Yerda hayotning turli tumanligi. Prokariotlar va eukariotlar. Reja: 1. Tsitologiya. Hayotning hujayraviy va hujayrasiz shakllari. 2. Prokariot va eukariotlar, tuzilishi, funksiyasi. 3. Hujayra organoidlari. 4. O'simlik va hayvon hujayrasidagi o'xshashlik va farqlar. 5. Hujayra evolyutsiyasi. Tayanch so'zlar va iboralar. Tsitologiya, virus, prokariot, eukariot, membrana, endotsitoz, tenotsitoz, tsitoplazma, endoplazmatik to'r, golji apparati, mitoxondriya, plastida, lizosoma, yadro, yadrocha. Hujayralarni o'rganuvchi fan tsitologiya deb atalib, yunoncha «tsitos» - hujayra, «logos» - fan degan so'zlardan olingan. Tsitologiya predmeti bir hujayralilar va ko'p hujayrali organizmlarning tarkibiy qismi hisoblanuvchi ayrim hujayralarni tadqiq qiladi. Tsitologiya hujayraning va uning tarkibiy qismlari tuzilishining kimyoviy tarkibini, ularning bajaradigan vazifalarini ko'payishi va rivojlanishini, atrof muhit omillari bilan munosabatlarini o'rganadi. Hozirgi davrda boshqa fanlar metodlarining tsitologiyada foydalanishni o'rganuvchi yangi fan - hujayra biologiyasi shakllandi. Bu fan tsitologiya, biokimyo, molekulyar biologiya va molekulyar genetika kabi fanlar kompleksidan iborat. Hujayrani har tomonlama o'rganish mikroskopning kashf etilishiga bog'lik. «Hujayra» so'zini birinchi marta ingiliz olimi Robert Guk 1665 yilda fanga kiritdi. Hozirgi zamonda fanning har tomonlama rivojlanishi natijasida hujayra nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: Hujayra tiriklikning tuzilishi, funksiyasi va rivojlanishining eng kichik birligidir. Hujayralar faqat bo'linish yo'li bilan ko'payadi. Har bir yangi hujayra dastlabki hujayraning bo'linishi natijasida hosil bo'ladi. Hujayra ko'p hujayrali organizmning funksional birligi hisoblanadi. Butun organizmning ko'p sonli hujayralardan tashkil topishi uning umumiy moddalar almashinishi sathini orttiradi. Ko'p hujayralilarda har xil ixtisoslashgan hujayralar birlashib to'qimalarni hosil qiladi. Ular ko'p hujayrali hayvonlarda nerv va gumoral sistemalar orqali idora etiladi. Hujayraviy tuzilishi irsiy axborotning saqlanishi, ko'payishi, uzatilishi va amalga oshirilishini tahminlaydi. Hayotning hujayrasiz shakllariga viruslar kiradi. Ular juda mayda, hatto bakteriyalar ham o'ta olmaydigan filg'trlardan o'ta olganligi uchun filg'trlanuvchi viruslar deyiladi. Viruslarni 1892 yilda rus botanigi D.I. Ivanovskiy kashf qilgan. O'simliklar, hayvonlar va bakteriyalarda parazitlik qiluvchi viruslar aniqlangan. Viruslarni o'rganuvchi fan virusologiya deb ataladi. Viruslar eng mayda organizmlar bo'lib, ularning o'lchami 20-300 nm (nanometr) ga teng bo'ladi. 1 nanometr mikrometrning 1100 qismiga teng. Viruslar tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyatlarni faqat hujayra ichiga kirgandagina namoyon qila oladi. Ular hujayra ichi parazitlari bo'lib hujayradan tashqarida ko'paya olmaydi. Chunki hujayraviy tuzilishga ega organizmlardan farq qilib, viruslarda o'zining metabolizm sistemasi, shu jumladan oqsil sintez sistemasiga ega emas. Viruslar hujayradan tashqarida rivojlana olmaydigan avtonom genetik tuzilmalardir. Hujayradan tashqarida ular kristallar shaklida bo'ladi. Virularning keilib chiqishi to'g'risida asosan uch xil faraz mavjud; 1) viruslar parazitizmga o'tu moslashish natijasida o'zgargan mikroorganizmlardan kelib chiqqan: 2) hujayra organoidlari - mitoxondriyalar, plastidalardan kelib chiqqan: 3) viruslar normal hujayralar genomining bir qismidir. Bu farazlarning qaysi biri haqiqatga ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 19:30:06
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.33 KB
Ko'rishlar soni
164 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 19:30 ]
Bo'lim
Biologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.33 KB
Ko'rishlar soni
164 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:27 ]
Arxiv ichida: doc