Hovuz baliqchiligi gigiyenasi

Hovuz baliqchiligi gigiyenasi

O'quvchilarga / Biologiya
Hovuz baliqchiligi gigiyenasi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: HOVUZ BALIQCHILIGI GIGIYENASI. Reja: 1. Baliqchilikning ahamiyati va baliqlarni saqlash usullari. 2. Baliqlarni oziqlantirish sharoitlari. 3. Baliqchilik hovuzlari gigiyenasi. Respublikamizda iste'mol uchun baliqlar maxsus ko'l xo'jaliklarida, baliqchilik hovuz xo'jaliklarida, katta suv havzalaridan yetishtiriladi. Baliq yetishtirish jarayoni to'liq yoki noto'liq tizimli usullarda amalga oshiriladi. To'liq tizimli jarayonda baliqlar uvidiriq (ikra) dan to tayyor baliq holatigacha boqiladi, noto'liq usulda faqat tovar baliqlar o'stiriladi. To'liq tizimli usulda boqilganda baliqchilik xo'jaliklarida bir qator hovuzlar bo'lib, ular baliqlarning yoshiga, turlariga qarab saqlanadi. O'simlik o'smaydigan hovuzlar baliqlarni ko'paytirishda ishlatiladi. Bunday hovuzlar tuprogi yumshoq joylardan, avtomobil yo'llaridan, hayvonlar haydab o'tiladigan joylardan uzoq bo'lib, yaxshi quyosh tushadigan, asosiy shamol yo'nalishidan himoyalangan bo'lib baliqlar uchun tinch osoyishta joylar bo'lishi kerak. Yosh baliqlarni 30 - 45 kunlik yoshigacha boqish uchun kichik hovuzlarda saqlanib keyinchalik yoshiga qarab yayratib boqiladigan hovuzlarga o'tkaziladi. Ona baliqlarni o'stirish uchun hovuzlar qishda, yozda ularni saqlash uchun qurilib har bir katta yoshdagi baliq uchun 15 m2, kichik yoshdagi baliqlar uchun 7,5 m2 joy ajratiladi. Baliqchilikda suvni yaroqli yoki yaroqsiz bo'lishi suvni harorati va gaz tarkibiga bog'liq bo'ladi. Shu faktorlarga qarab baliqlarni o'sish va rivojlanishini ma'lum tomonga qarab o'zgartirish mumkin hamda baliqlar o'rtasida uchraydigan turli xil yuqumli yoki yuqumsiz kasalliklarni oldini olish mumkin (jadval-1). Baliqchilik xo'jaliklari uchun suvga bo'lgan umumiy talablar. Tr Ko'rsatkichlar Optimal me'yorlar Karp baliqlari Forel baliqlari 1 Suvning harorati, 0C Harorat farqlari 50C dan ortiq farq qilmasligi kerak. 280C 200C 2 Suvning rangi, hidi, ta'mi Begona rang, hid, ta'm bo'lmasligi kerak va baliqning tanasiga o'tmasligi kerak. 3 Rangi, (gradusda) 565 gacha (50 dan) kam 540 gacha (30 kam) bo'lmasligi kerak bo'lmasligi kerak 4 Tiniqligi, m 0,75-1 dan kam 1,5 m kam bo'lmasligi bo'lmasligi 5 Suvning muhiti, pH 6,5-8,5 7,0-8,0 6 Erigan kislorod, gm3, mgl 5 dan kam bo'lmasligi 9 dan kam bo'lmasligi kerak kerak 7 Suvning oksidlanuvchanligi, 15 gacha 10 gacha mgl 8 Nitritlar, mgl 0,05 - 9 Nitratlar, mgl 2 gacha 2 gacha 10 Fosfatlar, mgl 0,5 gacha 0,5 gacha 11 Temir umumiy, mgl 2 0,5 12 Suvning qattiqligi, 4-12 (2-6) 6-14 (3-70 mgekv. 13 Umumiy mikroblar, 3 1 mlnml O'stirish hovuzlari yosh baliqlar uchun mo'ljallangan bo'lib, ular kattalashgani tufayli so'zib yurishi uchun tor bo'lib qoladi. Shuning uchun ularni boshqa hovuzlarga o'tkaziladi. Baliqlarni boshqa hovuzlarga o'tkazishdan oldin hovuzlarni gidrotexnik holatlari ta'minlanadi, quritish kanallari aniqlanadi. Hovuzlar tabiiy yuqori unumdorlikda bo'lishi kerak. Qishki hovuzlar - baliqlarni qish davrida saqlashga mo'ljallangan bo'lib, bu hovuzlar chuqur va muzlamaydigan bo'lishi kerak. Shunday hovuzlarning 1 gektarida 400 ming dona ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 79.65 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:26 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Bo'lim Biologiya
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 79.65 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga