Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi (Ranunculidae)

Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi (Ranunculidae)

O'quvchilarga / Botanika
Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi (Ranunculidae) - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi (Ranunculidae) Reja: 1. Ayiqtovonkabilar kichik ajdodiga umumiy ta'rif, ularning o'ziga xos bo'lgan sistematik belgilari. 2. Sanchiqo'tdoshlar kichik oilasi turkum va turlarining tuzilishi va tarqalishi. 3. Pufanakdoshlar (Anemonoideae) va Ayiqtovondoshlar (Ranunculoideae) kichik oilasi turkum va turlarining tuzilishi va tarqalishi; 4. Zirkdoshlar oilasiga umumiy ta'rif, oila vakillarining tuzilishi, tarqalishi va ahamiyati. Tayanch so'zlar: ayiqtovon, pufanak, suvyig'ar, sanchqio't, zirk. Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi (sinfi) - Ranunculidae; Asosan o't o'simliklar, qisman daraxtsimon liana, buta yokipast boyli daraxtlardir. Barglari oddiy yoki murakkab, yonbargchasiz. Gullari ikki jinsli, ba'zan bir jinsli, aktinomorf yoki zigomorf, gul qismlari gulo'rniga siklik yoki spirosiklik joylashgan, gulqo'g'oni murakkab, ba'zan oddiy. Changchilari ko'p, ba'zan 6 (3) ta, ginetsey apokarp, sinkarp, parakarp tuzilishga ega. Ayiqlovonkabilarning vakillari magnoliyakabilarga ancha yaqin, ammo iliitsiyanamolar. (lilicales) qabilasi bilan bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan bo'lsa kerak deb taxmin qilinadi. Hozirgi tizim (sistemalar)ga binoan ayiqtovonkabilar 4 ta qabila: (Ayiqtovonnamolar - Ranunculales. Burmaqoranamolar - Giaucidiales, Sallagulnamolar - Paconiales, Ko'knornamolar- Papaveraies), 13 ta oila, 200 ga yaqin turkum va 400 ga yaqin turlarni birlashtiradi. Ayiqtovonnamolar qabilasi - Ranunculales Qabila turlari orasida o'simliklarning barcha hayotiy shakllari uchraydi, ko'pchiligi bir yillik o'tlar, qisman lianalar, butalar va past bo'yli daraxtlar. Barglari yonbargchasiz, navbatlashib, ba'zan qarama-qarshi joylashgan, oddiy yoki qisman murakkab. Yog'och- ligining naylari oddiy perforatsiyali. To'pgullari poya uchida, barg qo'ltig'ida, ba'zi turlarida zigomorf. Gul qismlari spiral, spirosiklik yoki siklik (halqa) joylashgan, gulqo'rg'oni murakkab, oddiy yoki ba'zan butunlay yo'q. Changchilari ko'p, ba'zan 6 yoki 3 (l)ta, changchi ipi va changdoni differensiallashgan.Ginetsey apokarp. Mevalari - bargak, yong'oqcha, rezavor yoki danakli.Morfologik tuzilishiga ko'ra qabila 8 ta oilaga bo'linadi. Ayiqtovonnamolar qabilasining markaziy, turlarga boy va muhim oilalaridan biri Ayiqtovondoshlardir. Ayiqtovondoshlar oilasi - Ranunculaceae; Bu oilaning hozirgi vaqtda 66 turkum va 200 dan ortiq turlari bor. Ular ikkala yarimsharning o'rta hamda sovuq iqlimli mintaqalanida keng tarqalgan. O'zbekistonda ayiqtovondoshlarning 20 ta turkum va 100 dan ko'proq turi mavjud. Ayiqtovondoshlarga asosan bir yoki ko'p yillik o'tlar, ba'zan buta va lianalar kiradi. Ilonchirmovuq (Clematis) dagina poya yog'ochlangan va u ikkilamchi belgi hisoblanadi. Barglari asosan navbatlashib, ba'zan qarama-qarshi joylashgan, oddiy, panjasimon yoki qisman patsimon kesilgan, rudimentlar yonbargchaii (sanchiq o't). Gullari ikki jinsli, asosan antinomorf, qisman zogomorf. Gulqo'rg'oni oddiy (Xojbargsimon) yoki murakkab, gul qismlari ko'proq spiral, halqa hosil qilib o'rnashgan. Gulkosachalar odatda 5(3 - 20) ta, tojbarglari 2-20 ta, ba'zan juda mayda bo'lib, shiradonlarga aylangan; changchilari ko'p, erkin. Ginetseyi ko'p, ba'zan bitta, apokarp, ba'zan sinkanp (Heleborus), bir urug'bargli. Tugunchasi bir uyali, bir yoki bir nechta urug'kurtakli. Gulo'rni konussimon cho'ziq: Entomofil, ba'zan anemofil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.89 MB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.89 MB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga