Hayvonlarni yaylovda bo'qish gigiyenasi

Hayvonlarni yaylovda bo'qish gigiyenasi

O'quvchilarga / Biologiya
Hayvonlarni yaylovda bo'qish gigiyenasi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: HAYVONLARNI YAYLOVDA BOQISH GIGIYENASI. Reja: 1. Hayvonlarni yaylovda boqishning gigiyenik va iqtisodiy tomondan ahamiyati. 2. Turli hayvonlar uchun yaylov tanlash va yaylovdan foydalanish 3. Hayvonlarni yaylovga o'tkazishga tayyorlash. 4. Hasharotlarga qarshi kurash choralari. Hayvonlarni qishda binolarda asrashga qaraganda yaylovda boqishni afzalliklari juda katta. Hayvonlardan olinadigan mahsulotlarni tannarxini arzonlashtiradi, Sog'ligini yaxshilaydi. Yaxshi yaylov eng arzon va foydali ko'k ozuqaga boy bo'ladi. Hayvonlar yaylovda erkin, sof havoda yuradi, quyosh nurlari organizm funksiyalariga foydali ta'sir qiladi, modda almashishini tezlashtiradi, yosh organizm suyaklarini o'sishga muskul, pay, o'pka, yurak va boshqa ishini yaxshilaydi. Yaxshi yaylovda hayvonlar istagancha yengil hazm bo'ladigan ko'k o't, proteinga mineral moddalarga mikroelementlar va vitaminga boy ozuqalar bilan oziqlanadi. Natijada ularni mahsuldorligi ko'payadi, organizm mustahkam pishiqlashadi va har xil kasalliklarga chidamli bo'lib yetishadi. Yaylov sharoitida hayvonlarni boqish va saqlash tuberkulyoz, raxit, osteomalyasiya, avitaminozlar, ichak va oshqozon qatorlari kasalliklarini oldini olish eng asosiy omildir. Erkak hayvonlarda jinsiy organlari ishini normallashtiradi, sperma ishlab chiqarish va sifatini yaxshilaydi, urg'ochi hayvonlarda esa kuyga kelishi, nasl berishini yaxshilaydi, tug'ish osolashadi, tug'ishdan keyingi kasalliklar kam bo'ladi va tug'ilgan bola Sog'lom o'suvchan, chidamli bo'ladi. Yaylovda saqlashda, yoz davomida yosh o'simlik yetarli va ko'p bo'lsagina foydali bo'ladi. Tabiiy o'simliklar yetishmasa hayvonlar to'yib ozuqlanmaydi, mahsuloti pasayadiva har xil kasalliklarga chidamsiz bo'lib yetishadi. Har xil kasalliklar bilan kasalanmasligi uchun hayvonlarni yaylovga haydashdan oldin ularni va yaylovni tayyorlash kerak. Yaylovda hayvonlarni saqlash to'g'ri tashkil etilsa veterinariya - sanitariya, zootexniya va xo'jalik tadbirlarini o'tkazish oson bo'ladi. Yaylovlarda o'sadigan o'simliklarga va tabiiy sharoitga qarab bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki va yil davomida foydalaniladigan yaylovlarga bo'linadi. Hayvonlarni yaylovda saqlash quyidagilarga bo'linadi: Stasionar usulda ya'ni hayvonlarni molxonadan uzoq bo'lmagan yaylovda boqiladi-yu, kechqurunlari qishki binolarga qamaladi. Lager - yaylov usuli - bunda hayvonlar yaxshi yaylovlarda, lagerda saqlanadi. Stoyla - lager usuli - bunda hayvonlar yaxshi jihozlangan lagerda saqlanib, ko'k o'tlardan qonveyr usulida foydalaniladi. uzoq yaylovda boqish - bu faslli yaylov bo'lib, xo'jalikdan uzoqda bo'lib yil davomida foydalaniladi. Yaylovlar tabiiy va sun'iy turlarga bo'linadi. Tabiiy yaylovlarda asosan ko'p yillik yovvoyi o'simliklar o'sadi, sun'iy yaylovda esa bir yillik yoki ko'p yillik o'simliklar urug'i eqiladi. Ko'pgina yaylovlarda tabiiy o'simliklar kam bo'lib yoki ozuqa to'yimligi qanoatsiz bo'lgani uchun sun'iy yaylovlar ko'paytirilmoqda, ferma atroflariga madaniy o'tlar eqilmoqda. Sun'iy yaylovlarni yaratishda tabiiy sharoit va tuproqni tuzulishiga qarab o'simliklar urug'ini tanlash kerak. Yaylovlarda to'g'ri foydalanilsa va madaniy ko'p yillik o'simliklarga yaxshi qaralsa ulardan olinadigan hosil ko'payadi ya'ni har 1 ga dan 40-60 ozuqa birligi olish mumkin. Bunday yaylov o'tlarini o'rib berish ham, shunday zagonlarga bo'lib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 80.11 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 80.11 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga