paydo bo'lish masalasi, o'lik tabiatni tirik tabiatdan farqli xususiyatini hamda hayot evolyutsiyasini aniqlash jihatidan ham juda qiziqarli. SHunday ekan, biz quyida eng avval koinot bo'shlig'ida Yer qurrasini shakllanishi, unda hayot paydo bo'lganga qadar mavjud bo'lgan muhit, so'ngra esa hayotning ilk davri va nihoyat hayotning bunyodga kelishi va uning taraqqiyoti haqida fikr yuritamiz. Adabiyotlarda ta'kidlanishicha, 20 mlrd. yil muqaddam koinotning qaysi bir bo'shlig'ida ulkan vodorod buluti vujudga kelgan. Gravitatsiya (tortish kuchi) ta'sirida bu bulut siqila boshlagan, Gravitatsion energiya (kuch) asta-sekin issiqlik energiyasiga o'ta borgan, natijada mavjud bulut yulduzga aylangan. Shundan so'ng yulduz ichida mavjud energiya million (gradus)gacha yetgach, yadro reaksiyasi boshlanib, vodorod atomi geliy atomiga aylangan va vodorodning to'rt atomidan bitta geliy atomi hosil bo'lgan. Geliy hosil bo'lish jarayonida vodorod atomlarining qo'shilish reaksiyasi davomida kuchli energiya hosil bo'lishi davom etgan. Vodorod jamg'armasining cheklanganligi tufayli uning yadro reaksiyasi asta-sekin to'xtab yulduz ichi bosimi sekinlashib borgan. Lekin gravitatsiya kuchiga to'sqinlik qiluvchi qarama-qarshi kuch bo'lmaganligi tufayli yulduz yanada siqila borgan. Gravitatsion siqilish haroratning qayta, takroriy ravishda yangitdan ko'tarilishiga sabab bo'lgan va geliyni har uch atomi uglerod yadrosiga aylangan. Geliy uglerodga nisbatan tez yonganligi tufayli yangitdan vujudga kelgan. Yulduzning ichki issiqlik bosimi kuchi gravitatsion kuchga nisbatan ustun chiqadi va yulduz yangitdan kengaya boshlaydi. Bu bosqichda u juda issiq va mahkam yadrodan iborat bo'lib, unda geliyning yonishi davom etib geliy va yonib ulgurmagan kaliy vodorod zanjiridan tashkil topgan jild (qobiq) vujudga kelgan. Astronomlar ta'biriga ko'ra bunday yulduzlarni qanotli yulduzlar deb ataydilar. Yulduz ichida yadrolarning to'qnashuv va o'zgarish jarayonlari tuhtovsiz davom etgan. Geliy yadrolarini uglerod yadrolari bilan birikishi natijasida kislorod yadrosi, so'ngra neon, magniy, kremniy, oltingugurt va shu singari boshqa elementlarning yadrolari shakllangan. Yadro yonilg'i ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.03 KB
Ko'rishlar soni 174 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.03 KB
Ko'rishlar soni 174 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga