Zamonaviy tabiyat bilmilari konsepsiyalari. Leksiyalar kursi

Zamonaviy tabiyat bilmilari konsepsiyalari. Leksiyalar kursi

O'quvchilarga / Biologiya
Zamonaviy tabiyat bilmilari konsepsiyalari. Leksiyalar kursi - rasmi

Material tavsifi

Zamonaviy tabiiyot bilmilari konsepsiyalari Leksiyalar kursi M U N D A R I J A SO'Z BOSHI Bizni o'rab turuvchi tabiat haqidagi insoniyat bilimining majmuasi tabiiy bilimlar deb aytiladi. Tabiiy bilimlar dunyoqarashli muammolar bilan bog'liq. Odam o'rab turuvchi olamni birinchi navbatda undagi o'zining o'rnini aniqlash uchun o'rganadi. Biz yashab turuvchi Yer, atrofimizda yoyilgan Koinot, biz sezgimiz orqali o'rganadigan tirik va notirik materiya va, nihoyat, insonning o'zi mana shularni tabiiy bilimlar o'rganadi. Tabiiy bilimlarning asosiy maqsadi olamni butunlikda, ya'ni uning butun murakkabligi va ko'p qirraligida bilish hisoblanadi. Davlat ta'lim standartlariga asosan Zamonaviy tabiiy bilimlar konsepsiyalari fani ta'limiy dasturlar tarkibiga kiritilgan. Oliy ta'lim dasturiga berilgan fanning kiritilishi sababi hozirgi zamon sivilizatsiyasini tirik qoldirish talabi va insoniyatning butun biologik evolyutsiya natijasida erishgan o'zining genetik informatsiyasini himoya qilishdir. Bu muhim muammolarni yechish uchun tabiatni himoya qiluvchi texnologiyalarni ishlab chiqish, biosferani ushlab turishga yo'naltirilgan tadbirlarni o'tkazish kerak. Tabiat sistemalarini saqlash yetarli darajada murakkab muammo bo'lib, o'z ichiga, jamiyat hayotining hamma sohalarini, fanni, siyosatni, huquqni, iqisodni. xalqaro munosabatlarni, ta'limni, madaniyatni, etikani va albatta ishlab chiqarishni oladi. Bu muammoni hozirgi zamon sivilizatsiyasining boshqa muammolaridan alohida ajartib olib qarash mumkin emas. Zamonaviy tibiiyot bilimlari konsepsiyalari faning asosiy maqsadi, fanlar tizimidagi o'rni Bizni o'rab olgan olamni o'rgana turib biz hammadan avval falsafaning asosiy savoliga, ong birlachimi yoki materiya birlamchimi degan savolga javob berishimiz kerak. Dialektik materializm tarafdorlari Koinot materiyadan iborat degan g'oyaning asoslashga harakat qiladilar. Bizni o'rab olgan dunyo moddiydir - u doimiy mavjud bo'lgan va uzluksiz harakatlanuvchi materiyadan iboratdir. Materiya - (lot. materia - modda) - borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda umuman odam bo'lmaganidek umuman materiya ham bo'lmaydi, balki materiyaning aniq ko'rinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritilgan faylasuflar barcha moddiy obyektlarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ifodalash uchun materiyani tushunchasini qo'llashgan. Materiya tushunchasini moddiy olamning asosi sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan. Materiyani R.Dekart fazoviy ko'lam va bo'ladigan moddiy substansiya deb ta'riflagan va u 17-18 asr materializmning asosi bo'lgan. Materiya dialektik materializmning asosiy tushunchasidir. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosida yotuvchi va ularni umumlashtiruvchi tushuncha substansiya (mohiyat) deb ataladi. Olamning asosida bitta substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim monizm, ikkita substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim dualizm, ko'p substansiyalar yotadi deb hisoblovchi oqim plyuralizm deb atalgan. Materiya uni o'rganuvchi subyektga bog'liq bo'lmagan holda obyektiv mavjuddir. Materiya inson paydo bo'lishidan oldin mavjud bo'lgan va undan keyin ham mavjud bo'ladi. Umuman aytganda, materiya tabiatda (Koinotda) real mavjud bo'lgan va bizning sezgi organlarimiz yoki maxsus asboblar vositasida sezish mumkin bo'lgan barcha narsalardir. Materiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 188.3 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:28 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 188.3 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga